Soliq-budjet sektori tahlili va bashorati



Download 236 Kb.
bet15/17
Sana09.03.2023
Hajmi236 Kb.
#917167
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1491148932 67879

Davlat xarajatlarining makroiqtisodiy oqibatlari. Davlat xarajatlari yalpi taklifga (yoki ishlab chiqarishga) ham, yalpi talabga (yoki xarajatlarga) ham ta’sir o‘tkazadi. Moddiy aktivlar va inson kapitaliga samarali davlat investitsiyalari kiritilsa, investitsiyalar qaytimi oshadi, хususiy investitsiyalar kirib keladi va oхir oqibatda iqtisodiy o‘sish sodir bo‘ladi. Bu oz fursatlarda taklifda o‘z ifodasini topadi va infratuzilmaning ba’zi muammolarini hal qilishga ko‘maklashadi. Ammo maorif kabi sohalarga davlat kapital qo‘yilmalarining qaytimi uzoq muddatda to‘la namoyon bo‘ladi. Davlat хususiy sektor bilan chegaralangan resurslarni olish bo‘yicha raqobatlashadi va davlat xarajatlari (qarz olish yoki soliqlar hisobiga
moliyalashtiriladigan) хususiy xarajat va investitsiyalarni siqib chiqaradi. Ko‘pincha bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda xarajatlarni soliqlar yoki kreditlar hisobiga moliyalashtirish imkoniyati cheklangan bo‘ladi. Qisqa muddatlarda davlat soliqlarni yig‘ish bobida na tashkiliy, na qarz olishi uchun rivojlangan ichki kapital bozoriga ega bo‘ladi. Markaziy bank kreditlari hisobiga qarz olish esa bevosita inflatsion jarayonlarga olib keladi. Hukumatning ko‘proq xarajat qilish tomon harakatlari ushbu holatda moliyalashtirish muammosini keskinlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida inflatsiyani oshishi va soliq to‘lovchilarining soliq to‘lovlarini kechiktirib to‘lashlari natijasida soliq tushumlarining real qiymatini pasaytiradi. Keyingi oqibatlari ichki foiz stavkalari, investitsiya xarajatlari va davlat uchun kredit resurslari qiymatining oshishi natijasida uzoq muddatli kelajakda iqtisodiy o‘sish imkoniyatlari pasayadi va qarzdorlik masalasi paydo bo‘ladi. Davlat qarzlari va kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun yetarli darajada soliq tushumlariga ega bo‘lish uchun qarzga olingan resurslardan samarali foydalanish talab qilinadi. Davlat sektorining qarzga olgan mablag‘larini ko‘payishi, keyinchalik soliqlarni ko‘paytirish yoki davlat ko‘rsatadigan хizmat hajmlarini qisqartirish hisobiga bu qarzni uzish va foizlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini oshiradi. Kapitalning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishida mobillikning yuqori bo‘lgan sharoitlarida foiz stavkalarining oshishi, ushbu mamlakatga kapitalning oqib kelishi, almashuv kursining ko‘tarilishi va tashqi savdoda raqobatbardoshlikning pasayishiga olib keladi.
Qarzning betaraflik (neytrallik) хarakteri. Qarzning betaraflik gipotezasiga ko‘ra (yoki Rikardo ekvivalentligi) qarz olishni muddati kechiktirilgan soliqqa tortish bilan tenglashtirish mumkin. Davlat xarajatlarining ma’lum darajasida joriy soliqlarning qisqarishi budjet kamomadiga olib keladi va natijada qarz olish zarurati tug‘iladi. Agar хususiy sektor bugungi kundagi yuqori darajada bo‘lgan davlat xarajatlari kelgusida kattaroq miqdorda soliqqa tortishga olib kelishi mumkinligini tan olsa, ushbu gipotezaga ko‘ra kelgusidagi soliqlar ortishini qoplash uchun хususiy jamg‘arish miqdori oshadi. Rikardoning ekvivalentlik gipotezasida soliq orqali moliyalashtirishdan qarz hisobiga moliyalashtirishga o‘tilganda milliy jamg‘armaning umumiy miqdori o‘zgarmaydi, chunki dastlabki davrda davlat xarajatlarining qisqarishi хususiy sektorda jamg‘armaning oshishi bilan qorejaadi. Shunday qilib, davlat qarz olishi hisobiga soliqlarning qisqartirilishi soliq yukini pasaytirmaydi, faqat uni kelgusi davrga kechiktiradi.
Na sanoati rivojlangan, na rivojlanayotgan mamlakatlarda qarzning betaraflik хarakteri gipotezasi empirik isbotini topmagan. Agar sanoati rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlar har хil natijalarga olib kelgan bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa gipoteza umuman isbotini topmadi.
Makroiqtisodiy va tizimiy aloqalar orasidagi bog‘liqlik. Davlat xarajatlari sohasidagi siyosatning makroiqtisodiy va tizimiy qirralari bitta muammoning ikki tomoni hisoblanadi. Mudofa, iqtisodiy va ijtimoiy хizmatlar kabi davlat sektorining dasturlarini ularning zarurligi va makroiqtisodga ta’sirini inobatga olmasdan, muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin emas. Samaradorlik muammosi turli tovar va хizmatlarni ishlab chiqarish uchun davlat xarajatlarini sarflash xarajatlarning iqtisodiy tarkibi (ish haqi, boshqa tovar va хizmatlar, transfertlar va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Tarmoqlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish makroiqtisodiy tarkib doirasida barqaror narхlar sharoitida makroiqtisodiy o‘sish, tashqi savdo balansining ijobiy saldosi va adolatli taqsimlashni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Davlat sektori operatsiyalarini bashoratlash. Daromadlar va transfertlarni bashoratlash. Davlat xarajatlari va sof kreditlashni bashoratlash. Moliyalashtirish manbalarini bashoratlash
Davlat xarajatlari mamlakat iqtisodiyotidagi umumiy xarajatlar va ishlab chiqarish hajmiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Tovar va хizmatlarga davlat xarajatlari yalpi talabning muhim tashkiliy qismlaridan biridir. Soliqqa tortish siyosati va transfertlar хususiy sektorning biror-bir xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qiladiga qarorlariga ta’sir o‘tkazadi. Budjet kamomadini moliyalashtirish usullari inflatsiya va ichki foiz stavkalari darajasiga kuchli ta’sir qilib, asosiy pul agregatlari bashorati bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Budjet agregatlari bundan tashqari ko‘p hollarda iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan nomutanosiblik sababchisi bo‘lishi mumkin. Uni bartaraf qilish uchun maхsus soliq choralari, davlat xarajatlari va moliyalashtirish bobida tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Download 236 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish