institutlar alohida o’rin egallashi lozim, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida yangi tipdagi,
iqtisodiyotni yaxshi biluvchi, boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari va texnika
vositalarini qo’llay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim.
Boshqaruvni islohat qilish sharoitida o’quv jarayoni mazmuni va uni tashkil etishga qonunda
ta’kidlab o’tilganidek: korxona kadrlar kasbiy mahorati va madaniy darajasi uzluksiz o’sib borishi
haqida doimo g’amxo’rlik qiladi, xodimlar malakasi va ishlab chiqarish manfaatlarini hisobga
olgan holda ular lavozimini o’zgartirib boradi. Bu maqsadda korxona kadrlar tayyorlashni amalga
oshiradi va bevosita ishlab chiqarishda o’quv yurtlarida xodimlar malakasini oshirishga imkon
yaratadi, o’quv-uslubiy bazani kengaytiradi, biznes maktablari, kurslar, markazlar tashkil etadi.
Korxona o’quv jarayonini ish bilan qo’shib olib borish uchun zarur sharoit yaratadi va qonunda
ko’zda tutilgan imtiyozlar beradi. Ishchilar o’z xohishlariga ko’ra o’rta maxsus va oliy o’quv
yurtlariga, shuningdek stipendiya to’lash sharti bilan aspiranturaga yuborishlari mumkin. Korxona
yoshlarni mehnatga tayyorlash, kasbga qiziqishlarini shakllantirishda o’quv yurtlariga yordam
ko’rsatadi.
Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo takomillashtirib borish lozim.
Agar rahbar o’z bilimini takomillashtirib bormasa, eski bilimlariga tayanib qolishi, ishlab
chiqarish bundan zarar ko’rishi mumkinligini tajribada ko’rish mumkin. Olingan maxsus bilimga
doimo to’ldirilib borilishi lozim bo’lgan asos sifatida qarash kerak. Bozor munosabatlari
sharoitida texnik ma’lumotga ega bo’lgan ishlab chiqarish rahbarlari ayniqsa iqtisodiyot,
marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish masalalarini chuqur o’rganishlari kerak.
O’z dunyoqarashini kengaytirish bo’yicha mustaqil ishlash ham katta ahamiyatga egadir.
Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi
Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har bir ijrochining ishi cheklangan
va nisbatan bir turda bo’lishiga erishish talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati
yaxshilanishi va har bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. Ixtisoslashuv majburiyatlar
doirasini shunday belgilash lozimki, bunda har bir ishlovchi masalasi imkoni boricha to’liq ishga
solingan bo’lsin.
Mehnatni kooperatsiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv apparati turli
bo’linmalari xodimlari o’rtasida aloqa o’rnatilishini nazarda tutadi. Boshqaruv jarayonida, ham
shu korxonada, ham undan tashqaridagi alohida xodimlar, xizmat va bo’linmalar faoliyati
birlashtiriladi.
Menejerlar mehnati taqsimlash va kooperatsiya qilish yo’llari tarkibiy bo’linmalar haqida
qoidalar hamda boshqaruv apparati xodimlari lavozim qo’llanmasi tomonidan belgilangan bo’ladi.
Korxonalar to’g’risidagi qonun asosida korxona va uning bo’linmalarida har bir rahbar,
mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun lavozim qo’llanmalari ishlanadi. Lavozim qo’llanmalari,
huquq va majburiyatlari yakka boshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslarning bo’ysunishi,
topshirilgan vazifa uchun javobgarligi belgilanadi.
Lavozim qo’llanmalari va qoidalar davriy ravishda qayta qurilib, ishlab chiqarish, mehnat
hamda boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini hisobga olgan holda tuzatilib, to’ldirilib
berilishi kerak.
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirishga yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida
ta’rif-malaka ma’lumotnomasi ham qo’llanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim bo’lgan ishlar
hajmining murakkabligi, rahbarlik lavozimi turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun
talab etiladigan daraja hamda ish staji ko’rsatiladi.
Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (70%) hujjatlar bilan ishlashga
sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinuvini doimo takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot oqimlari yo’nalishi va
hujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda hujjatlar o’tadigan
bosqichlar sonini ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada
asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiqlashtirish muhim bo’lsa, hujjatlar
o’tish bosqichlari o’rnini almashtirish ham yaxshi natija beradi.
Hujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida ular o’tish texnologiyasi,
axborot uzatilishining maqbul yo’llari belgilanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin
bo’lmagan hujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog’liq ish vaqtini tejashda maxsus
namunali matnlar standart blanklardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar
o’rtasida yozishmalarda kelgan hujjatning javobi bilan qaytarish keng qo’llaniladi.
Hujjatlarni bir xillashtirish va standartlash — menejer mehnatini tashkil etishning muhim
yo’nalishidir. Standart blanklarni qo’llash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari
qisqarishiga olib keladi.
Axborot hajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer mehnatini mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish ayniqsa muhimdir. Mutaxassislar fikriga ko’ra boshqaruv apparatida tashkiliy va
hisoblash mashinasi, aloqa vositalari yordamida 70% ishni mexanizatsiyalash mumkin ekan.
Menejer mehnatini takomillashtirishni hisobga olib, ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qulay
va qo’l yetadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Ish joylari joylashtirilishi va ularni texnika vositalari hamda yordamchi uskunalar bilan
jihozlashda uzluksiz ishlashni ta’minlash talablarini hisobga olinishi kerak. Tajribadan ma’lumki,
ish joyini texnologiya, ergonomika, psixofiziologiya, estetika talablariga muvofiq joylashtirish
mehnat unumdorligini oshirish (50% va undan ko’pga) imkonini beradi.
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiyena me’yorlari, harorat, namlik, yorug’lik
me’yorlari, shovqin darajasi, shuningdek mehnat va dam olish tartiblarini hisobga olgan holda
sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.
Mehnat unumdorligiga — psixologik omil, xodimlar va rahbar, shuningdek xodimlar
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ham katta ta’sir ko’rsatadi. Ularning kayfiyati, mehnat faolligi,
oxir natijada mehnat natijalari bu omilga bog’liq bo’ladi.
Boshqaruv samaradorligi, asosan, rahbar o’z vazifasini qanchalik muvaffaqiyatli bajarish bilan
bog’liq bo’ladi. Hozirgi davr menejeri mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va
texnikaviy yechimlari, usullarini qo’llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy ravishda
kengaytirishi lozim. Menejer ham tashkilotchi, tarbiyachi, ham izlanuvchi, ma’muriyatchi
sifatlariga ega bo’lishi kerak.
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar murakkabligi va javobgarlik ortishi
bajariladigan ishlarning turli-tumanligi ulardan vaqtning unumli taqsimlanishini talab qiladi. O’z
faoliyatini reja-lashtirishni bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shug’ullanuvchi menejerlar
faqat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini tahlil qilishgagina
ulgurib, kelajakda qilinishi lozim bo’lgan ishlarni hal etish uchun vaqt yetishmaydi.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda avvalo undan yuqoriroq boshqaruv tizimi oldida
turgan vazifalardan kelib chiqishi lozim, chunki aks holda butun tizim faoliyatiga to’g’ri
kelmaydigan (yoki qarama-qarshi) ish ko’rishi mumkin.
Rahbar ishi sur’atining tezligi uning mehnat faoliyati to’laqonli dam olish bilan, shuningdek
ish kuni davomida mehnat turlari almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda
mehnat yuqori samarali bo’lishi, ish qobiliyati to’liq tiklanishi mumkin.
Menejer mehnatida maqbul ish sur’atini o’rnatish, u amalga oshiruvchi harakatlarning doimiy
tartibini o’rnatish juda muhimdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Olinuvchi axborot (xat,
farmoyish, hujjat va hokazolar) hajmi juda katta. Bunday holda axborotni „filtrdan“ o’tkazish juda
muhimdir. Rahbarga faqat u hal qilishi mumkin bo’lgan axborot berilishi lozim. Bu bosqichda
rahbarga axborotni ijrochilar o’rtasida taqsimlovchi kotib yoki yordamchi (referent) katta yordam
ko’rsatadi. U malakali xodim bo’lishi, boshqaruvning barcha bo’linmalari va tashkilotlari faoliyati
xususiyatini bilishi lozim.
Rahbar va unga bo’ysunuvchi boshqaruv apparati o’rtasida majburiyatlarni maqbul taqsimlash
rahbar ish vaqtini samarali sarflashda imkon beradi. Ijrochilarga mavjud qonunchilik doirasida
iloji boricha ko’proq hujjatga imzo chekishi uchun imkon berishi kerak. Bu rahbar vaqtini tejash,
ijrochilar tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish imkonini beradi.
Menejerlar faoliyatida turli-tuman yig’ilish va majlislar muhim o’rin egallab, ularga ish
vaqtining 70%i sarf bo’ladi. Shu sababli, majlislarni to’g’ri tashkil etish uchun quyidagilarga
alohida e’tibor berish lozim.
Majlisda ko’riladigan masala faqat jamoa tomonidan hal etiladigan muammodan iborat
bo’lishi kerak. Bu muammo bitta majlis davomida hal etilishi lozim.
Majlis qatnashchilari muhokama etilayotgan muammo bo’yicha yetarli tajriba va bilimga ega
bo’lishlari kerak.
Majlisda ko’riladigan masalalar mavzusi qatnashchilarga ular tayyorgarlik ko’rish uchun
vaqtga ega bo’lishlari uchun avvaldan e’lon qilinishi lozim.
Yig’ilish o’tkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan ko’rsatilishi lozim, chunki uning
qatnashchilari o’z ish vaqtlarini rejalashtirishlari kerak.
Yig’ilish rahbari avvaldan yig’ilish maqsadi va o’tkazilish shaklini belgilash lozim.
Yig’ilish o’tkazilish tartibi, erkin, ishchan muhokama uchun sharoit yaratish ham muhimdir.
Rahbarning ko’plab majburiyatlari ichida tashrif qiluvchilarni qabul qilish va suhbat
o’tkazishni alohida ajratib ko’rsatish lozim. Qo’l ortida ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish
uchun alohida vaqt ajratish muhimdir, chunki „ochiq eshiklar siyosati“ tashqaridan demokratik
xususiyatga ega bo’lsada, ish vaqtini noto’g’ri sarflashga olib keladi. Suhbat davomida rahbar
savollar berish yo’li bilan xodimlardan ular niyatini aniq bilib olishi, o’z iltimos yoki takliflarini
asoslab berishiga intilishi kerak. Agar suhbat rahbar tashabbusi bilan amalga oshadigan bo’lsa,
xodim suhbat vaqti va maqsadi haqida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Bu xodimga masala
mazmuni bo’yicha tayyorgarlik ko’rish psixologik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon
yaratadi. Suhbat davomida o’zaro ishonch muhitini yaratish u muvaffaqiyatli bo’lishiga imkoniyat
beradi. Bunda rahbar suhbat maqsadi va xodimning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi
kerak. Suhbat oxirida rahbar albatta muhokama etilgan masala bo’yicha erishilgan natija va uni
keyincha hal etish yo’llarini qayd qilib qo’yishi kerak.
Rahbar mehnati samaradorligining muhim omillaridan biri — qabul qilingan qarorlarning
bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. Nazorat rahbarning doimiy vazifasi bo’lib, uning ish
rejasida hisobga olinishi lozim hamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot berish uchun
qabul qilish, inspeksiya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qulay shakli —
topshiriqlarni maxsus muddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida hisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim,
chunki butun boshqaruv tizimi va natijada butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga
bog’liqdir.
Tayanch iboralar:
Rahbar, lider, boshqarish, tamoyil, qonuniyat, mehnat, qaror, bozor, menejer, usul, talab,
nazorat, shaxs, jamoa, majlis, mutaxassis, tajriba
Nazorat uchun savollar:
1. Rahbarlik sifatlarini ayting
2. Boshqarish qonuniyatlarini bilasizmi
3. Boshqarish tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
4. Xo’jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyilini kim biladi?
5. Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo’ginni aniqlay olish tamoyili kim biladi?
6. Qabul qilinadigan qarorlarning obyektivligi va ilmiyligi tamoyilini kim biladi?
7. Mehnatni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tamoyili haqida nimani bilasiz?
8. Boshqaruv qarorlarining bajarilishini nazorat qilish tamoyilini kim biladi?
9. Tizimchanlik tamoyilini ayting
10. Boshqarish usullarining mazmunini ayting
11. Boshqarishning tashkiliy - ma’muriy usullarini kim biladi?
12. Ijtimoiy - ruhiy boshqarish usullarini ayting
13. Boshqaruv funksiyalari (vazifalari)ni kim biladi?
14. Bozorning menejerlarga bo’lgan talabini ayting
15. Attestatsiya — menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik faoliyatini baholash usuli sifatida
16. Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmini kim biladi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. KarimovaV.M. «Psixologiya».O`quv qo`llanma. T.: 2002 y.
2. Maqsudova M. A. Muloqot psixologiyasi T.: 2006
3. Kvinn V. Prikladnaya psixologiya. - SPb., 2000
4. Mashkov V.N. Psixologiya upravleniya. SPb, 2000
5. Mixeev V.I. Sotsialno-psixologicheskie aspekti upravleniya. Stil i metod raboti rukovoditelya.
M., 1975
6. Gamilton. YA.S. “CHto takoe psixologiya”. “Piter”, 2002.
7. Ananev B.G. “CHelovek kak predmet poznaniya”. “Piter”, 2001.
8. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
9. Burlachuk F. Psixodiagnostika. “Piter”, 2002.
«PEDAGOGIKA. PSIXOLOGIYA»
FANIDAN MA`RUZA VA AMALIY MASHG’ULOTLARINI
O’QITISHNING TA`LIM TEXNOLOGIYALARI
MA’RUZA DARSLARINING TEXNOLOGIK LOYIHALARI
Texnologik pasport
1-mavzu: PEDAGOGIKANI O‘RGANISH ZARURIYATI
Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 soat Talabalar soni – 50-60 nafar
O‘quv darsining shakli va turi Ma’ruza (Kirish ma’ruzasi)
1. Pedagogika fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va uni o‘rganish
Ma’ruza rejasi
muammolari
2. Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan munosabati
3. Pedagogikaning tadqiqot metodlari va uning asosiy kategoriyalari
4. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablar. Pedagogik faoliyat,
mahorat va qobiliyat
1. Tashkiliy masalalarni hal qilish, ma’ruza mavzusi va uning o‘ziga xos jihatlari
O‘quv darsi- to‘g‘risida ma’lumotlar berish.
ning tarkibiy 2. “Raqamlar” metodi asosida guruhlarga ma’ruza matnini tarqatish.
tuzilmasi 3. Mavzuga oid tayanch tushunchalarni aniqlash.
4. Ma’ruza mohiyatini “Taqdimot” metodi asosida yoritib berish.
5. “Savol-javob” metodi yordamida talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni
mustahkamlash.
6. “Menga so‘z bering” metodi yordamida talabalarning kadrlar tayyorlash milliy
modelining ijtimoiy-pedagogik ahamiyatini anglash darajasini o‘rganish.
8. Darsni yakunlash.
O‘quv darsi Gumanitar bilimlar doirasida psixologik bilimlarning o‘rnini tahlil qilish, inson
ning maqsadi hayotida pedagogik bilimlarning ahamiyatini tushuntirish. Pedagogika fani, uning
tarixiy taraqqiyoti, boshqa soxadagi ilmiy bilimlar bilan aloqasi haqida talabalarda
tasavvurni shakllantirish. Talabalar dunyoqarashini kengaytirish, fanga qiziqishini
rivojlantirish
Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyati natijalari:
1. Pedagogika fanining predmeti, maqsadi,
• Pedagogika fanining predmeti, maqsadi,
vazifalari va uni o‘rganish muammolari haqida
vazifalari va uni o‘rganish muammolari haqida
ma’lumotlarga ega bo‘lishadi
tushuncha berish
2. Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi va
• Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi va
boshqa fanlar bilan munosabati haqida bilim,
boshqa fanlar bilan munosabati mohiyatini ochib
ko‘nikmalar hosil qilishadi
berish
3. Pedagogikaning tadqiqot metodlari va uning
• Pedagogikaning tadqiqot metodlari va uning
asosiy kategoriyalarini bilishadi
asosiy kategoriyalar o‘rnini ko‘rsatish
4. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik
• O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik
talablar. Pedagogik faoliyat, mahorat va qobiliyat
talablar. Pedagogik faoliyat, mahorat va qobiliyat
haqida nazariy ma’lumotlar hosil qilishadi
haqida ma’lumot berish
5. Talabalarning BKM darajasini aniqlovchi
nazorat savollari va test topshiriqlari bo‘yicha
javob qaytarish orqali mavzu yuzasidan
o‘zlashtirgan bilimlarini baholaydilar
Ta’lim metodlari Ma’ruza, “Aqliy hujum”, “Raqamlar”, “Taqdimot” va “Menga
so‘z bering” metodlari
Ta’limni tashkil etish shakli Ma’ruza, ommaviy
Didaktik vositalar Mavzuga oid manbalar, plakatlar, ma’ruza matni, taqdimot
Ta’limni tashkil etish sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona
Nazorat Joriy nazorat, savol-javob
Texnologik karta
Mavzu: PEDAGOGIKANI O‘RGANISH ZARURIYATI
Ish bosqich- Faoliyat mazmuni
lari va vaqti
O‘qituvchi Talaba
1. Mavzu, mavzuni o‘zlashtirishdan 1. O‘qituvchi nutqni tinglaydilar,
ko‘zlangan maqsad va kutilayotgan mavzu hamda uning mazmunini
natijalarni bayon etadi. yorituvchi asosiy g‘oyalarni yozib
2. “Raqamlar” metodi bo‘yicha ishlash oladilar.
1-bosqich. yuzasidan tushuncha beradi. va kichik 2. “Raqamlar” kichik guruhlarda
O‘quv guruhlarni shakllantiradi. ishlash ko‘nikmalarini
darsiga 3. Modullar yordamida o‘quv o‘zlashtiradilar.
kirish – darsining tuzilishli-mantiqiy 3. Taqdim etiladigan sxema, plakat
tashkiliy- sxemasini taqdim etadi. va taqdimot bilan tanishadilar.
tayyorgarlik 4. Vaqti-vaqti bilan talabalarga 4. Zarur o‘rinlarda savollar bilan
bosqichi murojaat etib, ularni hamkorlik, murojaat qiladilar.
(20 daqiqa) faollikka undaydi. 5. O‘qituvchi yoki tengdoshlari bilan
5. Kichik guruhlar faoliyatini nazorat qilib muloqot asosida mavzuga oid
boradi. bilimlarini mustahkamlaydilar.
6. Kutilgan natijaga erishilganlik 6. Mavzu yuzasidan tushuncha va
darajasini baholaydi. bilimlarga ega bo‘ladilar
8. Darsni yakunlaydi
1. Talabalarni mavzu rejasi bilan tanishtiradi. 1. Mavzu rejasi bilan tanishadilar.
2. Plakatlar mohiyatini yoritadi. 2. Guruhlarga berilgan material
3. “Raqamlar” metodi bo‘yicha mazmunini o‘rganadilar.
mavzuga oid materialni guruhlarga 3. O‘qituvchi nutqini tinglaydilar,
tarqatadi. plakatlar mazmuni va taqdimot bilan
2-bosqich. 4. Mavzu mohiyatini yorituvchi tanishadilar.
Asosiy qism – tayanch tushunchalarni ajratib 4. Taqdim etilayotgan mavzu, uning
anglash ko‘rsatadi. bo‘limlari, asosiy tushunchalarga oid
bosqichi 5. Taqdimot asosida nazariy savollar bilan murojaat qiladilar.
(50 daqiqa) ma’lumotlarni bayon etadi. 5. O‘quv materialining asosiy
6. O‘quv materialining har bir bo‘limi o‘rinlarini o‘z daftarlariga qayd
va umumiy mazmuni bo‘yicha xulosa etishadi
qiladi
1. Guruhlardan kichik mavzular mohiyatini 1. Guruh tarkibida kichik mavzuni
o‘rganishni so‘raydi. mohiyatini o‘rganadilar.
3-bosqich. 2. Guruhlarga kichik mavzular mazmuni 2. Kichik mavzular mohiyatini
YAkuniy yoritish uchun imkon beradi. yoritadilar.
qism – 3. Guruhlarning jamoa tomonidan berilgan 3. Berilgan savollarga javob
fikrlash savollarga javob qaytarishlari uchun sharoit qaytaradilar.
bosqichi yaratadi. 4. Dars yuzasidan fikrlarini bayon
(10 daqiqa) 4. Dars yuzasidan talabalarning fikrlarini qiladilar.
o‘rganadi. 5. O‘qituvchi tomonidan berilgan
5. Talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriqni yozib oladilar
topshiriq berib, uning baholanishiga oid
mezonlari e’lon qiladi
*
Darsda qo‘llaniladigan interfaol metod va texnologiyalar mohiyati
1. “Raqamlar” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli (20, 30, 40 va h.z.) talaba
(o‘quvchi)larni muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish,
shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish
mumkin. Ushbu metod asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 4, 5 yoki 6 nafardan
ishtirokchi bo‘lgan 4, 5 hamda 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo
(masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o‘qituvchi guruhlarni qayta
tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi guruhlardan bittadan vakil bo‘ladi.
YAngi shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo
(masala) echimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur echimlarni
birgalikda muhokama qiladilar.
2. “Taqdimot” metodi o‘rganiladigan mavzu mohiyatini kompyuter xizmatidan
foydalanilgan holda slaydlar majmuasi yordamida ochib berilishini ta’minlaydi. Metodni
qo‘llashda mavzuning asosiy g‘oyalari, tayanch tushnchalari, muhim xususiyatlari kichik matn,
jadval, tasvir, sxema, rasm va diagrammalar asosida yoritiladi. Ushbu metod talaba
(o‘quvchi)larda mavzu mazmunini obrazli, yaxlit tarzda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini
shakllantiradi.
3. «Aqliy hujum» metodi, nomining o‘zi aytib turibdi. Qo‘yilgan savol, muammo,
masalani butun guruh bilan birgalikda faol muhokama qilinadi. Bu usulda ma’lum muammo
bo‘yicha har bir o‘quvchini o‘z fikr-mulohazalari tinglanadi. Ular asosida ma’lum bir echim
tanlanadi. Uslub bo‘yicha dars o‘tishni mantiqiy izchillikda quyidagi sxema orqali ko‘rsatish
mumkin:
• Muammo, muhokoma qilinadigan masalalar yoki munozorali savol qo‘yish;
• Muhokomaga o‘quvchilarni jalb etish;
• Bildirilgan fikr, g‘oyalarni to‘plash;
• G‘oya, fikrlarni saralash, guruhlarga ajratish;
• Ularni tahlil qilish;
• Eng maqbul, samarali echimni tanlash.
4. “Menga so‘z bering” metodi talabalarda o‘rganilayotgan mavzu, muhokama
qilinayotgan masala yoki tadqiq etilayotgan muammo bo‘yicha shaxsiy fikr-mulohazalarini
bildirish, fikrlarini dalillar bilan isbotlash, ularni himoya qilish, mantiqiy xulosalarni ilgari surish
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metod o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi ta’limiy
hamkorlikni qaror topshirishga yordam beradi. Dars jarayonida ushbu metodni qo‘llashda
talabalar darsning tashkiliy jihatlari, samaradorligi xususida o‘z fikrlarini bayon qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ma’ruzada talabalarga beriladigan topshiriq:
?*Бир турдаги интерфаол метод ва технологияларнинг мо?ияти улар
гарчи бир неча маърузада ?ўлланилган бўлса ?ам фа?ат биргина
ўринда очиб берилади.
Бугунги кунда педагогика фанини ўрганишнинг ижтимоий-педагогик
заруриятини шахсий мулоазаларингиз асосида ёритинг
Texnologik pasport
2-mavzu: MA’RIFIY QADRIYATLAR VA MAQSADLAR. MA’RIFIY FIKRLAR
TARAQQIYOTI VA ULARNING TARIXIYLIGI
Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 soat Talabalar soni – 50-60 nafar
O‘quv darsining shakli va turi Ma’ruza (Ko‘rgazmali ma’ruza)
1. O‘zbek pedagogikasida ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |