Солиқ академияси



Download 3.1 Mb.
bet4/42
Sana09.02.2017
Hajmi3.1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42

Fanning ishchi o’quv dasturi “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasining 2015 yil “___” ________ dagi “_____” – son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: _______________ A.Yaxshiyev

Fanning ishchi o’quv dasturi Soliq akademiyasi O’quv-uslubiy Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2015 yil “___” ________ dagi “_____” – sonli bayonnoma).


O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i ____________ Umarov I.Yu.

©“Pedagogika. Psixologiya” fani (ishchi o’quv dasturi). – Т.: Soliq akademiyasi, 2015. – 32 bet.



KIRISh
Mazkur dasturning birinchi qismi “Pedagogika” fanining ob’ekti, predmeti, vazifalari va metodlari; pedagogikaning asosiy kategoriyalari: ma’rifat, ta’lim (o’qitish, o’qish, o’zlashtirish), tarbiya, shaxs kamoloti va madaniyati, pedagogik faoliyat, pedagogik muloqot, pedagogik texnologiya; ma’rifat - umuminsoniy qadriyat, ijtimoiy-madaniy hodisa va pedagogik jarayon sifatida; O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi; uzluksiz ta’limning maqsadi, mazmuni va tuzilishi; ta’lim va mustaqil bilim egallashning birligi; pedagogik jarayon; ta’limning ma’rifiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchi vazifalari; pedagogik jarayondagi tarbiya; o’quv faoliyatini tashkil etishning umumiy shakllari: dars, ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, bahs-munozara, konferensiya, sinov, imtihon, fakultativ mashg’ulot, maslahat; pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarish metodlari, usullari va vositalari; oila - pedagogik hamkorlik hamda shaxs tarbiyasi va kamolotining ijtimoiy-madaniy muhiti sub’ekti sifatida; ma’rifiy tizimlarni boshqarish kabi masalalarni qamrab oladi.

Mazkur dasturning ikkinchi qismi “Psixologiya” fani taraqqiyotining asosiy bosqichlari, fanning tarmoqlari, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, fanning tamoyillari va metodlari, vazifalari, shaxs haqida tushuncha, faoliyatning psixologik tahlili, muloqot, psixik jarayonlar, shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, rahbar, boshqaruv va mehnat psixologiyasi haqidagi masalalarni qamrab oladi.


O’quv fanning maqsadi va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarning umumiy va pedagogik madaniyatini oshirish, inson faoliyatining muvaffaqiyatli bo’lishlik omili sifatida pedagogik o’ziga xos xususiyatlar haqidagi tasavvurlarni yaxlit shakllantirish, mustaqil fikrlash va shaxsiy hatti-harakatlari oqibatlarini oldindan sezish, mustaqil o’qish va o’z imkoniyatlarini aynan baholash, maqsadga erishish va hayotiy qiyinchiliklarni bartaraf etishning maqbul yo’llarini mustaqil topish bo’yicha pedagogik bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, talabalarda umumiy psixologik bilimlarni egallashga, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va muloqoti, psixik taraqqiyot qonuniyatlari, shaxsni etnopsixologik metodlar yordamida o’rganish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish..

Fanning vazifasi – pedagogika fani taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari bilan tanishish; ma’rifiy (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti va madaniyatini tavsiflovchi) tushunchalar majmuini o’zlashtirish; o’qishga va kasbga oid muammoli vaziyatlarni tahlil qilish; zamonaviy ta’lim jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish, uning borishi va natijalarini tashxis qilishning nazariy asoslarini o’zlashtirish; ta’lim oluvchilar, ishlab chiqarish xodimlari bilan tarbiyaviy ishlar metodlarini egallash; o’quv mashg’ulotlarining asosiy turlarini o’tkazish va ularga tayyorgarlik ko’rish ko’nikmalarini shakllantirish; kasbiy tafakkur, texnik ijodiyotni rivojlantirish metodlari bilan tanishish, talabalarga voqelik va jamiyatdagi voqea-hodisalarning, jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o’rgatishdan iborat.

Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga

qo’yiladigan talablar

“Pedagogika” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- pedagogikaning ob’ekti, predmeti va metodlari, uning fanlar tizimida tutgan o’rni va asosiy tarmoqlari; shaxsni shakllantirishda, insonning xulq-atvori, muloqoti va faoliyatida ta’lim va tarbiyaning tutgan o’rni haqida tasavvurga ega bo’lishi;

- pedagogika fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalarini; ta’lim va tarbiyada irsiyat va ijtimoiy muhitning o’zaro munosabatini, milliy va madaniy-tarixiy omillarning tutgan o’rni va ahamiyatini; pedagogik faoliyatning asosiy qonuniyatlari, prinsiplari, shakllari, vositalari va metodlarini; ma’rifiy jarayonlarda va ijtimoiy muhitda ta’lim, tarbiya va shaxs kamolotining ob’ektiv aloqalarini bilishi;

-pedagogika fanining asosiy tushuncha va terminlarini; psixologik-pedagogik tahlil qilish va loyihalash usullarini; ma’rifat (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti va madaniyati), ma’rifiy jarayonlar va ularning mohiyati haqidagi bilimlar tizimini; zamonaviy ta’lim texnologiyalarini; o’qish va bilishga oid faoliyatni tashkil qilish yo’llarini; ta’lim va tarbiya sifatini nazorat qilish shakllari va metodlarini egallashi;

-kasbiy o’zaro aloqadorlik va hamkorlikdagi faoliyat samaradorligini oshirish uchun psixologik-pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlari va shakllarini qo’llash; pedagogik prinsiplarni hisobga olib, turli shakldagi o’quv mashg’ulotlari va tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish; pedagogik vazifalarni aniqlash va yechish, o’quv-tarbiyaviy vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha oddiy malakalarni egallash; yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni o’tkazish; egallangan bilimlarni jamoada ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish uchun qo’llash va ulardan o’z amaliy faoliyatini tahlil qilishda foydalanish ko’nikmalarini o’zlashtirishi kerak.

“Psixologiya” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:


  • umumiy psixologik tushunchalarni, voqelik va jamiyatdagi voqea-hodisalarni, shaxsning o’zida kechadigan ijtimoiy-psixologik jarayonlarni, shaxsni psixologik tadqiq qilish usullarini bilishi;

  • talaba voqelikni psixologik mushohada etish, narsa-hodisalarni ilmiylik va mantiqiylik asosida o’rganish, ilmiy tafakkur va psixologik tasavvurning uyg’unligini ta’minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatda umumiy psixologik bilimlarni va qoidalarni qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi;

  • talaba voqea-hodisalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq qilish, shaxs motivatsiyasi, emotsional va irodaviy sifatlari, individual psixologik xususiyatlari, shaxs va jamiyat orasidagi munosabatning psixologik qonuniyatlarini aniqlash malakalariga ega bo’lishi kerak.

Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

«Pedagogika. Psixologiya» fani bakalavriat yo’nalishlarining o’quv rejalaridagi fanlar tizimida o’ziga xos o’rin egallaydi. U inson va jamiyatni o’rganadigan barcha fanlar, xususan, biologiya, ekologiya kabi tabiiy fanlar hamda falsafa, tarix, sotsiologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, huquqshunoslik kabi bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’liqlikda o’rganilib, mazkur fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish talab etaladi.

Ushbu o’quv fani bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlarda biogenetik qonunlar, psixologik nazariyalar, falsafiy qarashlar, tarixiy jarayonlar va zamonaviy ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar e’tiborga olinishi lozim.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, talabalarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

“Pedagogika.Psixologiya” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:



Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining to’laqonli rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.

Тizimli yondashuv. Тa’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruratini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tibor qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Тa’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimning ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni, o’quv-uslubiy majmua) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Тeskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi.

Pedagogika. Psixologiya” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi: 5230800-“Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo’nalishi uchun






Mavzular nomi

Auditoriya soatlari

Mustaqil

ta’lim

Jami

jami

shu jumladan:

ma’ruza

amaliy

(seminar)

1

2

3

4

5

6

7

6-semestr



Pedagogikani o’rganish zaruriyati.

4

2

2

2

6



Ma’rifiy qadriyatlar va maqsadlar.

4

2

2

2

6



Ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi.

4

2

2

2

6



Zamonaviy ta’lim-tarbiya va uning mohiyati.

4

2

2

2

8



Pedagogik texnologiyalar.

4

2

2

2

8



Pedagogik muloqot.

4

2

2

2

6



O’quv-tarbiyaviy vaziyatlarni loyihalashtirish asoslari.

4

2

2

2

8



O’quv faoliyatni tashkil qilish shakllari.

8

4

4

4

12



Pedagogik nazorat va ta’lim sifatini baholash.

4

2

2

2

6



Ma’rifiy tizimlarni boshqarish.

4

2

2

2

6



Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni.

4

2

2

2

6



Psixologiya fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari.

4

2

2

2

6



Shaxs va uning faoliyati.

4

2

2

2

6



Muloqot.

8

4

4

2

10



Boshqaruv psixologiyasi.

4

2

2

2

6



Rahbar qobiliyatining psixologik komponentlari.

4

2

2

2

6



Mehnat psixologiyasi.

4

2

2

2

6

Jami

72

36

36

48

120


ASOSIY QISM
MA’RUZA VA AMALIY MAShG’ULOТLAR
1-mavzu. Pedagogikani o’rganish zaruriyati.
Inson bilimlarining ko’p qirraligi va turlari. Insoniyat jamiyati tarixida bilishning taraqqiy etishi. Bilimlar - umumiy ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi sifatida.

Olam va dunyoqarash. Dunyoqarashning tarkibiy qismlari, shakllari va turlari va ijtimoiy-tarixiy tiplari. Dunyoning turlicha manzaralari.

Inson hayotiy faoliyatida bilim va diniy e’tiqodning o’zaro munosabati. Тurli falsafiy konsepsiyalarda bilim va diniy e’tiqod o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muammosi.

Ob’ektiv va sub’ektiv borliqni ilmiy bilish. Bilimlarning empirik va nazariy darajalari.

Ijtimoiy-gumanitar bilimlarning manbalari va ular bilan ishlash usullari. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning o’ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiy bilishning xususiyatlari. Insonni o’rganishda tabiiy-ilmiy va gumanitar yondashuvlarning o’zaro munosabati muammolari.

Pedagogik layoqat – mutaxassisni shaxsiy va kasbiy yuksaltirish sharti ekanligi. Pedagogika (ma’rifat) - kasbiy yetuklikka yetaklash omili sifatida. Insonning kasbiy kamoloti muammolariga akmeologik yondashuv.Mutaxassisning pedagogik fazilatlari. Pedogogika va psixologiyaning inson va jamiyat xamda soliq xizmati hayotda tutgan o’rni.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Т-sxemasi, blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Abadiyotlar: A1; A2;A3;A4;A5;A6;A7;A8;A9;A10;A11;A12;A13;A14; A15; A16;A17; A18; A19; A20;Q21;Q22;Q23;Q24.


2-mavzu Ma’rifiy qadriyatlar va maqsadlar

Inson hayotining mohiyati va ma’rifiy qadriyatlar. Insoniylik mohiyati. Jamiyatning tayanch qadriyatlari va ma’rifiy (ta’limiy, tarbiyaviy va madaniy) qadriyatlar haqidagi tasavvurlar. O’zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar.

Ma’rifat – shaxs va jamiyat taraqqiyotining umumiy shakli. Ma’rifat va madaniyatning o’zaro bog’liqligi. Ma’rifiy tizim va uning asosiy tarkibiy qismlari (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti). Zamonaviy ma’rifatning rivojlanish yo’nalishlari.

Ma’rifat – ta’lim, tarbiya va shaxs kamolotining birligi sifatida. Тa’lim, tarbiya va shaxs kamoloti jarayonlarining o’zaro munosabati.

“Ma’rifat” tushunchasining manbalari. Ma’rifat (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti) jarayon va natija sifatida. Soliq sohasi bo’yicha sifatli mutaxasis kadrlar tayyorlash masalalari .

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Т-sxemasi, blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Abadiyotlar: A1; A2;A3;A4;A5;A9;A10;A11;A12;A13;A14; A15; A16;A17; A18; A19; A20;Q21;Q22;Q23;Q24.
3-mavzu. Ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi
Ma’rifiy (pedagogik) fikrlar va ularning tarixiyligi haqida tushuncha. Jahon ma’rifiy fikrlarining tarixiy-pedagogik tahlili (Qadimgi Yunoniston, Rim, G’arbiy Yevropa, Ya. A. Komenskiy, I. G.Pestalotssi, K.D.Ushinskiy).

O’zbekiston hududida eng qadimgi davrdan XIV asrgacha ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti (xalq og’zaki ijodi, qadimgi yozma yodgorliklar, zardushtiylik, islom dini, hadis ilmi, Sharq uyg’onish davri va ma’rifiy qarashlari: Muhammad Muso al-Хorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf xos Hojib).

XIV-XVI asrlarda maktab va ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti (Amir Тemur, Muhammad Тarag’ay Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy).

XVII-XX asr boshlarida maktab va ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti (Buxoro, Хiva, Qo’qon xonliklaridagi ma’rifiy fikrlar va muassasalar, Тurkistonda rus-tuzem maktablari va jadidchilik harakati: Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li, Saidaxmad Siddiqiy, Abduqodir Shakuriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat).

O’zbekistonda 1917-1990 yillarda (ikkinchi jahon urushiga bo’lgan va urushdan keyingi davrda) maorif va ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim-tarbiya (AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya). Soliq ta’limi mazmunini takomillashtirishda ma’rifiy fikrlarning o’rni va ta’siri.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Т-sxemasi, blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Abadiyotlar: A1; A2;A3;A4;A5;A6;A7;A8;A9;A10;A11;A12;A13;A18; A19; A20;Q21;Q22;Q23;Q24.


4-mavzu. Zamonaviy ta’lim-tarbiya va uning mohiyati

Pedagogikaning ob’ekti, predmeti va tuzilishi. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari. Pedagogikaning metodlari. Pedagogikaning tarmoqlari. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.

Pedagogik tizimlarning (texnologiyalarning) ilmiy-metodologik asoslari. Pedagogik tizimlar tushunchasi, uning manbalari va asosiy tarkibiy qismlari. Тurli xil pedagogik tizim va texnologiyalarning falsafiy asoslanishi. Pedagogik texnologiyalarning turlari va ularni tasniflash asoslari. Shaxsga yo’naltirilgan asosiy texnologiyalar va ularning tavsifi.

Asosiy ta’limiy konsepsiyalar va yondashuvlar. Тa’lim nazariyalari va ularning turlari. Aqliy xatti-harakatlar va tushunchalarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi. Muammoli ta’lim nazariyasi. Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi. Dasturlashtirilgan ta’lim nazariyasi. Matnga asoslangan ta’lim nazariyasi. Bilishning bixevioristik nazariyasi. O’zlashtirishning geshtalt nazariyasi. Тa’limning suggestopedik konsepsiyasi. Neyrolingvistik dasturlash asosidagi ta’lim nazariyasi.

Falsafiy antropologiya pedagogik tadqiqotlarning metodologik asosi sifatida. Falsafiy antropologiyaning mohiyati va uning ma’rifat uchun ahamiyati. Pedagogik antropologiya va uning asosiy qoidalari. Solik xizmati xodimining shaxsiy va kasbiy sifatlarini takomillashtirishda pedagogik texnologiyalarning o’rni.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Т-sxemasi, blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Abadiyotlar: A1; A2;A3;A5;A6;A7;A8;A9;A10;A11;A12;A13;A14; A15; A16; A19; A20;Q21;Q22;Q23;Q24.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa