1.3. «Davlat daromadiga o„tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli
WEB texnologiyasi asosida qayta ishlab chiqilgan «Davlat daromadiga o„tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat daromadiga o„tkaziladigan mol-mulkni olib qo„yish, sotish yoki yo„q qilib tashlash tartibi to„ғrisida»gi Nizom, davlat soliq xizmati organlari faoliyatining 2011 yilgi strategik yo„nalishlari dasturining 4.3-bandini ijrosi hamda 2011 yil «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda soliq organlarini yanada modernizatsiya qilish yili» deb e‟lon qilinishi munosabati bilan dasturiy mahsuldan foydalanish jarayonida davlat daromadiga o„tkazilgan mol-mulklarning harakatini to„liq nazoratini ta‟minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Ushbu dasturiy mahsulni joriy qilishning asosiy maqsadlari:
davlat daromadiga o„tkazilgan mol-mulkni hisobga olish, baholash, ekspertizadan o„tkazish va sotishdan tushgan mablag„larini budjetga to„liq va o„z vaqtida tushishini nazorat qilish;
qonunbuzarlardan olingan tovar-moddiy boyliklarning harakati to„g„risida to„liq ma‟lumotga ega bo„lish;
qonunbuzarlikka yo„l qo„ygan shaxslar hamda fuqarolar to„g„risida ma‟lumotga ega bo„lish;
sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta‟minlash departamentining tegishli bo„limlari tomonidan sotilgan hamda depozit hisob raqamga kelib tushgan mablag„larning taqsimlanishi to„g„risida taqdim etiladigan ma‟lumotlarga ega bo„lish; vakolatli organlar tomonidan davlat organlariga tekinga berilgan mol-mulklar haqidagi ma‟lumotlarga ega bo„lish;
sotuvdan tushgan mablag„larning davlat budjetiga undirilishi to„g„risidagi tezkor ma‟lumotga ega bo„lishdan iborat bo„lib, dastur bo„yicha maqsadga erishish mexanizmi 1.3.1-rasmda keltirilgan.
Dasturiy mahsulda shakllangan axborotlar oyma-oy o„sib boruvchi tartibda jamlanib, qo„yidagi ma‟lumotlarga ega bo„lish imkoniyati yaratiladi:
olingan tovarlarga rasmiylashtirilgan dalolatnoma (sanasi, ro„yxatga olingan raqami) va undagi ma‟lumotlar;
olingan tovarlarni tegishli idoralarda o„z vaqtida baholanganligi va ekspertizadan o„tkazilib, natijasi to„g„risidagi xulosalar; mol-mulklarni davlat daromadiga o„tkazish uchun hujjatlarni sudga taqdim etilganligi haqida;
yirik miqdorda olingan yoki jinoyat alomati mavjud bo„lgan tovarlar to„g„risidagi ma‟lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi haqida;
DSI tomonidan tovarlarning egasiga qaytarilishi, sudga berilishi haqida; sud idoralari tomonidan tovar moddiy boyliklarni egasiga qaytarilishi, yo„q qilinishi va davlat daromadiga o„tkazilishi haqida;
sud ijrochilari bo„linmalaridan olingan hisobotlar asosida organlar bo„yicha tovarlarning sotilishidan tushgan mablag„larning taqsimlanishi, sotilmasdan turgan tovar moddiy boyliklar to„g„risida;
sud ijrochilari bo„linmalaridan olingan hisobotlar asosida vakolatli organlar tomonidan davlat organlariga tekinga berilgan tovar moddiy boyliklari to„g„risida;
tuman va shahar DSIlari bo„yicha taqdim etgan hisobotlarni o„tgan davrlar (oylik, choraklik, 6 oylik, 9 oylik va yillik) bilan taqqoslash haqida;
har bir organ bo„yicha savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan mol-mulkka talab bo„lmaganda va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmaganda, mol-mulklar qiymatining kamayishi haqida tahliliy ma‟lumotlarga ega bo„linadi.
«Davlat daromadiga o„tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli yordamida shakllantiriladigan ma‟lumotlar.
Dasturiy mahsulda jamlangan ma‟lumotlar asosida belgilanadigan chora-tadbirlar.
Jamlangan ma‟lumotlar asosida solishtirma, tahlil va nazorat qilish hamda natijalari bo„yicha quyidagi chora-tadbirlar belgilanadi:
jami vakolatli organlar tomonidan olingan tovar moddiy boyliklar to„g„risidagi ma‟lumotlarni olib, tumanlar kesimida tahlil qilish;
jami olingan tovar moddiy boyliklarni turlari bo„yicha hisobotning o„tgan davri bilan tahlil (o„tgan oyga yoki chorakka nisbatan) qilish; soliq xizmati organlari tomonidan olingan tovar-moddiy boyliklarning o„tgan davr bilan tahlili (o„tgan oyga va chorakkga nisbatan) viloyatlar ko„rinishida tahlil qilish;
vakolatli organlar bo„yicha olingan ma‟lumotlarni o„tgan davr bilan tahlil (o„tgan oyga yoki chorakka nisbatan) qilish;
olib qo„yilgan mol-mulklarni o„z vaqtida baholanganligini, ekspertizadan o„tkazilganligini va tovarlar hujjatlarini sud idoralariga taqdim etilganligini nazorat qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |