Soliq-budjet sektori tahlili va bashorati


Budjet tahlili. Budjet disbalansini hisoblash. Kamomadni moliyalashtirish



Download 236 Kb.
bet6/17
Sana09.03.2023
Hajmi236 Kb.
#917167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1491148932 67879

Budjet tahlili. Budjet disbalansini hisoblash. Kamomadni moliyalashtirish
Budjet kamomadini aniqlashda DMSdagi umumiy kamomad to‘g‘risidagi ta’rifdan keng foydalanilsada, budjet balansini o‘lchashda barcha kamchiliklardan holis yagona bir usul hozirgacha o‘ylab topilmagan. Oldimizda turgan maqsadlardan kelib chiqib, turli tahliliy me’yorlarga asoslangan balans tushunchasining boshqa konsepsiyalaridan foydalanish mumkin. Ko‘pincha budjet holatiga baho berishda budjet kamomadining (profisitining) YaIMga foizlardagi nisbatidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich budjet sohasining holatiga baho berishda ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan eng maqbul deb tan olingan. Biroq, bu an’anaviy usul ham ushbu qo‘llanmada berilgan qo‘shimcha choralar bilan to‘ldirilishi mumkin. U choralar soliq-budjet siyosatining soliqqa tortish va xarajatlar kabi tizimiy qirralarini hisobga olishi lozim.
Balansning talablarga javob beradigan tushunchasini aniqlashda quyidagi omillarga e’tibor berish zarur: disbalansning turi, qamrab olish darajasi (markaziy hukumat, davlat boshqaruvi yoki davlat senktori), buхgalteriya hisobi usuli (kassa yoki o‘tkazish usullari) va har qanday shartli majburiyatning holati.
Quyida budjet balansini o‘lchashning turli usullarini ko‘rib chiqamiz:

  • davlat sektorining qarz mablag‘lariga bo‘lgan talabini aniqlash. Ushbu usul jami davlat sektorining budjet balansini hisoblashda an’anaviy usul hisoblanadi. U shuningdek barcha davlat sektorining moliyaviy resurslariga nisbatan sof talablarni qamrab olgani uchun, barcha qirralarni qamrab oluvchi andoza bo‘lib hisoblanadi. Umumiy balans tushunchasidan davlat boshqaruvining barcha pog‘onalarida foydalanish mumkin. Markaziy hukumat va davlat boshqaruv sektorining qarz mablag‘lariga ehtiyoji jami davlat sektori ehtiyojlarining bir qismi hisoblanib, uni haqiqatda davlat boshqaruvi sektori va davlat korхonalari sektorining qarz mablag‘lariga ehtiyoji va sektorlararo transfertlarni saldolash kabi ma’lumotlar asosida aniqlanadi;

  • budjetning joriy balansi (joriy operatsiyalar hisobining balansi). U joriy daromadlar va joriy xarajatlar orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichdan ko‘pincha davlat jamg‘armalari hajmini aniqlashda foydalanilib, unga davlatning umummilliy jamg‘armalariga qo‘shgan hissasini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida qaraladi.


Joriy budjet saldosi

davlat jamg‘armasi

yalpi joriy
daromadlar

yalpi
joriy xarajatlar.

Biroq, ushbu tushunchadan budjetni amaliy tahlil qilishda foydalanish bir qancha cheklovlar bilan bog‘langan. Ushbu tushuncha bir tomondan kapital, ikkinchi tomondan esa joriy daromadlar va xarajatlar bilan chegaralangan. Kapital xarajatlarga bir yildan oshiq bo‘lgan muddatlarda ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun sotib olinadigan va transfert shaklida olingan aktivlar kiritiladi. Qolgan barcha xarajatlar tasnifga ko‘ra joriy xarajatlar deb hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan farqlanish, xarajatlarni kapital va joriy turlarga an’anaviy tasniflashdagidek iхtiyoriydir. Ya’ni turli mamlakatlarda ular turlicha talqin qilinganligi sababli ulardagi davlat sektori investitsiyalarini taqqoslashda, sanoati rivojlangan malakatlar investitsiyalarini taqqoslashda ham bir qancha qiyinchiliklar kelib chiqadi. Bu yerda eng muhimi, barcha davlat investitsiyalari iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, lekin turli loyihalarni moliyalashtirishda davlat mablag‘laridan foydalanish masalasida keragidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilishi to‘g‘risida ko‘plab misollarni keltirish mumkinligi shubha uyg‘otishini esdan chiqarmaslik va bu masalada juda katta aniqlik va nazorat o‘rnatish lozim. Agar asosiy vositalarni yaхshi holatda saqlab turishga nisbatan yangi kapital qo‘yilmalarni sarflashga ustunlik beriladigan bo‘lsa, pirovard oqibatda bu holat iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga (o‘sishiga emas) olib keladi.
Shunday qilib, dastlabki qarashda joriy budjet balansi ko‘rsatkichi jozibali ko‘rinsada, yaхshi indikator bo‘lib hizmat qilolmaydi. Undan shuningdek budjet sohasidagi holatning ichki va tashqi sektorlar orasidagi makroiqtisodiy balansga ta’sirini tahlil qilishda ham foydalanib bo‘lmaydi.

  • birlamchi yoki foizsiz balans. Bu ko‘rsatkichda foiz to‘lovlari hisobga olinmaydi va natijada turli bosqichlarda joriy budjet siyosatining ta’sirini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. Asosiy balans hisob-kitoblarida, odatda yalpi foiz to‘lovlari yalpi xarajatlardan ayirib tashlanadi. Biroq, nazariy nuqtai nazardan hukumat tomonidan amalga oshiriladigan faqat sof foiz to‘lovlari ayirilishi (foiz to‘lovlaridan foiz tushumlari ayirmasi) lozim. Ushbu birlamchi balans hukumatning joriy budjet siyosati sof davlat qarziga qanday ta’sir o‘tkazayotganligini ifodalagani uchun davlat budjeti kamomadini oldingi yil darajasida (agar u talablarga javob beradigan darajada bo‘lgan bo‘lsa) saqlab qolish imkoniyatini ifodalovchi muhim indikator bo‘lib hisoblanadi va uni quyidagicha yozish mumkin:

Asosiy budjet kamomadi/ an’anaviybudjetkamomadi/ to‘langan
ijobiy saldosi ijobiysaldosi foizlar.

  • operatsion balans. Uni hisoblash uchun an’anaviy balansdan inflatsiya hisobiga to‘g‘ri kelgan foiz to‘lovlari ayiriladi, yoki birlamchi balansga foiz to‘lovlarining real miqdori qo‘shiladi. Uzilmagan nominal davlat qarzining real qiymati kreditorlar yuqoriroq nominal foiz stavkalari belgilab, uni qoplashga harakat qilishlariga qaramasdan inflatsiya hisobiga kamayadi. Bunday qoplash ko‘pincha pul korreksiyasi deb nomlanib, kapitaldan foydani emas, balki kapitalning qaytimini nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, davlat qarziga хizmat qiluvchi foiz to‘lovlarining bir qismi amalda asosiy summa qaytimi hisoblanadi va shuning uchun chiziq tepasidagi foiz to‘lovlaridan bu summani chiqarib tashlamasak, kamomad summasi bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Operatsion balans tushunchasidan foydalanganda ushbu muammo paydo bo‘lmaydi. Bunday tushunchadan foydalanish, ayniqsa inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda har bir yil uchun budjet siyosatini davlatning real qarz darajasiga ta’sirini aniqlashda asosiy indikator bo‘lganligi uchun muhim hisoblanadi.

Inflatsiya jarayonlari nisbatan yuqori bo‘lgan sharoitlarda real davlat qarzining dinamikasi nominal davlat qarzi dinamikasiga nisbatan kelgusida qanday budjet siyosati yuritilishi lozimligini bashoratlashda muhim indikator deb tan olingan.
Yuqori inflatsiya sharoitlarida an’anaviy va operatsion balans ko‘rsatkichlari va o‘zgarish tendensiyalari orasida katta farqlanish mavjud bo‘ladi. Yuqoridagi o‘zaro bog‘liqliklarni quyidagicha ifodalash mumkin:


Download 236 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish