Hoji Abdulaziz Abdurasulov
(1852–1936)
Hoji Abdulaziz Abdurasulov XIX asr
ikkinchi yarmi
– XX asr boshida yashab ijod
etgan o‘zbek bastakorlik san’atining yorqin
namoyandasi, betakror ovoz sohibi, xonanda va
sozanda, mumtoz yo‘nalishda bir qator asarlar
yaratgan bastakor. U Samarqandda tug‘ilgan.
Yoshligidan samarqandlik usta tanburchi
Hoji Rahimberdi qo‘lida tarbiya oladi. Xalq
yo‘llari, ayniqsa, «Shashmaqom» tarkibidagi cholg‘u va ashula
yo‘llarini qunt bilan o‘zlashtirib ijodiy barkamollikka yetishgan.
Hoji Abdulaziz Abdurasulov dutor va tanbur ijrochiligida faoliyat
olib borgan. Ayniqsa, dutor sozini mohirona cherta olgan va dutor
ijrochiligida o‘zining shaxsiy ijro uslubiga ega bo‘lgan. Uning ovozi
esa beqiyos tembrga, kuchli, shiddatli va eng muhimi, ta’sirchanlik
xususiyatlariga ega bo‘lgan. «Shashmaqom» ilmini u Buxoroda
mashhur san’atkor Ota Jaloldan o‘rganadi.
Faoliyati davomida u zamonasining zabardast san’atkori, mohir
sozanda, xonanda va beqiyos bastakori hamda bir qator taniqli
38
shogirdlar tarbiyalagan ustoz darajasigacha yetadi. Uning yarat-
gan «Guluzorim» (A. Navoiy g‘azaliga Amiriy muhammasi),
«Gullar bog‘i» (Nodira g‘azali), «Bebokcha» (A. Navoiy so‘zi),
«Bozurgoniy» (Fuzuliy g‘azaliga Vola muhammasi), «Samarqand
Ushshog‘i» (Zebuniso g‘azali) ashulalari mukammalligi, o‘ziga
xosligi bilan ajralib turadi. Bastakorning «Tarannum», «Sayli Qa-
landariy» kabi cholg‘u kuylari esa aynan dutor ijro yo‘llarining
yorqin namunasiga aylangan. Bastakorning yaratgan asarlari o‘zbek
musiqiy meros namunalariga aylanib, yosh avlodlar tomonidan
katta ishtiyoq va mehr bilan o‘zlashtirilib ijro etib kelinayotgan-
ligini e’tirof etish lozim.
Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqa bilimining o‘ziga xosligi,
uning ijodidan o‘rin olgan asarlarida aks etgan. O‘zbek musiqa
merosining qaysi janri yoki qaysi mahalliy uslubidan ta’sirlansa,
ularga xos asarlar yaratishga erishgan. Uning «Bebokcha» asari
Farg‘ona vodiysining yo‘nalishiga xos bo‘lsa, «Bozurgoniy»
asari xorazmcha ohang-u sayqallarga boy, «Qurbon o‘zlan»
Ozarbayjon mug‘omi uslubi asosida, «Guluzorim» esa haqiqiy
Samarqand vohasining ijro an’analarini o‘zida jo etganligi bilan
qadrlidir.
«Guluzorim» ashulasining shakli va rivojlanish tizimi maqom
yo‘llariga xosdir. Buni biz kuy tuzilishi, lad va usul tizimida
ko‘rishimiz mumkin. Asar maqomlarga xos (re) miksolidiy ladida
yozilgan. O‘lchov-ritmik asosi esa 3/4 o‘lchovidagi mumtoz
usulga asoslagan. Usulning o‘zi asarga ko‘tarinkilik baxsh etadi.
Ehtiros va joziba nuqtayi nazaridan asarning sur’atiga qarab ba-
dihaviy yondashish imkoniyatlari mavjudligini qayd etish mum-
kin.
Asarning daromad qismida maqom ashula yo‘llariga xos
barcha asosiy jihatlarga asoslanganligi namoyon. Asarda mavzusi
ko‘rinishida, bastakorning xalqona uslubga xos original ohang
yaratganligini ko‘rish mumkin. 1-misol:
39
Asarda shakliy bosqichma-bosqich rivojlanish tamoyili ham
saqlangan va eng muhimi, bastakor maqom ijodkorlarining
an’analariga xos avj tizimini qo‘llagan. Unda nihoyatda zargarona
uslubda «Zebo Pari» avji qo‘llanilganligining guvohi bo‘lamiz.
Bastakor maqom an’analarini mumtoz ashula ijodiyotida erkin
qo‘llash mumkin ekanligi ustalik bilan ko‘rsatib o‘tgan. 2-misol:
40
Do'stlaringiz bilan baham: |