Soliqni to’lash tartibi: Тo’lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda to’lanadi:
pul mablag’larini olish uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda. Ish haqi bo’yicha oyning birinchi yarmi uchun bo’nak (avans) olish uchun hujjatlar taqdim etilganda soliqni to’lash amalga oshirilmaydi;
to’lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday to’lovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan bo’lsa.
Agar yuridik shaxsning bank hisobvarag’ida ish haqini to’lash va bir vaqtning o’zida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni byudjetga o’tkazish uchun mablag’lar yetarli bo’lmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bank hisobvarag’idagi qoldiq mablag’larga mutanosib summada byudjetga o’tkaziladi.
Yangi soliq hisoboti shakllariga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha quyidagi hisobot shakllariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi:
- Hisoblangan va amalda to’langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan summalari to’g’risidagi ma’lumotlar (keyingi o’rinlarda Ma’lumotlar deb yuritiladi);
- Тo’langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summalari to’g’risida ma’lumotnoma;
- Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiya.
Jismoniy shaxslarga mol-mulkni ijaraga berayotgan jismoniy shaxslarga alohida shakl, ya’ni Jismoniy shaxslarga mol-mulkni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxsning daromadlari to’g’risidagi dastlabki tarzdagi deklaratsiya mavjud.
Hisoblangan va amalda to’langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan summalari to’g’risidagi ma’lumotlarga qanday o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilganini ko’rib chiqamiz:
Jismoniy shaxslar soni bo’yicha satrlar soni va mazmuni o’zgardi:
- 004, 005, 006-satrlar chiqarib tashlandi;
- endilikda 002-satrda asosiy ish joyi bo’yicha, 003 satrda esa - asosiy bo’lmagan ish joyi bo’yicha jismoniy shaxslar soni ko’rsatiladi.
Quyidagi satrlar chiqarib tashlandi:
- soliq davri boshiga qarzdorlik summalari ko’rsatilgan satrlar: 007, 008, 009-satrlar, ya’ni 2-bandi to’liq chiqarib tashlandi;
- tegishli ravishda, avvalgi soliq davri uchun daromad to’lash bo’yicha qarzdorlik hisobiga to’langan summalar ko’rsatiladigan satrlar: 018, 019, 020, 022, 024-satrlar chiqarib tashlandi.
004-satrda hisoblangan daromadlarning umumiy summasi aks ettiriladi. Hisobot yili uchun ushbu satr qiymati Ma’lumotlarga 3-ilovaning "Daromadlar summasi" ustuni 01-satri qiymatiga teng bo’lishi lozim.
005-satrda soliq agenti bilan mehnatga oid munosabatlarda bo’lmagan jismoniy shaxsning yozma arizasiga ko’ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ushlab qolinmagan moddiy naf tarzidagi daromadlar aks ettiriladi (SKning 184-moddasi uchinchi qismiga asosan). 006-satrda SKning 179 va 180-moddalariga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadigan daromadlarning umumiy summasi aks ettirildi. Hisobot yili uchun ushbu satr qiymati Ma’lumotlarga 4-ilovaning "Daromadlar summasi" ustuni 01-satri qiymatiga teng bo’lishi lozim.
Ma’lumotlarning 007-satrida soliq solinadigan daromadlarning umumiy summasi (soliq solinadigan baza) aks ettiriladi. Undan quyidagi daromadlar ajratib ko’rsatiladi:
- 008-satr - soliq solish shkalasi bo’yicha soliq solinadigan daromadlar. 2013 yil uchun soliq solish shkalasi quyidagi miqdorlarda belgilangan: EKIHning 5 baravarigacha bo’lgan daromadlardan - 8%, EKIHning 5 baravaridan ortgan va 10 baravaridan ko’p bo’lmagan daromad qismidan - 16%, EKIHning 10 baravaridan ortgan qismidan - 22%;
- 009-satr - dividend va foizlar tarzidagi daromadlar. Mazkur daromadlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli qaroriga muvofiq 10% stavka bilan soliqqa tortiladi;
- 010-satr - Soliq kodeksining 181-moddasiga muvofiq JSHDSning eng kam stavkasi (8%) bo’yicha soliq solinadigan daromadlar (mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan ko’chmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar va boshqalar);
- 011-satr - jismoniy shaxsning arizasiga asosan JSHDSning eng yuqori stavkasi (22%) bo’yicha soliq solinadigan daromadlar.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlariga JSHDSning boshqa stavkalari (SKning 182-moddasiga muvofiq 6% yoki 20%li) bo’yicha soliq solinadigan daromadlar to’langanda 007-satr qiymati 008-011-satrlar yig’indisiga teng bo’lmasligiga e’tibor bering.
Хuddi shunday tarzda 012 "Byudjetga hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining umumiy summasi" - satri bo’lingan bo’lib, ularda, tegishlicha, 008, 009, 010 va 011-satrlarda ko’rsatilgan daromadlar bo’yicha byudjetga hisoblangan JSHDS summalari ko’rsatiladi. 012-satr qiymati 1-ilova 5-ustunining "Yil boshidan jami" satri + 014-satr qiymatlariga teng bo’lishi kerak. 012-016-satrlarda SHJBPHga badallar chegirilgan holda hisoblangan JSHDS summasi ko’rsatiladi. shuningdek, 014-satr qiymati ham 2-ilova 3-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatiga teng bo’lishi lozim.
017-satrda SHJBPHga hisoblangan badallarning umumiy summasi aks ettiriladi, shuningdek uni nazorat qilish mumkin - ushbu satr qiymati 1-ilova 4-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatiga teng bo’lishi kerak.
018-satr qiymati formula bo’yicha aniqlanadi (004-satr - 012-satr - 017-satr -fuqarolarning sug’urta badallari hisoblangan summasi).
019-satrda jismoniy shaxslarga to’langan daromadlarning umumiy summasi aks ettiriladi, shuningdek uni nazorat qilish mumkin - ushbu satr qiymati 1-ilova 6-ustunining "Yil boshidan jami" satri + 2-ilova 5-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatlariga teng bo’lishi lozim.
020-satrda byudjetga to’langan JSHDSning umumiy summasi aks ettiriladi, shuningdek uni nazorat qilish mumkin - ushbu satr qiymati 1-ilova 12-ustunining "Yil boshidan jami" satri + 2-ilova 8-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatlariga teng bo’lishi shart.
021-satrda SHJBPHga to’langan badallarning umumiy summasi aks ettiriladi, shuningdek uni nazorat qilish mumkin - ushbu satr qiymati 1-ilova 11-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatiga teng bo’lishi kerak.
Ma’lumotlarga 4 ta ilova nazarda tutilgan:
- Тo’langan daromadlar va o’tkazilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hamda SHJBPHga badallar summasining rasshifrovkasi (bundan dividendlar va foizlar mustasno) (Ma’lumotlarga 1-ilova);
- Тo’langan dividendlar va foizlar hamda o’tkazilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasining rasshifrovkasi (Ma’lumotlarga 2-ilova);
- Jismoniy shaxslarga hisoblangan daromadlar rasshifrovkasi (Ma’lumotlarga 3-ilova);
- Jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari rasshifrovkasi (Ma’lumotlarga 4-ilova).
Avvalgidek, 1 va 2-ilovalar Ma’lumotlar bilan birga har chorakda to’ldiriladi va taqdim etiladi.
3 va 4-ilovalar esa faqat yil yakuni bo’yicha to’ldiriladi va taqdim etiladi.
1-ilovadagi Rasshifrovkani chorakning har bir oyi uchun to’ldirish va oylik saldoni va satrlar yig’indisini ko’rsatish bekor qilindi. 2013 yilning 1-choragidan boshlab saldo va satrlar yig’indisi chorak uchun aniqlanadi. Bundan tashqari Rasshifrovka yangi satr - "Yil boshidan jami" satri bilan to’ldirilgan bo’lib, ushbu satr o’tgan chorakning "Yil boshidan jami" satri bilan joriy chorakning "Jami" satri yig’indisi sifatida aniqlanadi. Joriy yilning birinchi choragida "Yil boshidan jami" satri qiymati "Jami" satri qiymatiga teng bo’ladi.
Bundan tashqari, mazkur Rasshifrovka yangi ustunlar (3, 7 va 9-ustunlar) bilan to’ldirilgan bo’lib, unda tegishincha hisoblangan va to’langan soliq solinadigan daromadlar summalari ko’rsatiladi. Bir vaqtning o’zida "Jismoniy shaxslarning daromadlarini to’lash uchun bankdan olingan mablag’lar" va "Jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolishlar va o’tkazmalar" ustunlari chiqarib tashlangan bo’lib, yangi Rasshifrovkada ularning summalari "Jismoniy shaxslarga to’langan daromadlar" ustunida ko’rsatiladi.
Rasshifrovka izohiga e’tibor qaratishingiz lozim, u moddiy naf tarzidagi daromadlar va normalardan ortiqcha kundalik xarajatlarni Rasshifrovkada aks ettirish bo’yicha tushuntirishlar bilan to’ldirilgan.
Тo’langan dividendlar va foizlar hamda o’tkazilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasining rasshifrovkasi (Ma’lumotlarga 2-ilova) 1-ilova kabi to’ldiriladi.
Shuni yodda tutish lozimki, 1-Rasshifrovkada dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar ko’rsatilmaydi.
Тa’kidlash joizki, 26.12.2011 y. O’RQ-312, 30.12.2011 y. O’RQ-313, 10.04.2012 y. O’RQ-322, 10.09.2012 y. O’RQ-329, 25.12.2012 y. O’RQ-343, 29.12.2012 y. O’RQ-345-sonli Qonunlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlarga barcha hisob-kitob shakllari moslashtirilgan.