«Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risida»gi
«Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risida»gi(AV tomonidan 2005 yil 2 aprelda 1463-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan)Nizomga asosan soliq imtiyozlarining buxgalteriya hisobi olib boriladi. Bu Nizomga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari:
a) bo’shayotgan mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo’naltirish sharti bilan;
b) bo’shayotgan mablag’larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi.
Bo’shayotgan mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltirish sharti bilan soliqlar imtiyozlarining moliyaviy hisobi 8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» schyotida soliq imtiyozlarining turlari bo’yicha olib boriladi.
Soliqlar va bojxona imtiyozlarini hisoblab yozayotganda batafsil hisobga olish maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar schyotlar rejasidagi quyidagi schyotlarni ochadi:
a) byudjetga bo’nak to’lovlarni hisobga olish hisob varaqlari (4400) guruhida «Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari – soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlari bo’yicha)» schyoti;
b) byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6400) guruhida «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz – soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlar bo’yicha)» schyoti;
v) sug’urta bo’yicha va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari (6500) guruhida «Davlat maqsadli jamg’armalarga to’lovlar – soliq imtiyozlari (turlar bo’yicha)» schyoti;
g) turli kreditorlardan qarzlarni hisobga olish hisob varaqlari (6900) guruhida «Import chog’ida QQS va aksizlar bo’yicha hisoblab yozilgan soliq imtiyozlari (turlar bo’yicha)» schyoti.
Yuridik shaxslar tomonidan byudjetga to’lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to’g’risida nizomda belgilab berilgan. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va bojxona imtiyozlari berilgan, mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududidagi barcha birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga taalluqlidir.
Shuni hisobga olish lozimki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga bu boradagi imtiyozlar bo’shayotgan mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo’naltirish sharti bilan yoki ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi.
Хususan, bo’shayotgan mablag’larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda byudjetga to’lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlar mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga hisoblab yozilmaydi va kiritilmaydi.
Imtiyozlar bo’shayotgan mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo’naltirish sharti bilan berilganda soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlarni byudjetga hisoblab yozish qonun hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda soliq imtiyozlari berilgan, byudjetga hisoblangan soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar, to’lovchi ro’yxatga olingan joydagi soliq organlariga belgilangan shakllar va muddatlarga muvofiq taqdim etiladi. Mahsulot (tovar, ishlar, xizmatlar) va boshqa aktivlar realizatsiya qilinayotganda soliq solinadigan aylanmaga hisoblangan QQS (QQS to’lovchilar uchun) va aksiz solig’i (aksizli tovarlar (mahsulotlar) sotilganda) summasi ajratilgan holda hisobvaraq-faktura yoziladi.
Bo’shayotgan mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlari berilganda hisoblab yozilgan bojxona to’lovlari, soliqlar (mazkur soliq to’lovchilari uchun QQS, shuningdek qonunga muvofiq hisobga qabul qilinadigan aksiz solig’idan tashqari) va byudjetga majburiy to’lovlar qonun hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritiladi.
QQS to’lovchisi hisoblangan va QQS bo’yicha imtiyozga ega bo’lgan korxonalar xarid qilinadigan (shu jumladan import qilinadigan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) bo’yicha QQS summasini xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda byudjetga to’lanadigan QQSni belgilashda hisobga kiritadilar.
O’z ehtiyojlari uchun ishlatiladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda xarid qilish qiymati bo’yicha, bunga QQS va aksiz solig’i summasi kiritiladi, aks ettiriladi.
Aksiz solig’i bo’yicha imtiyoz berilayotganida qonun hujjatlariga muvofiq hisobga qabul qilinadigan aksiz solig’i to’lovchilari hisoblangan korxonalar xarid qilingan (shu jumladan import qilinayotgan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) bo’yicha aksiz solig’i summasini ularning xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda byudjetga to’lanadigan aksiz solig’ini aniqlash chog’ida hisobga kiritadilar.
Soliq va bojxona imtiyozlari miqdori belgilangan tartibda byudjetga hisoblab yozilgan soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltirish ko’zda tutilgan imtiyozlarning buxgalteriya hisobi 8840-"Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari" hisobvarag’ida, berilgan soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari bo’yicha yuritiladi.
Soliqlar va bojxona imtiyozlarini hisoblab yozayotganda batafsil hisobga olish maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobvaraqlarining ish rejasida qu-yidagi hisobvaraqlar ochiladi:
a) byudjetga bo’nak to’lovlarini hisobga olish hisobvaraqlari (4400) guruhida "Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari - soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlari bo’yicha)" hisobvarag’i;
b) byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6400) guruhida "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz - soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlari bo’yicha)" hisobvarag’i;
v) sug’urta bo’yicha va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari (6500) guruhida "Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar - soliq imtiyozlari (turlari bo’yicha)" hisobvarag’i;
g) turli kreditorlardan qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6900) guruhida "Import chog’ida QQS va aksizlar bo’yicha hisoblab yozilgan soliq imtiyozlari (turlari bo’yicha)" hisobvarag’i.
8840-"Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari" hisobvarag’ida hisobga olinadigan, soliqlar va bojxona imtiyozlarini berish natijasida bo’shagan mablag’lar summalari quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy boyliklarni xarid qilishga, kredit va qarzlarni so’ndirishga, asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirishga yo’naltirganda, agar imtiyozli davr ko’rsatilgan bo’lsa - muddatlarning eng kami bo’yicha: imtiyozli davr yoki haqiqatda ishlatish tugaganda, imtiyozli davr ko’rsatilmagan hollarda esa - har yili:
8840-"Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari" hisobvarag’i debeti;
8530-"Тekinga olingan mol-mulk" hisobvarag’i krediti, bunda "Soliqlar va bojxona imtiyozlari" hisobvarag’i ajratiladi;
b) joriy majburiyatlarning hosil bo’lishiga (masalan: ish haqining hisoblab yozilishi, ijara, davlat maqsadli jam-g’armalariga ajratmalar va hokazo) olib keladigan joriy xarajatlarni qoplashga yo’naltirilganda:
8840-"Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari" hisobvarag’i debeti;
6010-"Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar" yoki 6120-"Shu’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar" yoxud 6710-"Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar" yoki turli kreditorlardan qarzni hisobga olish hisobvarag’i (6900) krediti yoxud boshqa tegishli hisobvaraqlar.
shuningdek, soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda bo’shayotgan mablag’lar summalari, agar ulardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan bo’lsa, buxgalteriya hisobining bank hisobvaraqlarida aks ettirilmaydi va shu munosabat bilan Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda (2-son shakl) aks ettirilmaydi va, tegishlicha, moliyaviy natijalarni shakllantirishga ta’sir qilmaydi.
Vaqtinchalik soliqlar va bojxona imtiyozlari chog’ida bo’shayotgan mablag’larning lozim darajadagi buxgalteriya hisobini ta’minlash maqsadida, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan bo’lsa, byudjetga to’lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to’lovlar bo’yicha "Vaqtinchalik soliqlar va bojxona imtiyozlari" alohida balansdan tashqari hisobvaraqlari ochiladi.
Byudjetga to’lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to’lovlar bo’yicha hisoblab yozilgan, bo’shagan mablag’lar summasi umumbelgilangan tartibda mazkur hisobvaraqlar debeti bo’yicha aks ettiriladi.
Imtiyoz berilgan davr tugaganidan so’ng "Vaqtinchalik soliqlar va bojxona imtiyozlari" balansdan tashqari hisobvaraqlari debetida hisobga olinadigan bo’shagan mablag’lar summasi ushbu hisobvaraqlar kreditiga hisobdan chiqariladi.
Doimiy soliqlar va bojxona imtiyozlari chog’ida bo’shayotgan mablag’lar, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan bo’lsa, byudjetga to’lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to’lov bo’yicha moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida ochib beriladi.
Shu bilan birga, soliqlar va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida bo’shagan mablag’lardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar har yili yillik moliyaviy hisobotga qo’shib davlat soliq xizmati organlariga yuqoridagi Nizomga 1-son ilovaga binoan shaklda ulardan foydalanish to’g’risidagi hisob-kitobni taqdim qiladilar.
Mablag’lardan maqsadga muvofiq foydalanilmaganligi hamda soliqlar va bojxona imtiyozlari natijasida bo’shagan mablag’lar hisobiga xarid qilingan aktivlarning imtiyozli davr tugashiga qadar boshqalarga berilishi (sotilishi) dalillari aniqlanganda ushbu mablag’lar jarima jazosini qo’llab, qonunga muvofiq penya hisobga olingan holda byudjetga undiriladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitoblar to’g’ri bo’lishi va o’z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Prezidentimizning 2012 yil10 maydagi "2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida"gi PQ-1754-son qarori bilan Prezidentning 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan ro’yxat bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig’i hamda yagona soliq to’lovi bo’yicha belgilangan imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.
2017 yil 1 yanvarga qadar PQ-325-son qaror bilan belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etiladigan xizmatlar ro’yxatiga quyidagilar kiradi: