Soliqlarning rivojlanish tarixi. V.M.Pushkaryova soliqlar rivojlanish tarixini 3 bosqichga ajratib ko‘rsatadi. Ularning har biri u yoki bu xususiyatlari hamda afzalliklari bilan ajralib turadi. Birinchi bosqichda soliqlarning rivojlanishi qadimgi va o‘rta asrlar qishloq xo‘jaligi tizimiga xos bo‘lib, u tartibsiz hamda asossizligi bilan ajralib turadi. Shu davrdan e’tiboran soliqlar va ularni undirish mexanizmi joriy etildi. Soliqlarning joriy etilishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning amal qilishiga davlat apparatining shakllanishi, armiya, sud va ularning moliyaviy manbalar bilan ta’minlash zaruriyati, tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi kabi omillar sabab bo‘lgan.
Ilk soliqlar tizimsiz to‘lovlar ko‘rinishida bo‘lib, ular natura shakliga ega bo‘lgan. Aholi soliqlarni ekinlar hosilidan, savdo-sotiqdan hamda ovlagan hayvonlaridan to‘laganlar. Hozirgi davr soliq tizimiga mohiyatan o‘xshash ilk soliq tizimi qadimgi Rimda shakllangan. Bu soliqlar faqat urush xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan. Rim aholisi o‘zining mol-mulki, turmush darajasi hamda oilaviy ahvolidan kelib chiqqanholda soliq to‘lashgan. Soliq summalari maxsus shaxslar tomonidan hisob kitob qilingan. XVII asrgacha Yevropada soliqlar tartibsiz undirilganligi uchun yagona tizimga ega bo‘lmagan. Ularning taqdiri urush natijalariga bog‘liq bo‘lib, goh kamayib, goh ko‘payib ketar, natijada, aholining tinkasini quritar edi. Faqatgina XVII asr oxiri XVIII asrboshlariga kelib soliqlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi boshlandi.
Soliq huquqiy munosabatlari tushunchasi. Soliq solish jarayonida vujudga keladigan huquqiy munosabatlarga boshqa barcha huquqiy munosabatlar singari umumiy xususiyatlar xosdir.
Soliq solish jarayonida turli-tuman munosabatlar vujudga kelib, turli huquq tarmoqlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, soliq solish sohasidagi aksariyat huquqiy munosabatlar konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliya, bank va boshqa huquq tarmoqlarining normalari asosida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar o‘rtasida soliq huquqiy munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Soliq huquqiy munosabatlari – bu soliq huquqiy normalari asosida vujudga keladigan munosabatlardir.
Soliq huquqiy munosabatlari o‘zining tuzilishiga ko‘ra munosabat subyekti, obyekti va mazmuniga ega.
Soliq huquqiy munosabatlarining subyekti unda ishtirok etuvchi tomonlar, ya’ni soliq solish jarayonida ma’lum bir vakolatga ega bo‘lgan (davlat organlari, mansabdor shaxslar) yoki boshqacha soliq-huquqiy maqomiga ega bo‘lgan shaxslar (jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar) hisoblanadi.
Soliq huquqiy munosabatlarining obyektiesa soliq huquqi munosabatlari subyektlarining harakatlari (qarorlari), ularning ijobiy yoki salbiy xulq-atvori hisoblanadi.
Soliq huquqiy munosabatlarining mazmunini – soliq huquqi munosabatlari subyektlarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi, taqiqlar, cheklovlar tashkil etadi.
Soliq huquqiy munosabatlarining mazmuniga yuqoridagilardan tashqari, ularni amalga oshirish, ijro etish, ularga rioya etish va himoya qilishning protsessual-huquqiy tartibini ham kiritish mumkin.
Demak, soliq huquqiy munosabatlari huquqiy munosabatlarning bir turi bo‘lib, o‘zining mazmuni, xususiyatlari va ishtirokchilari bilan boshqa huquqiy munosabatlardan ajralib turadi.
Yuqoridagilarga asoslanadigan bo‘lsak, soliq huquqiy munosabatlari soliq solish sohasida vujudga keladi; munosabatning majburiy ishtirokchisi sifatida davlat organlari namoyon bo‘ladi; munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari munosabat turini belgilab beradi.
Demak, soliq huquqiy munosabatlari – bu soliq solish jarayonida vujudga keladigan, soliq huquqiy normalari bilan tartibga solingan huquqiy munosabatlarning bir turi.
|
Soliq huquqiy munosabatlari soliq huquqi normalarida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lganida vujudga keladi.
Soliq huquqiy normalari o‘z-o‘zidan bevosita soliq huquqiy munosabatlarini vujudga keltirmaydi. Balki soliq huquqiy munosabatlari vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va mezonlarini belgilab beradi. Buyuridik faktlar bo‘lib, norma talabidan kelib chiqqan holda tomonlar o‘rtasida ma’lum bir huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi holatlardir.
Yuridik faktlar soliq huquqiy munosabatlarining zaruriy sharti, aniq talabi sifatida maydonga chiqadi.
Jamiyatda turli-tuman holatlar va shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, ularning hammasi ham yuridik fakt hisoblanmaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish, davlatning xohish-irodasiga bog‘liqdir.
Yuridik faktlar nafaqat soliq huquqi munosabatlarini vujudga keltirish, balki o‘zgartirishi yoki bekor qilishi ham mumkin.
Yuridik faktlar huquqiy norma bilan huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi vositadir.
Soliq huquqiy munosabatlari harakatlar va hodisalar singari yuridik faktlardan vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi mumkin.
Soliq huquqiy munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lish asoslari:
Harakatlar – bu huquq subyektlari tomonidan o‘z xohish-irodalarini ifodalashning natijasidir.
Aksariyat soliq huquqi munosabatlari harakatlardan vujudga kelib, ular subyektning faol xulq-atvori bilan bog‘liq bo‘ladi. Harakatlar ikkiga bo‘linadi:
1.Qonuniy harakatlar – hamma vaqt soliq huquqi normalari talabiga mos keladi. Bunda yuridik fakt sifatida munosabat ishtirokchilarining qonunga muvofiq harakati namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |