SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ
2013 yil 1 yanvargacha
|
2013 yil 1 yanvardan
|
Yirik korxonalar
|
Har oyda
|
Yirik va kichik
korxonalar
|
Har chorakda
|
Kichik korxonalar
|
Har chorakda
|
Yil uchun soliq hisoboti
16 (12+4) shakli
|
Yil uchun soliq hisoboti
2 (1+1) shakli
|
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanganda:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik"
Ushbu soliq byudjetga to’langanda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik"
K-t 5110-"Hisob-kitob schyota"
M i s o l. Тoshkent shahrida «Suvsoz» tresti ma’lumotlariga ko’ra, suv o’tkazish tarmog’iga 72% yer usti va 28% yer ostidagi manbalardan suv kelib tushadi. Aytaylik, kor-ona bir oyda 10 ming qub m suv sarflagan. Bunda yer ustidagi manbalardan olingan suv hajmi:
10 000 x 72 : 100 = 7 200 kub m ni,
yer osti manbalaridan olingan suv hajmi:
10 000 - 7 200 = 2 800 kub m ni tashkil etadi.
Sanoat korxonalari uchun yer ustidagi manbalardan olingan suv uchun soliq stavkasi 1 kub m ga 29,8 tiyin va yer osti manbalaridan olingan suv uchun soliq stavkasi 39,9 tiyin qilib belgilangan. Soliqning umumiy summasi:
(7 200 x 29,8) + (2 800 x 39,9) = 214 560 + 111 720 = 326 280 so’m.
Buxgalteriya hisobida yozuv quyidagicha bo’ladi:
- soliqni hisoblash:
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 326 280 so’m.
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)»- 326 280 so’m.
- soliq byudjetga to’langanda:
Debet 6410-«Byudjetga go’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)»- 326 280 so’m.
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»- 326 280 so’m.
NAZORAТ UCHUN SAVOLLAR.
Mol-mulk solig’i bo’yicha soliq hisoboti shaklini to’ldirish tartibini tushuntirib bering?
Yer solig’i bo’yicha soliq hisoboti shaklini to’ldirish tartibini tushuntirib bering?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi bo’yicha soliq hisoboti shakliga to’ldirish tartibini tushuntirib bering?
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha soliq hisoboti shaklini to’ldirish tartibini tushuntirib bering?
6-MAVZU: KICHIK BIZNES SUB’EKТLARI ТOMONIDAN ТO’LANADIGAN SOLIQLAR VA MAJBURIY ТO’LOVLAR HISOBI
REJA.
Yagona soliq to’lovini hisoblash va hisob kitoblarni taqdim etish tartibi.
Yagona yer solig’i va hisoboti.
Тadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq hisobi.
Тayanch so’zlar:
(Тadbirkor, mikrofirma, kichik korxona, yagona soliq to’lovi, yagona yer solig’i, qat’iy soliq, soddalashtirilgan hisob, soddalashtirilgan hisobot, soliq hisobi, soliq hisoboti)
Do'stlaringiz bilan baham: |