Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети


-MAVZU: BILVOSIТA SOLIQLARNING HISOBI VA HISOBOТI



Download 2,31 Mb.
bet66/177
Sana31.12.2021
Hajmi2,31 Mb.
#260376
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   177
Bog'liq
Soliq akademiyasi

4-MAVZU: BILVOSIТA SOLIQLARNING HISOBI VA HISOBOТI.
REJA:
1. QQS hisobi va hisoboti.

2. Aksiz solig’i hisobi va hisoboti.

3. Тransport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobi va hisoboti.
Тayanch so’zlar:

(Aksiz, qo’shilgan qiymat solig’i, harajatlar, boj, tovar aylanma, eksport imtiyoz, soliqlar bo’yicha imtiyoz, QQS solig’idan imtiyoz, soliq hisoboti)
1. QQS hisobi va hisoboti.
Тayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va hizmat ko’rsatish, tovarlarni sotish hamda O’zbekiston hududiga tovarlarni import kilish jarayonida ular qiymatiga yangi qiymat ko’shiladi. Bu ko’shilgan qiymatning bir kismi soliq sifatida byudjet daromadiga olinadi.

Ko’shilgan qiymat solig’i (QQS) bo’yicha hisobda turgan yoki hisobda turishi shart bo’lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugulanuvchi yuridik shaxslar ko’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar hisoblanadi.

Ko’shilgan qiymat solig’ining ob’ekti bo’lib, tovarni (ishlarni, hizmatlarni) realizatsiya va import kilish oboroti hisoblanadi. shuningdek O’zbekiston Respublikasi bojxona qonunlarida belgilab ko’yilgan bojxona rejimiga muvofik Respublika hududiga import qilinadigan tovarlar, ishlar va hizmatlar QQS solinadigan ob’ektlardir. Bojxona qiymati import qilinadigan tovarlarga QQS ni hisoblash uchun asos bo’lib hisoblanadi.

Realizatsiya bo’yicha soliq solinadigan oborot mikdori realizatsiya qilinadigan tovarlar, qiymati asosida, qo’llaniladigan narhlar va tariflardan kelib chikib, aksiz solig’ini hisobga olgan holda ularga QQSni kiritmasdan belgilanadi.

Import qilinadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan oborot mikdoriga bojxona qiymati bilan bir katorda bojxona to’lovi mikdori va aksiz solig’i mikdori kiritiladi.

Import qilingan xom ashyo bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i Soliq kodeksining 39-bobiga muvofiq hisobga kiritiladi. Uni amalga oshirish uchun Soliq kodeksining 218-moddasining quyidagi talablariga rioya etish kerak:

xom ashyodan soliq solinadigan oborot, shu jumladan nol darajali stavka bo’yicha oborot maqsadlarida foydalaniladi;

QQS byudjetga to’lanadi. Agar import qilingan tovarlarga soliq to’lashdan ozod qilish tarzida maqsadli imtiyoz berilgan bo’lsa, QQS ham hisobga qabul qilinadi;

import qilingan xom ashyo va materiallardan nol darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan eksport mahsulotini ishlab chiqarishda foydalanilganida eksport mahsulotiga chet ellik xaridor haq to’laganligini tasdiqlaydigan bank ko’chirmasi mavjud.

Mamlakat ichida sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo import qilinganida QQS amalda byudjetga to’langan hisobot davrida hisobga kiritiladi.

Eksport mahsuloti (nol darajali stavka bo’yicha QQS solinadigan) ishlab chiqarish uchun import xom ashyosidan foydalanilganida olib kirish chog’ida to’langan QQS valyuta tushumi korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushgan davrda mahsulot realizatsiyasidan kelib tushgan ulushida hisobga qabul qilinadi.

MISOL. QQS to’lovchi korxona mamlakat ichida va eksportga realizatsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqaradi. Uni ishlab chiqarish uchun xom ashyo keltirilib, uni bojxonada rasmiylashtirishda 12 500 ming so’m QQS to’langan.

Хom ashyo olib kirilganida korxonada uning xarajatini eksportga va ichki bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulot bo’yicha alohida hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud bo’lmagan. Hisobot davrida realizatsiya hajmi quyidagilarni tashkil qildi:

ichki bozorga - 48 100 ming so’m, shu jumladan 8 016,7 ming so’m QQS;

eksportga - 35 200 ming so’m (QQSning nol darajali stavkasi). Bunda kontraktning umumiy summasidan 40% valyuta tushumi kelib tushgan.

Хarid qilingan import xom ashyosidan quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan:

ichki bozorda realizatsiya qilingan mahsulot - 18 000 ming so’mga, QQS - 3 600 ming so’m;


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish