Soliq va soliqqa tortish fanidan



Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/277
Sana01.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#305102
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   277
Bog'liq
Soliq va soliqqa tortish

Umumdavlat 
soliqlari 
asosan 
respublika 
byudjeti 
daromadlarini 
shakllantirishga  qaratilgan  bo‗lsa,  mahalliy  soliqlar  va  yig‗imlar  mahalliy 
byudjetlar daromadlarini shakllantiradi. 
Soliq  munosabatlari  mavjud  bo‗lishining  asosiy  shartlaridan  biri    davlatning 
mavjudligi  bo‗lsa,  ikkinchi  sharti  bo‗lib  soliqlarni  to‗lashga  qobil  bo‗lgan  soliq 
to‗lovchilarning  mavjudligidir.  O‗zbekiston  soliqlar  tizimi  manbaiga  qarab  soliqlar 
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.  
Soliq  kodeksining  16-moddasida  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  quydagicha 
tarif berilgan  
YUridik shaxs deb quyidagilar e‘tirof etiladi:  
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‗z 
mulkida,  xo‗jalik  yuritishida  yoki  operativ  boshqaruvida  alohida  mol-mulkka  ega 
bo‗lgan hamda o‗z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, 
mustaqil  balansiga  yoki  smetasiga  ega  bo‗lgan,  o‗z  nomidan  mulkiy  va  shaxsiy 
nomulkiy  huquqlarga  ega  bo‗la  oladigan  hamda  ularni  amalga  oshira  oladigan, 
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da‘vogar va javobgar bo‗la oladigan tashkilot
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan hamda O‗zbekiston 
Respublikasida  fuqarolik  huquq  layoqatiga  ega  bo‗lgan  xorijiy  va  (yoki)  xalqaro 
tashkilot. 
O‗zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  chet  davlatlar  fuqarolari,  shuningdek 
fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e‘tirof etiladi. 
 


33 
 
Jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlarga daromadga soliq, er, mol-mulk soliqlari 
kiradi.Huquqiy  shaxslardan  olinadigan  soliqlar  davlat  byudjeti  daromadlarining  hal 
qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda 
korxonalar hisob  (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga ko‗chirib qo‗yiladi. Uni 
undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba‘zi soliqlar naqd 
pulga undirilganligi uchun uni to‗lash qiyin kechadi. 
YUridik  va  jismoniy  shaxslarga  soliq  solishning  muhim  shart-sharoitlariga 
quyidagilar kiradi: 28-slayd-soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning 
turlari,  ularni  byudjet  darajalari  o‗rtasida  taqsimlash  tartibi,  soliq  nazoratini  amalga 
oshirish  shakllari  va  uslublari,  soliq  to‗lovchilarning  huquqlari,  majburiyatlari,  ular 
manfaatlarini  himoya  qilish  usullari,  soliq  munosabatlari  ishtirokchilarining 
javobgarligi.  
        Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning elementlari quyidagilardir:  
-soliq solish ob‘ekti; 
-soliq solinadigan baza; 
-stavka; 
-hisoblab chiqarish tartibi; 
-soliq davri;  
-soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 
-to‗lash tartibi. 
Umuman  olganda  soliq  tizimini  tarkiban  soliqqa  tortish  tamoyillari,  soliq 
siyosati,  soliqqa  tortish  tizimi,  soliq  mexanizmi  kabilarga  ajratish  mumkin.  Ushbu 
elementlar  bevosita  mamlakatda  amal  qilayotgan  soliqlarning  tarkibini  belgilab 
beradi.   
YUridik  shaxslar  o‗zlariga  yuklatilgan  soliqlarni  hisoblash  va  byudjetga  o‗z 
vaqtida,  to‗liq  to‗lash  javobgarligini  olganlar.Ularning  to‗laydigan  soliqlari  asosan 
naqd  pulsiz,  ya‘ni  korxona,  tashkilot,  birlashmaning  bankdagi  hisob  schyotlaridan 
mablag‗ni  ko‗chirib,  respublika  yoki  mahalliy  byudjet  schyotlariga  o‗tkazish  yo‗li 
bilan  amalga  oshiradi.Qoida  bo‗yicha  har  qanday  yuridik  shaxs  o‗z  soliq  va  boshqa 
majburiy  to‗lovlarni  belgilangan  vaqtda  byudjetga  to‗liq  o‗tkazishga  majburdirlar. 
Buning  uchun  ular  soliq  va  boshqa  to‗lovlarning  muddati  kelgan  kungacha  pullarni 


34 
 
o‗tkazish hujjatlari bo‗lmish to‗lov topshirig‗i, cheklarni yozib banklarga topshirgan 
bo‗lishlari kerak. 
Agar to‗lov topshiriqlari o‗z muddatida yozilib banklarga topshirilmagan bo‗lsa 
soliq idoralari o‗zlarining inkasso-to‗lov talabnomalari orqali undirib oladilar. Har bir 
o‗z  vaqtida  byudjetga  o‗tkazilmagan  kun  uchun  o‗tkazilishi  kerak  bo‗lgan  soliq 
summasi  hisobidan  penya  hisoblanib  soliqqa  qo‗shimcha  ravishda  byudjetga 
majburiy  undiriladi.  Albatta  penya  summasining  ko‗payishi  korxonaning  moliyaviy 
holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.  
SHuning uchun  har  qanday  xo‗jalik  sub‘ektlari  hisobchilari    soliqlar va boshqa 
majburiy  to‗lovlarni  ularda  belgilangan  to‗lov  muddatigacha  o‗z  vaqtida  to‗lab 
borishlari shart 
Umuman  olganda  mamlakatimiz  soliq  qonunchiligidan  kelib  chiqib  soliqqa 
tortish 
nuqtai-nazaridan 
yuridik 
shaxslarni 
shartli 
ravishda 
quyidagicha 
guruhlashimiz mumkin: 
1.
 
umumiy tartibda soliq to‗lovchi yuridik shaxslar; 
2.
 
mikrofirmalar va kichik korxonalar; 
3.
 
qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
4.
 
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
5.
 
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‗ullanuvchi yuridik va jismoniy 
shaxslar. 
6.
 
er,  mol-mulk solig‗ini to‗lovchi jismoniy shaxslar. 
Umumiy tartibda soliq to‗lovchi yuridik shaxslar quyidagi soliqlarni to‗laydi: 

 
Daromad (foyda) solig‗i; 

 
Qo‗shilgan qiymat solig‗i; 

 
Aksiz solig‗i; 

 
Mol-mulk solig‗i; 

 
Er solig‗i; 

 
Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; 

 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 

 
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i. 
YAgona  soliq  tizimiga  o‗tgan  kichik  korxonalar  va  mikrofirmalar  quyidagi 
soliqlarni to‗laydi: 

 
YAgona soliq to‗lovi; 

 
Aksiz osti tovarlarini ishlab chiqargan holda aksiz solig‗i. 
YUqorida  qayd  etilganlardan  xulosa  qilib  aytishimiz  mumkinki,  mamlakatimiz 
soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‗lovchilar ikki katta guruhga, ya‘ni yuridik va 
jismoniy  shaxslar  guruhiga  bo‗linadi  va  ularning  faoliyat  ko‗rsatish  xususiyatidan 


35 
 
kelib  tarkibiy  qismlarga  ajratish  mumkin.  Respublikamiz  davlat  byudjeti 
daromadlarini shakllantirishda yuridik shaxslar to‗laydigan soliqlar katta ahamiyatga 
egaligini yuqoridagi ma‘lumotlardan bevosita ko‗rishimiz mumkin. 
       

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish