Soliq hisoboti tushunchasi. Soliq hisobotisoliq to’lovchining soliq va boshqa majburiy to’lovning har bir turi bo’yicha yoki to’langan daromadlar bo’yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek ularga doir ilovalarni o’z ichiga oladigan hujjati bo’lib, u Davlat soliq qo’mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda (AV tomonidan 2013 yil 22 martda 2439-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) tuziladi. Soliq hisobotini tuzish.Soliq hisoboti qog’ozda va (yoki) elektron hujjat tarzida tuziladi.
Hisobot soliq to’lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u yuridik shaxs bo’lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan Hisobot soliq to’lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxs - soliq to’lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to’lovchiga soliq davri boshlanganidan e’tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo’lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Yuqoridagi qoidalar o’zgartirish, shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo’shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
MISOL. Yagona soliq to’lovchisi bo’lgan kichik korxonada tugatish ishlari 2013 yilning 5 yanvarida boshlandi. Kreditorlarning talablar taqdim etishi uchun belgilangan muddat tugagach, tugatuvchi davlat soliq xizmati organi tomonidan o’tkazilgan tekshirish natijalarini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi. Oraliq tugatish balansi korxona muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va 3 kun ichida DSIga taqdim qilinadi. Тadbirkorlik sub’ekti - yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha bo’lgan muddat uchun alohida Hisobot tuziladi.
Hisobotda ko’rsatilgan ma’lumotlarning to’g’riligi uchun soliq to’lovchi javobgar bo’ladi.