Buxgalteriya hisobining predmeti bo’lib turli mulk shaklidagi iqtisodiy sub’ektlarning umumxo’jalik faoliyatini tashkil qiluvchi jarayonlar, operatsiyalar va ularning natijalari, shuningdek ushbu faoliyatni uzluksiz yuritilishini ta’minlovchi aktivlar va ularning shakllanish manbalarining holati va harakati hisoblanadi23.
Soliq hisobining predmetiga ta’rif berishda hisob va soliqqa tortish nazariyasi nuqtai nazardan kelib chiqishi kerak. Soliq hisobi predmetining ta’rifida hisob va soliqqa tortish nazariyasining asosiy tamoyillari o’z aksini topishi zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq hisobining predmetiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Soliq hisobining predmeti deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirkorlarning xo’jalik faoliyatini yuritish asosida soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha kelib chiqadigan majburiyatlarni hisoblash, to’lash va tahlil qilish tushuniladi.
Bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya hisobining predmeti soliq hisobi predmetiga nisbatan keng tushuncha bo’lib, soliq hisobi buxgalteriya hisobi predmetining tarkibiga kiradi va uning mohiyatini yanada aniqlashtiradi.
Soliq hisobining sub’ekti bo’lib soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Soliq hisobining ob’ektlarini aniqlashda bevosita buxgalteriya hisobining ob’ektiga murojaat qilishimiz kerak. Chunki buxgalteriya hisobining ob’ektlari moliyaviy, boshqaruv va soliq hisoblari ob’ektining asosi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning 4-moddasida «Buxgalteriya hisobi ob’ektlari. Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir»29 deb ko’rsatilgan bo’lib, ob’ektga ta’rif berilmagan.
Shuni qayd etishimiz kerakki, «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunni qabul qilindi, bu davrda buxgalteriya hisobining nazariy va metodologik konsepsiyalarida tegishli o’zgarishlar ro’y berdi. Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi bo’lgan «Soliq hisobi» paydo bo’ldi. Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunga tegishli o’zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Хuddi shu jarayonda buxgalteriya hisobi ob’ektlarini yanada aniqlashtirish hamda moddalar mazmunini tahririy jihatdan qayta ko’rib chiqish zarur bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, soliq hisobining ob’ekti bu «Korxonalarda ro’y bergan xo’jalik operatsiyalar, aktivlar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha majburiyatlar, daromadlar, xarajatlar va foyda soliq hisobining ob’ektlaridir».
Do'stlaringiz bilan baham: |