Bundan tashqari, agar yakka tartibdagi tadbirkorlar karantin davrida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlsa, u holda ular daromad soligʻi va ijtimoiy soliqni hisoblash toʻxtatiladi. Ushbu imtiyoz qariyb 150 ming yakka tartibdagi tadbirkorga katta koʻmak boʻladi. 2. Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-son Qonunining 19-moddasida Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan joyning xususiyatlarini, shuningdek koʻrsatilayotgan xizmat turining mavsumiyligini hisobga olgan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan miqdorlariga nisbatan qoʻllaniladigan 0,7 dan 1,3 gacha pasayib boruvchi yoki oʻsib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritishga haqli ekanligi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |