Faxriddin Sodiqov
(1914–1977)
Ustoz san’atkor, mohir sozanda va bastakor
Faxriddin Sodiqov 1914-yilning 13-may kuni
Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan dutor
va chang cholg‘u ijrochiligi sirlarini o‘rgangan.
Ustozlari Nug‘mon qori Mo‘minzoda va
Abdusoat Vahobovlar bo‘lishgan. Toshkent
musiqa texnikumida tahsil olib, uni 1933-
yili tugatgan. O‘zining ijrochilik faoliyatini
1930-yillardan boshlagan. Ijrochilik faoliyatini
avvaliga to‘garak rahbari, so‘ng yakkanavoz,
ansambl sozandasi sifatida olib boradi. 1931–1935-yillar davomida
96
O‘zbek davlat musiqali teatrida, 1935–1938-yillarda O‘zbekiston
davlat filarmoniyasida sozanda bo‘lib ishlaydi. 1939-yili Lutfixonim
Sarimsoqova va Yunus Rajabiylar rahnamoligida dutorchilar
ansamblida faoliyat yuritadi. 1942–1945-yillarda Gavhar Rahimo-
va rahbarligidagi konsert brigadasida musiqa rahbari lavozimida
ishlaydi. 1946–1952-yillarda Toshkent davlat konservatoriyasida
chang sinfi bo‘yicha saboq oladi.
Faxriddin Sodiqov musiqa merosi sir-u sinoatlarini yaxshi
idroklash zaminida, musiqa ijodiyotiga ham qadam qo‘yadi. Ijodiy
jamoalarda faoliyat olib borish jarayonida uning ilk bastakorlik
amallari yuzaga keladi. Faxriddin Sodiqov juda zehni o‘tkir, zukko
sozanda bo‘lgan. Xonandalarning ichki tabiati, ovoz imkoniyatlari
va ijrochilik tajribalari negizida xonandaga mos asarlar yaratishga
muvaffaq bo‘ladi.
F. Sodiqov 1947–1953, 1957–1961-yillarda O‘zbekiston Ra-
diokomiteti xalq cholg‘u ansamblida changchi, 1953–1957-yillarda
O‘zbek estrada ansambli, 1961-yildan O‘zbekiston radiosi qoshidagi
maqom ansamblida musiqa rahbari sifatida ishlaydi.
Ijrochilik va bastakorlik ijodini Faxriddin Sodiqov 1972-yildan
boshlab pedagogik faoliyat bilan birga olib boradi. U Toshkent
davlat konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan «Sharq musiqasi»
kafedrasida ish boshlaydi. Ushbu dargohda u chang, dutor cholg‘ulari
hamda maqom ansambli bo‘yicha talabalarga maqom ijrochilik
san’atidan saboq beradi.
Faxriddin Sodiqov bastakor sifatida zamonasining ilg‘or
bastakorlari va kompozitorlari bilan yaqindan ijodiy hamkorlik
qiladi. U kompozitorlar B. Giyenko bilan «Ota o‘g‘li» (H. Sharipov
pyesasi), S. Hayitboyev bilan «Sulton larzada» (V. Sa’dulla pyesasi)
kabi musiqali dramalar, bastakor G‘. Toshmatov bilan hamkorlikda
«Yangi Toshkent» syuitasi kabi yirik musiqa asarlarini yaratdi.
Faxriddin Sodiqov, avvalo, zabardast bastakordir. Uning ijodida
qo‘shiq janri alohida o‘rin tutadi. Qo‘shiqlarining aksariyati xalqona
97
uslubda, qo‘shiq, ashula va yalla shakllarida yozilgan. Bular: «Yurgil
lola sayliga», «Jonim tasadduq», «Zuhraga», «Parvonasiman»,
«Vafodor», «Loaqal», «Ulug‘ ayyom», «Ishq», «Jonon ko‘rinur»,
«Savti miskin», «Sog‘inish», «Qora ko‘z», «O‘zbekistonim
mening», «O‘zbek valsi», «O‘zbekiston», «Favvora», «Turnalar»,
«Zulayho bo‘lsang», «Subhidam», «Yangi yil taronasi», «Kechar
yillar», «Ona», «Bir go‘zal», «Shirmonoy», «O‘yna gulim»,
«Baxt», «Hayosini ko‘ring», «Zebixon», «Zulfing», «Suvchi qizga»,
«Shodiyona», «Ishqim tushdi yor-yor», «Guliston qil», «Oydin
kechada», «Tushmasin», «Farzand quvonchi», «Saodatim», «Gul
ishqi», «To‘yona», «Paxtakor ayol», «Barno yigit» va boshqalar.
Qayd etish joizki, musiqa merosimizdan o‘rin olgan musiqiy
namunalar avlodlar e’tirofiga sazovor bo‘lishi lozim. Shundagina
yaratilgan asar avlodlar tomonidan qayta-qayta davom ettiriladi.
Faxriddin Sodiqovning ijodiy namunalari ham ana shunday originallik
xususiyatiga egaligi bilan mumtoz musiqa merosimiz xazinasidan
o‘rin olishga muyassar bo‘ldi. Buning ijobatini biz hozirgi zamon
yosh avlod xonandalarining bastakor merosiga befarq emasligida va
uning asarlari o‘z an’anasini saqlagan holda, zamonaviy talqinlar
bilan rivojlanib borayotganlida ko‘ramiz.
Faxriddin Sodiqov o‘zining sozandalik faoliyati va bastakorlik
ijodi bilan o‘zbek musiqa san’atiga ulkan hissa qo‘shdi. Ijrochilik
amaliyotida esa har tomonlama mukammal, milliy an’analar
bilan sug‘orilgan o‘ziga xos betakror ijro uslubini yaratdi. Uning
yaratgan asarlarining o‘ziga xosligi, ushbu uslubga mosligidadir.
O‘zbek bastakorlik ijodiyotida shu davrda yaratilgan musiqiy
namunalar orasida Faxriddin Sodiqovning asarlari alohida ajralib
turadi. Ijrochilik amaliyotida zamonga moslashib kelayotgan asarlar
qatoridan o‘rin olib kelmoqda.
Musiqa ijrochilik amaliyotida keng ommalashgan «Ko‘rsatmagan»,
«Bir go‘zal bordir», «So‘lim bahor», «Ey, sohibi dil», «Ey,
chehrasi tobonim», «Zulayho bo‘lsang» kabi bastakorning asarlari
98
yuqorida zikr etgan fikrimizning dalilidir. Har bir asar o‘ziga xos
shakl, mazmun va jozibaga ega bo‘lishi bilan birga bastakorning
tub uslubini namoyon etib turadi. Bu omil har bir asarning asosiy
mavzusining o‘zida va talqinida ko‘rinib turadi. Jumladan, «Bir
go‘zal bordir» qo‘shig‘i. 19-misol:
Do'stlaringiz bilan baham: |