95
Komiljon Jabborovning mumtoz uslubdagi asarlari musiqa
ijodiyotining yorqin namunalari sifatida meros qatoridan o‘rin
olgan. U asari uchun qaysi shaklni tanlamasin, bastakorlik
uslubining xarakterli jihatlari negizida go‘zal ifodasini topganligini
kuzatish mumkin. Bastakor nafaqat mumtoz shoirlarning ijodiga,
balki zamondosh shoirlarning she’rlariga ham bir qator qo‘shiqlar
yaratishga muyassar bo‘lgan. «Birma-bir», «Ko‘rgim kelar»
(Turob To‘la), «Toza Lutf», «Shifokorlar», (Po‘lat Mo‘min), «Kel»
(E’tibor Oxunova), «Sevgi otashi» (E.Vohidov) qo‘shiqlari shular
jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: