Foyda solig’ining bazasini aniqlash va hisobini yuritishda foydalaniladigan BHMS
Т/r |
BHMS raqami
| BHMS nomi |
BHMSni qabul qilgan sanasi va raqami
|
1
|
|
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos
|
14.08.1998 y. № 475
|
2
|
1
|
Hisob siyosati va moliyaviy hisobot
|
14.08.1998 y. № 474
|
3
|
2
|
Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar
|
26.08.1998 y. № 483
|
4
|
3
|
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisoboti
|
27.08.1998 y. № 484
|
5
|
4
|
Тovar – moddiy zaxiralari
|
17.07.2006 y.
№ 1595
|
6
|
5
|
Asosiy vositalar
|
20.01.2004 y.
№ 1299
|
7
|
7
|
Nomoddiy aktivlar
|
27.06.2005 y.
№ 1485
|
8
|
12
|
Moliyaviy investitsiyalar hisobi
|
16.01.1999 y. № 596
|
9
|
21
|
Korxonalar moliya xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi
|
9.09.2002 y. № 103
|
10
|
23
|
Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish
|
27.06.2005 y.
№ 1484
|
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni aks ettiruvchi schyotlar son jihatidan ko’p (7-jadvalga qarang).
7-jadval
Soliqlar va majburiy to’lovlarni moliyaviy buxgalteriya
hisobidaaksettiruvchischyotlar.
Т/r
|
Schyotningraqami
|
Schyotningnomi
|
1
|
0930
|
Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan foyda solig’i
|
2
|
3210
|
Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan foyda solig’i – joriy qismi
|
3
|
4510
|
Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlar
|
4
|
6220
|
Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar – joriy qismiga
|
5
|
6400
|
Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik hisobi
|
6
|
6520
|
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlari
|
7
|
6530
|
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar
|
8
|
7210
|
Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan foyda solig’i bo’yicha majburiyatlar
|
9
|
7220
|
Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar
|
10
|
8840
|
Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari
|
11
|
9810
|
Foyda solig’i to’lash
|
Kiritilayotgan o’zgarishlar bevosita oldin qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga, jumladan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun va Soliq kodeksiga tegishli o’zgartirishlar kiritilishini talab qiladi. shuning uchun ham Prezidentimiz tomonidan davr talabiga javob beradigan yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqish vazifasi qo’yildi.
Korxonaning foyda solig’i bo’yicha soliq solinadigan bazasi quyidagicha hisoblanadi:
foyda solig’i to’langunga qadar foyda yoki zarar
qo’shuv Soliq kodeksining 147-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydani aniqlashdagi soliq to’lovchining chegarilmaydigan xarajatlari
qo’shuv Soliq kodeksining 146-moddasiga muvofiq kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davrining xarajatlari
ayiruv Soliq kodeksining 146-moddasiga muvofiq joriy hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan oldingi davrlarda amalga oshirilgan xarajatlar
ayiruv Soliq kodeksining 158-modsasiga muvofiq soliqlar bo’yicha imtiyozlar
ayiruv Soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydani kshaytiradigan summalar
barobar foyda solig’i bo’yicha soliq solinadigan baza.
MISOL. «Umid» korxonasida soliq solingunga qadar foyda 34 700 ming so’m deylik; Soliq kodeksining 147-modsasiga muvofiq soliq solinadigan foydani aniqlashdagi soliq to’lovchining chegirilmaydigan xarajatlari - 2 840 ming so’m; Soliq kodeksining 146-moddasiga muvofiq kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davrining xarajatlari - 1 500 ming so’m; Soliq kodeksining 146-moddasiga muvofiq joriy hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan oldingi davrlarda amalga oshirilgan xarajatlar - 600 ming so’m; solikdar bo’yicha imtayozlar - 800 ming so’m; Soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydani kamaytiradigan summalar - 400 ming so’m.
Shundan kelib chiqib, foyda solig’ini soliqqa tortish bazasini aniqlashda daromad va xarajatlarni hisobga olish juda muhimdir.shuning uchun ham soliq hisobi metodologiyasida daromadlar va xarajatlarni hisobga olish tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu hisob tizimi asosida daromadlar va xarajatlarning hisobini tashkil etish, soliqqa tortish bazasini aniq hisoblash imkoniyatini yaratadi hamda ishchi rejada ortiqcha-keraksiz schyotlarni bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.
10-rasm. Daromadlarni hisobga olish tizimi
Gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya ijrochilarga (jismoniy shaxslarga) va ijodiy jamoalarga (yuridik shaxslarga) beriladi. Ular "O’zbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan belgilanadigan reyting guruhiga bog’liq holda tabaqalashtirilgan miqdorlarda ushbu faoliyatni amalga oshirish huquqiga davlat boji ham to’laydilar. Soliq kodeksining 389-moddasi va Vazirlar Mahkamasining "Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" qarori (2001 yil 29 iyundagi 285-son, bundan keyin - 285-son qaror) bilan belgilanishicha, gastrol-konsert faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga davlat boji to’lovchi yuridik shaxslar mazkur faoliyat turi bo’yicha imtiyozga egalar. Ular quyidagilardan tashqari soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lashdan ozod qilinadilar:
bojxona to’lovlari;
yagona ijtimoiy to’lov;
davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar;
avtotransport vositalarini xarid qilganlik va (yoki) vaqtincha olib kirganlik uchun Respublika yo’l jamg’armasiga yig’im;
to’lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar.
Soliq solishning mazkur tartibi gastrol-konsert faoliyati bilan shug’ullanuvchi ijodiy jamoalar (yuridik shaxslar) uchun belgilangan.
Gastrol-konsert faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga litsenziya tomosha tadbirlari va konsertlarni tashkil etadigan yuridik shaxslarga berilmaydi. Konsertlar va tomosha tadbirlarini yuridik shaxslar "O’zbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan beriladigan bir martalik gastrol-konsert guvohnomasi mavjud bo’lganida tashkil etadilar. Guvohnomani berganlik uchun:
Тoshkent shahrida - eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida;
viloyat markazlarida - EKIHning 3 baravari miqdorida;
boshqa aholi punktlarida - EKIHning 1 baravari miqdorida yig’im undiriladi (285-son qaror).
Do'stlaringiz bilan baham: |