Fattohxon Mamadaliyev
(1923 – 1999)
O‘zbekiston xalq hofizi, mashhur xonanda,
mumtoz musiqa yo‘lida bir qator asarlar yaratgan
bastakor Fattohxon Mamadaliyev 1923-yili
Farg‘ona vodiysining Andijon viloyati Baliqchi
tumani Haqqulobod qishlog‘ida dehqon oilasida
tavallud topgan.
Bolalik chog‘laridan xalq musiqa ijrochiligiga
katta mehr qo‘ygan. Qishloqning madaniyat
uyi qoshidagi badiiy havaskorlik to‘garagida tanbur, dutor kabi
cholg‘ular ijrochiligini o‘rgana boshlaydi. Andijonlik mashhur
g‘ijjakchi sozanda Mo‘minjon Karimov unga nafaqat cholg‘u
ijrochiligi, balki xonandalik sirlarini ham o‘rgatadi. Ayniqsa, u o‘z
zamonasining keksa avlod hofizlarining ijrolariga katta e’tibor bilan
yondashadi va ularning ijro uslublarini hamda ijro repertuarlarini
o‘zlashtirishga harakat qiladi.
1
Р. Абдуллаев. Фольклор и профессиональная музыка устной тра-
диции. //История узбекской музыки.//
III том. – Т., 1991. C. 39.
107
U 1968-yili Andijon davlat pedagogika institutining tarix-
filologiya fakultetini muvaffaqiyatli tamomlaydi. Ijodiy faoliyatini
musiqa san’atining rivojiga bag‘ishlashga ahd qiladi.
Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Izboskan kabi tuman
madaniyat uylarida, Andijon davlat pedagogika institutida
havaskorlardan iborat «Maqomchilar ansambli» jamoalarini
tashkil qiladi. Faoliyati davomida ularga ustozlik va maslahatchi-
ko‘makdoshlik qilib turdi. Andijon shahar madaniyat uyi qoshida
tuzgan «Maqomchilar ansabli» bilan ijod qiladi. 1985-yildan
boshlab umrining oxirgi damlarigacha M. Ashrafiy nomidagi
Toshkent davlat konservatoriyasi (hozirda O‘zbekiston davlat
konservatoriyasi) Sharq musiqasi (keyinchalik An’anaviy ijro-
chilik) kafedrasida faoliyat olib boradi.
Mashhur hofiz an’anaviy xonandalik ixtisosligi bo‘yicha tala-
balarga qariyb o‘n besh yil davomida saboq berdi. Ushbu jamoada
dotsent, so‘ngra 1993-yildan professor lavozimlarida pedagogik
faoliyat olib boradi. Shu davr ichida bir qator iqtidorli xonandalar-
ni kamolot sari tarbiyalaydi. Maryam Sattorova (O‘zbekiston xalq
artisti), Soyib Niyozov (O‘zbekiston xalq hofizi), Abror Parpiyev
(Nihol mukofoti sovrindori) kabi taniqli san’atkorlar shular jumla-
sidandir.
F. Mamadaliyev an’anaviy xonandalikning ijrochilik mezonlari,
bastakorlik an’analari muammolari bilan qiziqib o‘rganib kelgan
va ularni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qilishga harakat qilgan.
Shulardan biri xalq mumtoz ijrochiligidagi hofizlar ovozi
xususiyatlarini o‘rganish va ilmiy mushohadalardir. Muallifning
ilmiy maqola tarzida bayon etilgan ishlari uning vafotidan so‘ng
«Musiqa ijrochiligi masalalari»
1
nomi bilan dunyo yuzini ko‘rdi.
1
F. Mamadaliyev. Milliy musiqa ijrochiligi masalalari. – T., 2001.
Mas’ul muharrir va nashrga tayyorlovchi s.f.n., professor R.Yunusov.
108
Musiqa ijrochiligi amaliyotida Fattohxon Mamadaliyev hofizlik,
ya’ni xonandalik bilan birga an’anaviy musiqa bastakorligiga ham
katta e’tibor bergan. Uning bastakorlik ijodida 4 uslub ustuvordir.
Jumladan: 1) qadimiy kuylarni qaytadan tiklash; 2) musiqiy
meros namunalarini yangicha uslubda talqin etish; 3) musiqiy
meros namunalaridan o‘rin olgan asarlarni turkumlashtirish;
4) bastakorlik ijodi (original asarlar). Ijodidagi ahamiyatli omil,
ishlangan va yaratilgan asarlar, bastakor uslubiga mos ekanligi
bilan xarakterlanadi. Jumladan, «Intizor» (Ulfatiy so‘zi), «Oqibat»,
«Sog‘indim», «Fa lak», «Mehmon», «Judo keldi» va «Yuzni hajri-
da» (Nodira so‘zlari), «Ahd qildim» (Muqimiy so‘zi), «Jononim
mening» (Hayratiy so‘zi), «Orzu» va «Dehqonlarim» (V. Sa’dullo
g‘azali), «So‘rmasa», «Ka lomingdan» va «Dilkusho» (H. Azimov
so‘zi), «O‘lmag‘ay» (Navoiy g‘azali), «Ko‘ngil» va «Sirri ishqim»
(X. Yahyoyev so‘zi), «Ra’no gullari» va «Sog‘inurman» (O. Xoldor
so‘zi) kabi ashulalarni misol qilish o‘rinlidir.
Bastakorning ijodidan o‘rin olgan asarlarning aksariyati maqom
yo‘llariga xosligi bilan xarakterlanadi. Barchasida shakl, usul, matn,
dramatik rivojlar aynan maqomlarga xosligini e’tirof etish lozim.
Shu bilan birga avj tizimiga katta e’tibor qaratilganligini ham qayd
etish mumkin. Bunga yorqin misol Ogahiyning «Dedi» radifli
g‘azaliga bastalagan «Dard-u dilim» ashulasidir. G‘azalda o‘ziga
xos muloqot mavjud:
Dard-u dilim ango dedim, dema ani mango dedi,
Kim manga oshiq o‘lsa, ul lozim erur ango dedi.
Bastakor ana shu muloqotga xos kuy yaratishga muvaffaq
bo‘lgan va bu ohang so‘z birgaligida go‘zal uyg‘unlikka erishgan.
Ashulaning originalligi va mavzuyi jihatdan o‘ziga xosligi boshlanish
ohanglaridan sezilib turadi. 24-misol:
109
Asar ikkita yirik avj bilan ijro etilgan, birinchi avjlar tizimi
ashulaning to‘liq shaklini ifodalab beradi. Bastakor unga yana bir
katta avjni qo‘shgan. Bu avj asarning yuqori cho‘qqisi va dramatik
kulminatsiyasi sifatida xizmat qiladi. Asarni ijro etish uchun katta
ovoz ko‘lami kerak bo‘ladi.
Fattohxon Mamadaliyevning bastakorlik ijodiyotidagi qadimiy
kuylarni qaytadan tiklash amalida «Umrzoq Polvon Ushshog‘i» va
«Zikri Ushshoq» (Qadimiy Ushshoq) kabi musiqiy namunalarni us-
tozlar talqiniga xos holda qayta ishlab tiklashga muvaffaq bo‘ladi.
Ushbu asarlar, ayniqsa, «Qadimiy Ushshoq» ijrochilik amaliyotida
keng ommalashdi.
Bastakorning musiqiy meros tarkibidagi asarlarni turkum-
lashtirish ham alohida e’tiborlidir. Bastakor tomonidan bir qator
musiqiy namunalar an’anaga mos holda turkumlashtirildi. Bular
sakkiz qismli «Miskin» musiqiy namunasi (Muqimiy, Sakko-
kiy, Furqat, Miskin, Ulfat va Turob To‘la she’rlariga), sakkiz
110
qismli «Ushshoq» namunalari (Uvaysiy, Furqat, Navoiy, Ogahiy,
Gavhariy g‘azallariga), to‘rt qismli «Nasrulloiy» turkumi (Navoiy,
F. Mamadaliyev va Ulfat she’rlariga). Ular «Shashmaqom»ning
ikkinchi guruh sho‘balariga xos va Farg‘ona-Toshkent maqom
yo‘llariga mos turkumlashuv tamoyillariga tayangan holda ijod
etilgan. Mazkur asarlarda birlamchi asosiy ko‘rinishlar keti-
dan zaruriy ravishda o‘rin olishi lozim bo‘lgan – Talqincha,
Qashg‘archa, Soqiynoma va Ufor tizimidagi kichik turkum-
ga xos asarlar kiritilgan. Bastakor tomonidan turkumlashtiril-
gan «Munojot» va «Savti Fattohxon» turkumlari esa nisbatan
ixcham shakl larga ega bo‘lib, faqat Alisher Navoiy g‘azallaridan
foydala nilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |