Olish narxi yoki inventarizatsiya qiymati
|
Sotish narxi
|
1-uy
|
10 000
|
15 000
|
2-uy
|
12 000
|
20 000
|
3-uy
|
15 000
|
20 000
|
Bu yerda jismoniy shaxslarning o’ziga tegishli bo’lgan xususiy mulkni sotishdan oladigan soliq solinadigan daromadi 5 000 (20 000 - 15 000) so’mga teng. Chunki SKning 179-moddasi bilan ketma-ket keladigan o’n ikki oylik davr ichida ikki martagacha bitim summalari soliq solishdan ozod qilingan. shuningdek, SKning 181-moddasiga asosan jismoniy shaxslarning uy-joylarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga belgilangan eng kam stavka bo’yicha soliq solinadi va u 2012 yilning 1 yanvaridan 9% qilib belgilandi. Bu yerda byudjetga to’lanadigan soliq miqdori 450 000 (5 000 000 x 9%) so’mni tashkil qiladi.
Moddiy naf tarzidagi daromadlar –
1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko’zlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to’lash, shu jumladan:
jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o’qitish, tarbiyalash;
kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;
sanatoriy-kurortlarda davolanish yo’llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;
yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo’lgan boshqa xarajatlari;
2) soliq to’lovchining manfaatlarini ko’zlab tekinga, shu jumladan hadya shartnomasi asosida berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati;
3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o’rtasidagi salbiy tafovut;
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo’l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo’yicha beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
6) ish beruvchi tomonidan to’lovlar hisobiga to’lanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim bo’lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Soliq to’lovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan taqdirda, ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan aksiz to’lanadigan tovarlar yoki qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatida aksiz solig’ining va qo’shilgan qiymat solig’ining tegishli summasi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |