Soliq siyosati tushunchasi va asosiy yo’nalishlari.
Simon James o’zining “Dictionary of Taxation” kitobida soliq siyosatini
“hukumatning soliq tizimiga yondashuvi” sifatida ta’riflaydi. Rivojlangan
mamlakatlarda soliq tizimidagi muammolardan biri bu ularning ko’p yillardan beri
hali hanuz mavjud ekanligi va o’tmishda qabul qilingan bir qator dasturlardan
qolgan meros shu bilan birga bu muammolarning ichki kanallar bilan o’zaro
bog’langanligi ularning qo’rqinchli darajada murakkablashtirgan 37 .
AQSh g’aznachiligi sobiq sekretari (William E. Simon) xulosa qilishicha:
“Millat xuddi biron kishi tomonidan aynan biror bir maqsad uchun yaratilgan
soliq tizimiga ega bo’lishi kerak”. Kam miqdordagi davlatlar aynan bir maqsad
uchun yaratilgan soliq tizimiga egalik qiladi. Buyuk Britaniya soliq tizimini eng
oxirgi ko’zdan kechirgan “the Mirrless Review” tahlilida, alg’ov-dalg’ov soliq
stavkalari va soliq bazasini o’rnatishdagi mantiqiy bog’liqlikning kamchiliklari va
turli xildagi iqtisodiy faoliyatlar bo’ylab arbitrajlik diskriminatsiyalari Buyuk
Britaniya soliq tizimini dunyodagi eng murakkab soliq tizimi deb aytilishiga sabab
bo’ldi. The Mirrless review Adam Smitning to’rt qonunini ko’rib chiqishi
bo’yicha Near universal qo’llab quvvatlashga yaqin lekin ular bir maqsad bilan
ikkinchi maqsadni muvozanatda saqlash jarayonida yuzaga keladigan haqiqiy
savollarni yechishga yordam bermaydi. Ikkita qarama qarshi tomonlarni
muvozanatga keltirish bo’yicha vaziyatlar sodir bo’lib turadi chunki soliq siyosati
bir vaqtning o’zida ikki va undan ortiq ortiq maqsadlar talablariga to’g’ri kelishi kerak. Bu esa soliq siyosatini shakllantirishning juda murakkablashtiradi va tez tez
huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muhitni va noiqtisodiy omillar hisobga
olgan holda davlat xarajatlarini bir vaqtda o’zgarishiga olib keladi.
Kengroq va ko’p o’lchovli raqobatlshuvchi omillar hamisha ham yetarli
darajada qadrlanmagan natijasida soliq siyosatiga juda sayoz ravishda e’tibor
berilishi bilan tugaydi.
Soliq siyosati (va reformi) yaratish bo’yicha katta miqdordagi tadqiqotlar
amalga oshirilishi natijasida ikkita asosiy savol (predmet) ayon bo’ldi. Birinchisi
rejalashtirilmagan noqulay natijalar va ikkinchisi ikkita biri-biriga qarama-qarshi
bo’lgan tomonlarni muvozanatda saqlash.
James va Edward shunda deb izohlaydi:
Iqtisodiyot tizimidagi noqatiyliklar (o’zgaruvchanliklar) biri biriga shunchalik
ta’sir qilishi natijasida to’g’ridan-to’g’ri dastlabki o’zgarishlarga bog’liq
bo’lmagan boshqa o’zgarishlarga ham ta’sir qiladi. Cheklangan tahlillar ilgaridan
rejalashtirilgan yaxshilanishlarga erishish bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni
oldindan aytib berishga qodir bo’lmasligi mumkin.
Bu esa iqtisodiy ijobiy o’zgarishga erishish uchun ishlab chiqilgan islohot
amalda ahvolni bundanda yomonlashtirishga olib keladi.