Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik natijasida
olgan daromadlari haqidagi ma‟lumotlarni kiritish
Ijara asosida, bir martalik deklaratsiya yoki boshqa daromadlar,
hamda tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromad to„g„risidagi ma‟lumotlarni
kiritish uchun «Ma‟lumotlar» oynasidan «Boshqa faoliyatdan olingan
daromadlar» tugmasi tanlanib, « » belgi bosiladi. Unda quyidagi
ko„rinishda «Boshqa faoliyatdan olingan daromadlar» oynasi shakllanadi.
2.13.6-rasm.Boshqa faoliyatdan olingan daromadlarni kiritish oynasi
Oynadagi asosiy maydonlarga ma‟lumotlar ma‟lumotnomadan
tanlanib, yoki qo„lda kiritiladi.
Jismoniy shaxsning yil davomida shug„ullangan faoliyat turlarini
raqamlash uchun oynadagi «Т/r»ga (tartib raqamiga) faoliyat turlari sonlar
ketma-ketligi ko„rinishida raqamlab borilishi lozim.
«Faoliyat turi yoki daromad nima hisobidan olingan» satriga yozuv
tanlanma usulda «…» belgini bosish orqali amalga oshirilganda,
«Ma‟lumotnoma» oynasi shakllanadi. «Ma‟lumotnoma» oynasidan
faoliyatlarning kerakligi tanlanib oynaning «Тanlash» tugmasi bosiladi.
«Boshqa faoliyatdan olingan daromadlar» oynasida «Yil» satri
tanlanma usulda yoki qo„lda kiritiladi. Yilni belgilash ikki holatda amalga
oshiriladi:
- Birinchi holat jismoniy shaxsning o„tgan yil uchun olingan
daromadini kiritish holati bulib, bunda «Yil» satriga o„tgan yil sanasi
kiritilishi lozim.
- Ikkinchi holat jismoniy shaxsning joriy yil uchun olinishi
kutilayotgan daromadni kiritish holati bulib, bunda «Yil» satriga bu yilgi
104
sana kiritilishi lozim. Bu holatda «Тovarlarni (ish, xizmat) realizatsiya
qilishdan tushgan tushumlar», «Daromad olish bilan bog„liq bo„lgan
majburiy to„lovlar, xarajatlar va ajratmalar», «Faoliyatdan olingan sof
daromad» summalari kiritilishi bilan «Тo„langan (ushlab qolingan) soliq
summasi, sum» satriga daromad solig„i summasi avtomatik ravishda hosil
buladi. Ushbu hosil bo„lgan summa bo„nak (avans) ko„rinishdagi daromad
solig„i bo„lib hisoblanadi.
Ushbu kiritilgan
ma‟lumotlar «Boshqa faoliyatdan olingan
daromadlar» oynasidagi «Saqlash» tugmasi orqali saqlanadi va
avtomatik ravishda oynadan chiqib ketiladi.
Agar «Jismoniy shaxslarni bazaga kiritish» oynasida «Imtiyozsiz»
satri katakchasiga «√» ko„rinishdagi belgi qo„yilgan bo„lsa («Imtiyozli»
satrga aylangan bo„ladi), u holda «Тovarlarni (ish, xizmat) realizatsiya
qilishdan tushgan tushumlar», «Daromad olish bilan bog„liq bo„lgan
majburiy to„lovlar, xarajatlar va ajratmalar», «Faoliyatdan olingan sof
daromad» summalari har bir oy uchun olinadigan daromad ko„rinishida
quyida shakllangan oynaga mos ravishda kiritilishi lozim. Hosil bo„lgan
summa bo„nak (avans) ko„rinishdagi daromad solig„i bo„lib hisoblanadi.
2.13.7-rasm.Boshqa faoliyatdan olingan daromadlarni kiritish tartibi
Har ikkala (imtiyozli va imtiyozsiz) holatda ham jismoniy shaxsga
bo„nak ko„rinishdagi daromad solig„ini to„lash uchun avval ushbu
fuqaroga « » belgi ko„rinishdagi (Asosiy ish joyi yo„qligini bildiruvchi)
tugma bosilib, unga tegishli deklaratsiya blankasi chop etiladi, «
4Ш
ТХ » belgi ko„rinishdagi tugma orqali to„lov xabarnomasi, ПД-4 blankasi
ko„rinishidagi to„lov hujjatlari chop etiladi.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |