ABDURAXMONOVA MUNISA MaVZU: innovatsion menejmentga kirish Reja: - Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari.
- Innovatsion menejmentning maqsad va vazifalari
- Innovatsion menejmentning zaruriyati va dolzarbligi
Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari.
“innovation” - ingliz tilidan olingan bo’lib, ya’ni yangilik, yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi.
Innovatsiya - deb yangi ko’rinishdagi mahsulot (tovar, ish, xizmat) yaratilishi yoki takomillashtirilishi, ishlab chiqarish jarayonining yangi ko’rinishini joriy qilinishi yoki ushbu jarayonning takomillashtirilishi, biznesni yuritishda yangi marketing yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishi, ish o’rinlarini tashkil etilishi yoki tashqi aloqalar o’rnatilishini o’zida mujassamlashtirgan innovatsiyaviy faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi.
Innovatsiyaviy tovarlar, ishlar, xizmatlar – so’nggi 3 yil ichida turli darajadagi texnologik o’zgartirilgan tovarlar, ishlar va xizmatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |