1.4.«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli
«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli davlat soliq inspeksiyalarida jismoniy shaxslarning asosiy va asosiy bo„lmagan ish joylaridan olgan daromadlari haqidagi ma‟lumotlarni kompyuter bazasiga kiritish, qayta ishlash natijasida hosil bo„lgan natijalarni ShHVlarga o„tkazish, jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to„g„risidagi deklaratsiya blankalarini, shuningdek barcha zaruriy hujjatlarni chop etish uchun mo„ljallangan.
DSIlarda jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari haqidagi ma‟lumotlar dastur yordamida kompyuter bazasiga kiritiladi va Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash markaziga yuboriladi. Ushbu yuborilgan ma‟lumotlar avtomatik ravishda saralanib, jismoniy shaxslarning yashash manziliga qarab tegishli DSIlarga yetkazib beriladi.
Soliq deklaratsiyasini qabul qilish, dasturiy mahsulga kiritish va qayta ishlash bo„yicha xizmatlar Davlat soliq qo„mitasining rasmiy web portali orqali quyidagi ko„rinishda amalga oshiriladi.
Davlat soliq qo„mitasining rasmiy web portalida soliq to„lovchilariga tasdiqlangan shakllardagi soliq deklaratsiyalarini elektron ko„rinishda shakllantirishda quyidagi ma‟lumotlar ko„rsatilishi lozimligi ko„zda tutilgan:
soliq to„lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug„ilgan yili, jinsi, fuqaroligi, doimiy yashash joyi manzili;
soliq to„lovchining identifikatsiya raqami;
soliq solinishi lozim bo„lgan daromadlar turlarga ajratib ko„rsatilgan holda olingan jami yillik daromad (bir martalik operatsiyalardan hamda mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu operatsiyalarning o„zidan olinishi mo„ljallanayotgan daromad aks ettiriladi);
daromadlarning manbalari;
daromad olish bilan bog„liq xarajatlar, majburiy to„lovlar, chiqimlar va ajratmalarning summalari;
jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo„yicha imtiyozlar;
hisoblab chiqarilgan soliq summasi;
haqiqatda to„langan soliq summasi.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to„g„risidagi deklaratsiyada jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiya qilish bilan bog„liq boshqa ma‟lumotlar ham ko„rsatilgan. Dasturiy mahsuldagi soliq deklaratsiyalarining himoyasini ta‟minlash maqsadida kriptografiya himoya vositalari qo„llaniladi.
Soliq deklaratsiyasining dasturiy mahsulga kiritilgan vaqti, Davlat soliq qo„mitasining dasturiy-apparat vositalari mazkur ma‟lumot dasturiy mahsulga kiritilgan sana va vaqtni ko„rsatgan holda avtomatik tarzda tasdiqlanishini ta‟minlaydi.
Soliq deklaratsiyalarini dasturiy mahsulga kirituvchi mas‟ul xodimlar soliq to„lovchilardan qabul qilingan ma‟lumotda ma‟lumotlar to„liqligini; ma‟lumotning barcha majburiy rekvizitlari (soliq to„lovchining identifikatsiya raqamlari, yuridik manzili, sanalar va shu kabilarni) to„ldirilganligini; ma‟lumotdagi shakllarda nazarda tutilgan barcha ko„rsatkichlarni to„ldirishini, agarda mavjud bo„lmagan holda bu modda (qator, ustun chizib ("x" belgi bilan) qo„yilganligini tekshiradilar.
Ma‟lumotga doir e‟tirozlar bo„lmagan dastur orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq to„lovlari summalari ko„rsatkichlari yozuvlarini shaxsiy kartochkalariga o„tkazish va budjet bilan o„zaro hisob-kitoblarga ko„ra operativ taqqoslanishni amalga oshirish uchun Soliqlar va boshqa majburiy to„lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish va ma‟lumotlar bazasiga xizmat ko„rsatish bo„limiga topshiriladi, shundan keyin budjet bilan hisob-kitoblar haqidagi ma‟lumotlar ko„chirilib, soliq summalarining shaxsiy kartochkalariga o„tkazilganligi to„g„risidagi ma‟lumot kompyuterdan chiqarilib, belgilangan tartibda deklaratsiyalarni qabul qilish bo„yicha mas‟ul xodimga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |