So’lak biokimyosi



Download 25,72 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi25,72 Kb.
#416404
Bog'liq
mavzu kirish


So’lak biokimyosi.
So’lak – bu so’lak bezlarining sekretidir.Aralash so’lak tarkibiga 3 juft va mayda so’lak bezlari kiradi.Uch juft so’lak bezlariga:quloq oldi,jag’ osti,til osti bezlari kiradi.Bir sutkada ajraladigan so’lak miqdori 1-2 l ni tashkil qiladi.So’lak sekretsiyasi shartli va shartsiz reflektorlar orqali amalga oshadi.
So’lakning asosiy funksiyalari:
1. Organizmdagi uglevodlar hazmini amalga oshiradi.
2. Organizm himoya funksiyasi. Bu ba’zi maxsus oqsillar ishtirokida amalga oshadi.
3. Emal uchun mineral moddalar manbasi.
So’lak bu rangsiz suyuqlik bo'lib,yopishqoqligi yuqori. Massasi 1.001-1.017 gr.So’lakning pH i 6.4-7.0 bo’lib,og’iz bo’shlig’ining gigiyenik holati,ovqatning tabiati, sekretsiya tezligi bilan bog’liq.So’lakning 99.5 % ini suv,qolgan qismini shu suvda erigan organik birikmalar va mineral moddalar tashkil qiladi.Bundan tashqari so’lak tarkibida oqsil mavjud va uning konsentratsiyasi 1 g/l dan 4 g/l gacha bo’ladi.Masalan quloq oldi bezidagi so’lakni tekshirib ko’rganimizda uning tarkibi yoshga qarab o’zgarishi aniqlangan.14 yoshgacha bo’lgan bolalarda 2.5-3 g/l, 14 yoshdan 20 yoshgacha bo’lganlarda 6-7 g/l gacha,katta yoshdagilarda esa 3 g/l gacha o’zgaradi.So’lak tarkibida ba’zi qon oqsillari,fermentlar,transferrin, seruloplazmin,AVO seistemasining bir guruh maxsus oqsillari mavjud.
Shuningdek,unda oqsilsiz azot birikmalar – 20 mg/l mochevina, siydik kislota, erkin aminokislotalar, nukleotidlar bor.So’lakda uglevodlardan – glukoza -10 mg/l, laktat – 20 mg/l, PVK – 2-4 mg/l, sitrat 2-20 mg/l.
Bundan tashqari aralash so’lakda steroidlar, erkin yog’ kislotalari, fosfolipidlar, vitaminlardan – B1,B2, B3, PP, B6, fol kislotasi mavjud.So’lak tarkibidagi mineral moddalarning konsentratsiyasi turli xil masalan, Na 20 mekv/l, Cl 20-40 mekv/l, P ning miqdori qondagiga qaraganda 5-10 marta ko’p, shu bilan birga unda Mg, Zn, Cu ham bor.Qolgan mineral moddalarning konsentratsiyasi oziq mahsulotlarining tarkibiga qarab o’zgarib turadi.So’lak tarkibidagi Ca va P tish to’qimalariga ta'siri katta. Ca va P ning so’lakda ko’p bo’lishi emalning erishiga yul quymaydi, emalga Ca va P ionlarining o’tishini ta'minlaydi, so’lak pH ni taminlaydi. Ca va P ning ortishi pH ortishiga olib keladi. Ca va P yetishmovchiligida pH kamayishi kuzatiladi.
So’lak tarkibida 30 ta fermentlar mavjud.Bularga ligaza, alfa amilaza va bashqa fermentlar misol bo’ladi.Alfa amilaza fermentining faolligi turli patologik holatlarda o’zgarib turadi.Oshqozon osti bezining yallig’lanishida,qandali diabed bilan kasallangan bemorlarda alfa amila fermenti miqdori ortib ketadi.
Og’iz bushlig’ida tish doim so’lak bilan kontakda bo’ladi va bu tishning qattiq tuqimalari holati shu jarayon bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Tish emalidagi mineral va organik moddalarning asosiy qismi so’lakdan o’tadi.So’lak tish emalidagi kollagen baryerlarini shishiradi yoki bujmaytirib quyadi. Bu holatda o’z-o’zidan,tish emalidagi o’tkazuvchanlik ham o’zgaradi. Emal yarim o’tkazuvchan membrana hisoblanadi. Emal va so’lak tarkibidagi moddalar o’zaro almashinib turadi, bu holat de- va remineralizatsiya asosida amalga oshadi. Emal membranasi yarim o’kazuvchan bo’lganligi tufayli undan,barcha moddalar o’ta olmaydi yoki moddalar tishning barcha qavatlariga utish imkoniga ega emas. O’tkazuvchanlik xossasi moddaning kimyoviy tuzilishi va ionlarning xossalariga ham bog’liq bo’ladi. Masalan, tishning normal tarkibini belgilovchi yani unda doimiy mavjud bo’lgan moddalar:OH, ionlar( fosfatlar, bikarbonatlar, xloridlar, ftoridlar, kationlar, Ca, Mg, K, Na, F, Ag….) kabilar emal membranasidan oson o’ta oladilar.
Moddalarning emalga o’tishi asosan,yengillashgan diffuziya yo’li bilan amalga oshadi. Emal membranasining o’tkazuvchanligi asosan quidagilarga bog’liq;
1. Emal strukturasida OH bilan to’lgan mikro muhitlar o’lchamiga.
2. Moddalar molekulasi yoki ionlar o’lchamiga.
3. Bu oinlar yoki molekulalarning emal komponentlari blan bog’lana olish qobilyatiga bog’liq bo’ladi.
F ioni (0.13 nm)emalga osongina o’tib, emalning parchalangan komponentlari bilan bog’lanishi sababli emalning ichki qavatlariga o’tmaydi.Ca ioni (0.18 nm) emal qavatining ham tashqi ham ichki qismlariga oson diffuziyalanadi. Sababi u kristallarning yuza qavatiga adsorbsuyalanishi va shuningdek Kristal panjaraga ham osonlik bilan kira oladi. Shunday moddalar borki ular emal qavatning o’tkazuvchanligini susaytiradi.Ularga KCl, KNO, ftor birikmalarini misol qilish mumkin.Gialorunidaza Ca va glitsinning o’tkazuvchanligini oshiradi, ximotripsin, ishqoriy fosfataza Ca, F va lizin uchun o’tkazuvchanlikni pasaytiradi. Kislotali fosfat barcha ionlar uchun o’tkazuvchanlikni oshiradi.
O’tkazuvchanlik xususiyati yoshga qarab,o’zgarib turadi. Masalan,tish yorib chiqish vaqtida o’tkazuvchanlik eng yuqori bo’lib, tish to’qimalarining rivojlanish paytiga kelib pasayadi. Keyinchalik vaqt o’tgan sari,pasayib boradi. 25 yoshdan,28 yoshgacha kariesga rezistenlik ortadi. Emal tarkibining doimiyligini saqlahs uchun murakkab modda almashinuv jarayonlari sodir bo’ladi.So’lak tarkibida pH pasayishi tufayli emal o’tkazuvchanligi ortishini,ko’rish mumkin.
Karies o’tkazuvchanlikni oshiradi.Oq va pigmentli dog’ bosqichida o’tkazuvchanlik oshib turli ionlar va moddalar, shuningdek, Ca va fosfatlar kirish ehtimoli yuqori bo’ladi.Bu aktiv demineralizatsiyaga javoban kompensator reaksiya hisoblanadi. Giposalivatsiya emalning buzilishiga olib keladi. Tunda rivojlanadigan karies tungi kasallik hisoblanadi.
Tishning so’lak bilan doimiy kontaktda bulshi vatq o’tishi bilan unda hosilalar paydo bo’lishiga olib keladi.Ularga mutin, kutikula, pellikula, tish karashi va toshlar kiradi.
Mutin- bu murakkab oqsil bo’lib, so’lak glikoproteidlariga kiradi. U tishning yuzasini qoplab olib, tishni mexanik va kimyoviy nojuya tasirlardan ximoyalaydi. Uning roli tarkibida 200 tagacha serin,trianin,prolin kabi maxsus aminokislotalar saqlashi bilan tushuntiriladi.
Kutikula tish yorib chiqishidan oldin hosil bo’ladi,ko’plab hujayralardan tashkil topadi.Tish yorib chiqqach yo’qolib ketadi.
Pellikula,uglevod-oqsil tabiatli shaffof plyonkadir. U tish karashini qoplab turish vazifasini bajaradi. Tuzilishida 3 ta qavat tafovud etiladi: birinchi 2 tasi emal yuzasida, 3 chisi esa emalning yuza qavatida bo’ladi. Tarkibida glitsin,glikoproteidlar,sial kislota,alohida aminokislotalar (alanine,glutamin),Ig,A,G,M,bakteriyalar hayotiy faoliyati natijasida ishlab chiqilgan aminoshakarni saqlaydi.
Tish karashi oq, yumshoq plyonka bo’lib, tish bo’yni va butun yuzasida joylashgan. U tishni tozalaganda va qattiq oziq yeganda yo’qoladi. Bu kariesni keltirib,chiqaradigan omildir.Tish karashi desruktiv organic moddadan tuzilgan bo’lib, o’zida og’iz bo’shlig’I mikroblarini saqlaydi.1 gr tish karashida 500*10 mikrob hujayralarini biriktiradi. Tish karashining 20% ni quruq modda, 80 % ni esa OH tashkil qiladi.Quruq moddada mineral moddalar, uglevodlar, lipidlar mavjud.Mineral moddalardan 1 grda C - 5 mkgr, P 8.3, Na- 1.3, K – 4.2, va Fe, Mg, F, Se, Sr kabi mikroelementlar bor. F tish karashida quidagi formalarda uchraydi:

  1. CaF – Ftorid kalsiy.

  2. CF – Oqsil kompleksi.

  3. M/O tuzilishidagi F.

Mg,F mikro elemntlari tishning kariesga beriluvchanligini kamaytiradi. Tishda kariesning,rivojlanishi karashlarga bog’liq bo’ladi.
Tish toshlari – bu,tishlarning yuzasida oxaklanish tufayli hosil bo’ladigan patologik hosiladir. Tish toshlarining milk usti va milk osti turlari bor. Ular joylashishi, kimyoviy tarkibi va kelib chiqishi jihatidan farqlanadi. Tish toshlarining kimyoviy tarkibiga qaraydigan bo’lsak uning quruq moddasi 70-90 % ni mineral moddalarga to’g’ri keladi. To’q rangdagi tish toshi och rangdagisiga nisbatan,ko’proq mineral modda saqlaydi.Tish toshidagi F xuddi tish karashidagi singari 3 xil formada uchraydi. Tishning yetilganlik darajasiga qarab oqsillar 0.1 % dan, 2.5 % gacha saqlanadi. Oqsillar milkusti tish toshida 2.5 %, to’q rangdagi milkusti tish toshida 0.5 %,milkosti tish toshida 0.1 % miqdorda bo’ladi.
Tish toshida oqsillar kalsiy pretsipitlovchi xossaga ega bo’lib, glikl va fosfoproteidlardir. Ularning uglevod qismi galaktoza, fruktoza, maltoza, dan iborat bo’lib, nisbati 6:3:1.Aminokislota tarkibining asosiy xususiyati shundaki, tish toshlarida siklik aminokislotalar uchramaydi.
GFLlipidlar tish karashlari mikroorganizmlari tomonidan sintezlanadi. Ca ni oqsil bilan bog’lash xossasiga va GAP ni shakllantirishni inisirlash xossasiga ega. Tish toshlarida ATF saqlanadi,u fosforoorganik moddalarni minerilizatsiya natijasida brulitdan TAP ga aylanishida donor, shuningdek, energiya manbasi ham hisoblanadi.
Brulit > ATF > Ortokalsiyfosfat > GAP
Download 25,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish