Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети



Download 2,31 Mb.
bet45/139
Sana03.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#737198
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   139
Bog'liq
Soliq akademiyasi

HISOB-KIТOBI

1- ilova.

Doimiy muassasa faoliyati bilan bog’liq bo’lgan daromadlar

2-ilova.

CHEGIRILMAYDIGAN ХARAJAТLAR
(soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlar)

3-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanmaydigan, biroq keyingi hisobot davrlarining soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlar (9440-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar)

4-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadigan ilgari qilingan xarajatlar (012-balansdan tashqari hisobvarag’i bo’yicha ma’lumotlar)



Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i hisob-kitobining birlashtirilgan shakliga kiritilgan o’zgartirishlar:


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblashda shakl yangi satrlar bilan to’ldirilgan:
Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorini shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi (Hisob-kitobning 1-ilovasi 060-satri) ko’rsatiladigan 040 satr bilan to’ldirilgan va bu satr ko’rsatkichi soliq solinadigan foydaga qo’shiladi;
quyidagilar ko’rsatiladigan 200 va 210 satrlar bilan - O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadigan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi (Hisob-kitobning 14-ilovasi 090-satri);
O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan dividend va foiz ko’rinishidagi daromadlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha qo’shimcha summasi (Hisob-kitobning 15-ilovasi (060-satri + 120-satri));
va mos ravishda yangi 14, 15-ilovalar bilan to’ldirildi.
Ushbu satrlar bo’yicha ko’rsatkichlar hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasini ko’paytiradi yoki kamaytiradi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bilan bitta shaklga birlashtirilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha ilgari chegiriladigan soliq to’lovchi balansida bo’lgan ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini saqlab turishning haqiqiy xarajatlarini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarish ko’zda tutilgan.
Hisob-kitob shakli yangi "Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorining shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi" nomli 1-ilova bilan to’ldirildi.
Oldingi 1-5-ilovalar mos ravishda 2-6-ilovalar hisoblandi (1-ilova Chegirilmaydigan xarajatlar (soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlar), 2-ilova Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirilmaydigan, biroq keyingi hisobot davrlarining soliq solinadigan bazasidan chiqarib tashlanadigan xarajatlar (9440-hisobvaraqda hisobga olingan xarajatlar), 3-ilova Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadigan ilgari qilingan xarajatlar (012-balansdan tashqari hisobvaraq ma’lumotlari bo’yicha), 4-ilova Soliq solishdan ozod qilinadigan foyda, 5-ilova Soliq solinadigan foydani kamaytirish).
7-ilova ilgarigi 7-ilova (7-ilova. Hisobot (soliq) davri uchun soliq solinadigan foydani kamaytiradigan, investitsiyaga (modernizatsiyalash, o’z ishlab chiqarishini texnik va texnologik qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing ob’ekti qiymatini qoplashga) yo’naltiriladigan mablag’lar summasi Hisob-kitobi) kabi saqlanib qolgan.
Hisob-kitob 8-ilova "Jismoniy shaxslarning omonatlari (muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo’yicha omonatlar hamda joylashtirilgan jamg’arma sertifikatlari) hajmlarining ko’paygan summasiga banklarning soliq solinadigan foydasini kamaytirish hisob-kitobi" bilan to’ldirilgan.
Oldingi 6-ilova (6-ilova. Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda hisob-kitobi) endi 9-ilova bo’ldi.
Oldingi 8-ilova (8-ilova. Hisobot (soliq) davridagi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o’tgan yil (o’tgan yillar) zarari yoki zararning bir qismi summasining hisob-kitobi) endi 10-ilova bo’lib hisoblanadi.
Oldingi 9-ilova (9-ilova. Plastik kartochkalar qo’llanilib to’langan ko’rsatilgan xizmatlardan olingan foydaning hisob-kitobi) endi 11-ilova bo’ldi.
Oldingi 10 va 11-ilovalar (10-ilova. Eksport ulushiga qarab foyda solig’i stavkasiga tuzatish kiritish, 11-ilova. Nogironlar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun foyda solig’ining tuzatish kiritilgan summasi) endi 12 va 13-ilovalar bo’ldi. Bunda, eski 12-ilova (12-ilova. Daromadlar hisobini yuritish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan va soliq solish maqsadida daromad sifatida qaralmaydigan foyda (daromad) summasi) chiqarib tashlandi.
Hisob-kitob 14 va 15-ilovalar bilan to’ldirildi (14-ilova. Hisobga olinadigan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi, 15-ilova. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olinishi lozim bo’lgan (olingan) dividendlar ko’rinishidagi daromadlardan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ma’lumotnoma-hisob-kitobi).
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha soliq hisoboti shakllarining qolgan ilovalari o’zgarishsiz saqlanib qolgan.
Soliq hisoboti shakli shuningdek, "Norezidentning O’zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan daromadidan O’zbekiston Respublikasi rezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini qaytarish to’g’risida Ariza" bilan to’ldirildi.



Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish