Internet saytlari
-
www. ziyonet.uz
-
www.tdpu.uz
-
www.pedagog.uz
-
www.psychology.uz
-
www.nutq.intal.uz
6. www. vak. uz
7. www.soliq.uz
8. www.edu.uz
9. www.UZA.UZ-O’zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy sayti.
VLAТ SOLIQ QO’MIТASI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DAVLAT SOLIQ QO’MITASI
SOLIQ AKADEMIYaSI
Ro’yxatga olindi
№ _____________________
2015y. «____» ____________
|
“TASDIQLAYMAN”
O’quv va ilmiy ishlari
bo’yicha prorektor
dots. B.K.Tuxliyev
__________________________
2014 y. «___» ______________
|
“Ijtimoiy gumanitar fanlar”kafedrasi
«Soliq xizmatida kasb odobnomasi» fanining
ishchi o’quv dasturi
OLIY TA’LIMNING
-
Bilim sohasi:
|
200000 - Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
230000 - Iqtisod
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish
|
|
|
|
|
TOShKENT – 2014
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
-
O.Xudoyorova
|
Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti. p.f.n.
|
Taqrizchilar:
|
|
N.Tolipov
A.Abduqodirov -
|
Nizomiy nomidagi TDPU “Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsetni.
Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti. T.f.n.
|
Fanning ishchi o’quv dasturi “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasining 2014 yil “___” ________ dagi “_____” – son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: _______________ A.Yaxshiyev
Fanning ishchi o’quv dasturi Soliq akademiyasi O’quv-uslubiy Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yil “___” ________ dagi “_____” – sonli bayonnoma).
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i ____________ Umarov I.Yu.
«Soliq xizmatida kasb odobnomasi» fani (ishchi o’quv dasturi). – T.: Soliq akademiyasi, 2014. – 32 bet.
KIRISh
O’zbekistonda mustaqillikka erishilgan dastlabki kundan boshlab fan, ta’lim va tarbiya mazmuniga alohida e’tibor qaratildi. Kasb odobnomasi fani talaba yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda muhim omillardan biridir. Bugungi kunda axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarziga jiddiy etibor berish muximdir.
XXI asrda yoshlarni axloqimizga zid bo’lgan illatlardan himoya qilish dolzarb vazifadir. Go’zal axloq va odob bilan belgilangan ma’naviy fazilatlar insonlar o’rtasidagi barcha munosabatlarga singib ketganidan keyingina chinakam axloqiy ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham axloqiy qadriyatlar barcha davrlarda insonning ma’naviy kamoloti, jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarni hal etish imkoniyati inson shaxsini tarbiyalash orqali yaratilgan.
Ayni paytda bu jarayon kasb odobnomasi fanining metodologik asoslari hamda ilmiy mazmunini milliy va umuminsoniy tamoyillar bilan mushtarakligini ta’minlashni talab etadi.
Mazkur dastur axloqiy tafakkurning ijtimoiy siyosiy asoslarini, har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o’zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan. Shu bois, unda soliq hizmati xodimlarining xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan yondashishini, zarur ko’nikma va malakaga, odob axloq va boshqa umuminsoniy jihatlarga ega bo’lishini hamda fidoyilik, halollik va qatiyatlilikni kuchaytirishning yangi yo’nalishlari ilmiy nazariy asoslari ko’rsatib berilgan. Chunki bugungi kundagi globallashuv davrida yoshlar tafakkurini turli g’ayriaxloqiy g’oyalar ta’siridan himoya qilish, ayniqsa, elektron vositalar orqali kirib kelayotgan turli ko’rinishdagi omillarning kasbiy mazmunini to’laqonli anglash davr talabiga aylangan. Ana shu talabga mos ta’lim tizimini yaratish, ta’lim oluvchilarda kasb odobini yuksaltirish, badiiy tafakkur, kasbiy ma’naviyat va ijodiy fikrlarni shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifaga esa oliy ta’lim tizimida kasb odobnomasi fanini chuqurroq o’qitish orqali erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |