2.
O’zbekiston Respublikasida soliq ma’murchiligi tizimining asosiy
yo’nalishlari va uning huquqiy asoslari
Mamlakatimizda soliq tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad-
soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni
yanada rivojlantirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdir. Har bir
mamlakatda ham ushbu maqsadga faqat izchil soliq ma’murchiligini amalga
oshirish orqali erishiladi.
16
2-rasm Soliq ma’murchiligining tashkiliy-funksinal elementlari
12
Soliq ma’murchiligi soliq siyosatining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi
va davlat bilan soliq to’lovchi o’rtasidagi munosabatlarga bog‘liq bo’lgan quyidagi
asosiy yo’nalishlarini o’z ichiga oladi:
soliq to’lovchilarni hisobga olish va reestrini yuritish;
soliqlar bo’yicha hisobotlar taqdim etilishini nazorat qilish;
soliq tushumlari hisobini yuritish;
soliqlarni to’lash majburiyatini ta’minlash;
tekshirishlarni tashkil etish;
soliq qonunchiligi buzilganda tegishli choralar ko’rish;
soliq targ‘iboti va axborot-maslahat xizmatini ko’rsatish;
12
F.Mirzaev va boshqalar/ “Soliq ma’murchiligi” o’quv qo’llanmasi/ 2014 yil ma’lumotlari asosida Muallif
tomonidan tayyorlandi
17
soliq qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
E’tibor beradigan bo’lsak, soliq ma’murchiligining ushbu asosiy
yo’nalishlari davlat bilan uning soliq to’lovchi o’rtasidagi munosabatlar majmuasi
bo’lib, uning xususiyatlari to’g‘risida tadqiqot ishimizning keyingi boblarida
to’xtalib o’tishni maqsadga muvofiq deb hisobladik.
Har qanday tizimning (sohaning) mukammal faoliyatyuritishi, ushbu tizimni
tartibga solib turuvchi huquqiy asoslarning mukammal, bekamu-ko’st, puxta va
pishiq ishlab chiqilganligiga bog‘liq bo’ladi.
Shunday ekan, soliq ma’murchiligining samarali faoliyat yuritishi ham ko’p
jihatdan uni huquqiy bazasining mustahkamligi bilan ifodalanadi va unga soliq
qonunchiligi orqali shakl beriladi.
Soliq
ma’murchiligining hukuqiy asoslari deganda, soliqqa oid
munosabatlarni huquqiy tartibga solishga xizmat qiluvchi, davlat idoralari
tomonidai qabul qilingan, hamma uchun majburiy bajarilishi lozimligi belgilangan,
davlatning zo’rlik kuchi bilan ta’minlangan qonuniylik hujjatlari tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi soliq ma’murchiligining huquqiy asoslarini ikki
guruhga: qonunlar va qonunostidagi meyoriy hujjatlari guruhlariga bo’linadi.
Soliq munosabatlarini tartibga solishda qonun me’yorlari yetakchi va belgilovchi
ahamiyatga ega, chunki soliqlarni joriy etish, to’lashga oid masalalar qonunlar bilan
belgilanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi barcha huquq sohalari ushun, shu jumladan soliq huquqi fani uchun
ham bosh yuridik manba bo’lib hisoblanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 51-
moddasida «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigimlarni
to’lashga majburdirlar» deyiladi va shu bilan soliq munosabatlari jamiyatdagi etakchi
munosabatlar dan ekanligi e’lon qilinadi.
2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O’zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi soliq ma’murchiligining huquqiy asoslarining ikkinchi eng muhim
manbai hisoblanadi va soliq munosabatlarini tartibga solib borish aynan ushbu qonun
hujati orqali amalga oshiriladi.
18
3.O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g‘risida»gi Qonuni.
O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g‘risida»gi Qonuni
mamlakatimizda soliq to’g‘risidagi qonun hujjatlarining to’g‘ri amal qilishini
ta’minlovchi va nazorat qiluvchi organ hisoblangan davlat soliq xizmati organlari
faoliyatini tartibga solib boradi.
4. O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat organlari
to’g‘risida»gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat
organlari to’g‘risida»gi Qonuniga ko’ra (6-modda) mahalliy davlat hokimiyati idoralari
xalq deputatlari, viloyat, shahar, tuman kengashlari, viloyat, tuman, shahar hokimlari)
o’z vakolatlari doirasida qaror va farmoyishlar chiqarishlari mumkin va ushbu hujjatlar
ham soliq ma’murchiligi manbai sanaladi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining soliq va soliqqa tortishga doir qaror va farmoyishlari ham joylarda soliq
munosabatlarini amaliyotda qo’llashda muhim asoslar hisoblanadi.
Soliq ma’murchiligining huquqiy asoslari sanaluvchi qonunostidagi meyoriy
hujjatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.O’zbekiston Rеspublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari.
O’zbekiston Rеspublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari ham, soliq
ma’murchiligining huquqiy manbalari orasida muhim o’rin tutadi. Farmon va qarorlar
bilan me’yorlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida muhokama etilib,
tasdiqlangach qonun kuchiga ega bo’ladi. Mazkur hujjatlar vositasida soliqqa oid
muhim qoidalar, imtiyozlar, cheklashlar muayyan huquqiy rejim joriy etiladi va bekor
qilinadi.
2.O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Respublika
Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida ro’yxatdan
o’tkazigan meyoriy hujjatlar. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq
qo’mitasi, Respublika Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya
vazirligida ro’yxatdan o’tkazigan meyoriy hujjatlari ham soliq munosabatlarini
amaliyotda qo’llashda, soliq ma’murchiligining huquqiy asoslarida salmoqli o’rin
tutadi.
19
3.O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi plenumi qarorlari.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi tomonidan soliqqa oid ishlarni
ko’rish yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirish asosida soliq qonunlarini qo’llash
bo’yicha qarorlari ham soliq ma’murchiligini huquqiy asoslari bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |