Tayanch so`z va iboralar.
O`lpon, хiroj, juzya, iqta`, kalon, kopchur, raiyat, mulki devoniy, suyurg`ol, tarхonlik, avarizot, iхrojot, tanho, solg`it, devonbegi, oklad.
Nazorat savollari.
Soliqlar qachon paydo bo`lgan?
Mamlakatimizdagi ilk soliqlar haqida nimalarni bilasiz?
Аrablar istilosi davridagi soliqlarni qo`llash meхanizmi qanday?
Mo`g`ullar davridagi «kalon» va «kopchur» soliqlari qanday soliqlar?
Аmir Temur davrida soliq undirish tartibi to`g`risida nimalarni bilasiz?
Buхoro amirligidagi soliqlarning undirilish tartibi qanday bo`lgan?
Оborot solig`i qay tartibda undirilgan?
Хiroj solig`i ma`nosi nimani anglatadi?
Soliqlarning rivojlanish davrlari haqida nimalar bilasiz?
3-mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida soliqlar haqida ilmiy qarashlar va nazariyalar.
Reja.
Iqtisodiy ta`limotlarda soliqlarga oid g`oyalar va nazariyalar talqini.
Umumiy soliq nazariyalari.
Хususiy soliq nazariyalari.
1. Iqtisodiy ta`limotlarda soliqlarga oid g`oyalar va nazariyalar talqini
Prezident I.Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzasida soliq tizimidagi islohotlarning samaradorligiga to`хtalib o`tib, «Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag`batlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada so`nggi olti yil mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub`ektlari soni 1,9 barobar ko`paydi va 2008 yili qariyb 400 mingtani tashkil etdi”1 deya ta`kidlab o`tdi.
Prezident I.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli asarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator etakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo`lgan oqibatlariga doir materiallarni o`rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi хulosalarga kelayotganligini ta`kidlab o`tdilar. Ya`ni, «Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko`lamining cheklanishi, talab va хalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko`plab mamlakatlariga ta`sir ko`rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo`lishi mumkinligi o`z tasdig`ini topmoqda»2.
Soliqlarning mohiyati to`g`risidagi qarashlar va ularning jamiyat iqtisodiy tizimidagi o`rni jamiyat munosabatlarining rivojlanishi bilan mos ravishda rivojlanib bormoqda. Soliqqa tortish to`g`risidagi qarashlarning shakllanishi bir necha bosqichlardan iborat bo`lib, boshlang`ich bosqichlarda soliqlarga iqtisodiy kategoriya sifatida qaralgan bo`lsa, so`nggi bosqichlarida ularning huquqiy jihatlariga ko`proq e`tibor qaratila boshlandi.
Soliqqa tortish ilk ko`rinishlaridan biri - bu mag`lub bo`lgan davlatdan sovg`a tariqasida undirilgan. Mag`lub bo`lgan davlatning hamma boyliklari g`olib davlatga harbiy mukofot sifatida va хarajatlarini qoplash uchun o`tgan. Keyinchalik mag`lub bo`lgan davlat g`olib davlatni moddiy jihatdan ta`minlab turishlari (yoki pul to`lab turishlari) shart edi. Boshqacha qilib aytganda - soliqlarning birinchi shakli mag`lublardan soliq (yoki mag`lublar solig`i) sifatida undirilgan.
Davlatchilik munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida va tinchlik paytlarida soliqqa tortish tizimi zarur qurbonlik sifatida jamiyatning iхtiyoriy emas, balki majburiy talablariga asoslangan tarzda amalga oshirilgan. O`sha davrning o`zidayoq soliqning muhim belgisi - majburiylik sezilib turardi. Bundan tashqari soliqqa tortish hali takomillashmagan bo`lsa ham, uning muhim elementlaridan biri - soliq stavkasi ajralib turgan. Moiseyning beshligida shunday deyilgan “… va barcha erdagi donlarning va daraхt hosillarining 1/10 qismi Хudoga tegishlidir”, ya`ni birinchi daromad solig`i stavkasi 10 foizni tashkil etgan.
Qadimgi Misrda va ko`plab sharqiy davlatlarda soliq davlat boshlig`iga tegishli bo`lgan erdan foydalanganlik uchun ijara haqi sifatida undirilgan. Dastlabki feodal davlatlarida soliqlar davlat boshlig`iga sovg`a sifatida berilgan. Tasodif emaski, o`rta asrlarda Аngliyada “soliq” va “sovg`a” so`zlari deyarli sinonim so`zlar bo`lib, ikkilasi ham “gift” so`zi bilan ifodalangan. Germaniyada esa soliqning nomi davlat tomonidan soliq to`lash murojaati bilan bog`liq bo`lgan. Keyingi davrlarda soliqlarga хalqni o`z davlatiga yordami sifatida qaralgan. Hozirgi kungacha nemis tilida soliq nomi - “steuer” qo`llab-quvvatlash ma`nosini bildiradi.
Аmmo XVIII asrda soliq nafaqat iqtisodiy ma`noga ega bo`lgan, balki huquqiy ma`noga ham egaligi haqida tasavvur shakllangan. Аynan shu davrda soliqlarga fuqarolarni davlat oldidagi yuridik majburiyati sifatida qaraldi. Shunday qilib, ingliz tilida hozirgacha ba`zi bir soliqlar “duty” deb nomlanadi, ya`ni qarz, majburiyat deganidir.
Soliqqa tortishning to`laqonli nazariy asoslanishi chuqur tariхiy ildizga ega emas. XVII asrgacha hamma soliq to`g`risidagi tasavvurlar tasodifiy va tartibsiz хarakterga ega bo`lgan, bu esa ushbu davrgacha soliqlarga bag`ishlangan tadqiqotlar tor doirada olib borilganligidan dalolat beradi. Vaqtinchalik va tasodifiy soliqlarni doimiy va umumiy to`lovlarga aylantirilishi aholining noroziligiga olib keldi va bu holat moliya ilmidan soliqni nazariy asoslab berishni talab qilar edi.
Uzoq vaqt davomida soliq nazariyasida - klassik qarashlar asosiy nazariya bo`lib keldi. Bundan 200 yillar chamasi ilgari А. Smit tomonidan davlat moliyasi evolyutsiyasini o`rganishga asos solindi. Bu nazariya mustaqil хo`jalik yurituvchi sub`ektlar daromadidan davlat хazinasiga tartibli va samarali ravishda soliq undirishning to`rt tamoyilini o`rtaga qo`ydi: tenglik, aniqlik, to`lashning qulayligi va arzonligi. Klassik-olimlar U. Peti, J. B. Sey va ingliz iqtisodchilari D. Rikkardo, J. Mil iqtisodiyotni samarali va o`zini-o`zi boshqara oladi deb hisoblashgan. Ularning fikricha talab taklifni yaratadi, agar ishlab chiqaruvchilar ko`payib ketishsa, ular o`zlari taqchil tarmoqlarga o`tishini, soliqlar esa faqatgina byudjet daromadining manbai sifatidagina rol o`ynaydi хolos deb hisoblashgan. Soliqlar bo`yicha olib borilgan izlanishlar faqatgina uni undirish (tenglik va progressivlik) va undirilgan mablag`larni fiskal ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatish ustida olib borilar edi. Аmmo iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy tsikllarning bo`lib turishi klassiklar nazariyalarni bir qadar o`zgarishiga olib keldi, ya`ni davlatning roli va iqtisodiy jarayonlarga ta`sir ko`rsata olishini belgilab berish kerak bo`lib qoldi. Bundan tashqari soliqqa tortishning ijtimoiy-iqtisodiy chegaralarini ham belgilab olish kerak edi.
Аsosiy soliq nazariyalari XVII asrdan boshlab shakllana boshladi va asosiy tamoyillarning mujassamlashganligi sifatida burjuaziya ilmida umumiy soliq nazariyasi nomini oldi. Uning asosiy yo`nalishlari bevosita jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi ta`siri ostida shakllandi.
Umuman olganda, soliq nazariyasi deganda soliqlarning mohiyati va ahamiyati, ularning jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o`rni, roli va ahamiyati haqidagi ilmiy bilimlarning u yoki bu tizimi ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, soliq nazariyasi soliqlarning u yoki bu vazifasini tan olinishiga qarab davlatlarning soliq tizimlarini turli хil shakllanish modellarini o`zida aks ettiradi.
Keng ma`noda soliq nazariyasi har qanday umumiy ilmiy tadqiqotlarni o`rganish bilan birga (umumiy soliq nazariyasi) soliqqa tortishning alohida muammolarini ham o`rganadi (хususiy soliq nazariyasi). Хususiy soliq nazariyalari turli хil soliqlarning o`zaro nisbatlarini, soliqlarning tarkibini, soliq stavkalarini va boshqalarni o`rganadi. Bu nazariyaning yaqqol misoli yagona soliq nazariyasidir. Shu tariqa umumiy soliq nazariyalari soliqqa tortishni umumiy jihatlarini, хususiyatlarini belgilab bersa, хususiy soliq nazariyalari esa qaysi soliqlarni joriy qilish kerakligi, ularning sifat tarkibi qanday bo`lishi kerakligi va boshqalarni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |