3. AmirTemurning yurishlarda qo`llagan harbiy usullari va ko`rsatgan jasoratlari.
Yurishga jo`nashdan oldin Temurbek arkoni davlat vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog`da ulusning turli viloyat va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qo`shin to`plash uchun maxsus buyrak-tunqal e`lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qo`mondonning ad`yutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan etkazilgan. Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari qo`shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi o`rni, jangovar tartib-yasolni hamda bir joydan ikkinchi joyga ko`chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi.
Ibn Arabshoxning yozishiga ko`ra, Temurbek Dashti Qipchoqqa qilingan yurish (1390-1391) oldidan qo`shinni bir yilga etadigan oziq-ovqat, qurol-yarog`, kiyim-kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta`minlashni o`z noiblariga buyurgan. Har bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o`q, bir sadoq, bir qalqon va bitta qo`shimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida har o`n jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir o`roq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan,har bir jangchining shuningdek, yarim man og`irligida arqon, bir dona pishiq teri va bitta qozon olib kelishi lozim bo`lgan14.
Safar chog`ida oddiy askarlarning har o`n sakkiztasiga bitta chodir berilgan. Har bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, qilich, juvoldiz, qop, o`nta nina, arra va teri xaltaga (chanach) ega bo`lgan15.
Sohibqiron yurishga jo`nashdan ancha avval yog`ining qurolli kuchlari, mudofaa inshootlari, u erdagi ichki vaziyat kabilar haqida aniq va to`la ma`lumotga ega bo`lish maqsadida uning yurti yoki qarorgohiga o`z ayg`oqchi (xabargir, josus) larini peshma-pesh yuborib turgan. G`anim to`g`risida zarur ma`lumotlarga ega bo`lgandan so`nggina yurishga taraddud ko`rilgan. Bu xususda ibn arabshoh yozadi: «Temur tengi yo`q fe`l atvorli, chuqur mulohazali kishi bo`lib, uning tafakkur dengizining qa`ri yo`q va (uning) tadbiri tog`iga na tekisligu, na g`adir-budir orqali yo`l topilardi. U erlarning barcha tomonlarida o`z ayg`oqchilarini tarqatib, qolgan mulklarida esa josuslar qo`ygan edi. Ular (josuslar) jumlasidan, uning amaldorlaridan biri Amir Otlamish bo`lsa. yana biri faqih Mas`ud al-Quhoniy-u Temur devoni ashoblarining ko`zi edi. Josuslarning bunisi Qohirada, Muiziyada bo`lsa, unisi Damashqda, Shamiysoniyadagi so`fiylardan biri edi. Ularning biri chakanafurush bo`lsa, ikkinchisi yirik savdogar, badxulq polvon va hunarmand, munajjim va o`z tabiaticha ish qiladigan lar, gapchinoz qalandarlaru sayoq darveshlar. Zarofatli meshkoblar, latofatli etikdo`zlar, alvasti va xiylagar bo`lib, ular chor atrofda bo`layotgan hodisalar va ularning xabarlarini Temurga etkazib, o`zlari afzal ko`rgan ishlarini unga bayon etardilar. Ular vaznlar, narx-navolar to`g`risida unga zikr qilib, manzilu shaharlarni tavsiflardilar. Ularning tekis va notekis joylarining suvratini keltirib, uylari va diyorlari o`rinlarini chizib ko`rsatardilar, shular orasida u joylarning yaqin yoki uzoq, tor yoki kengligini ularning qaysi tevarak-atrofda, g`arb yoki sharqdami, shaharlar va qishloqlarning ismlarini, manzil va panohjoylar nomlarini, har joyning ahliyu boshliqlari, amirlari, ulug`lari, fozillari, shariflari, boylariyu faqirlarini, ularning hai birining ismi va laqabini, shuhrati va nasabini, ularning hunari va (ega bo`lgan) vositalarini (to`la-to`kis) bayon qilardilar. Natijada, Temur o`z fikri bilan shularni yaqqol ko`rib, tafakkuri vositasida o`z erlaridan xorij joylar ustidan ham tasarruf yuritardi»16.
Sohibqiron safar chog`i qo`shinni qiyin va o`tib bo`lmas joylardan boshlab boruvchi yo`lchi, ya`ni qajarchilarni mahalliy xalq ichida yollab olish masalasiga jiddiy yondashgan.
Safar arafasida Temurbek o`z pirlari va rahnamolari huzuriga sof ishonch hamda pok irodat bilan tashrif buyurib, ziyorat shartlarini bajo keltirgan. Muqaddas va muborak mozorlarni tavof qilgan. Mayib-majruhlarga, muhtoj va yo`qsillarga nazru sadaqalar ulashgan.
Sohibqiron o`ta tahlikali onlarda ham sarosimaga tushmas, hissiyotga berilmas, metinday mustahkam irodasi ikkilanishga, qat`iyatsizlik ko`rsatishga aslo yo`l qo`ymas edi. Biror marta ham mag`lubiyat («loy jangi» bundan istisno) alamini tortib ko`rmagan muzaffar qo`shin oliy bosh qo`mondonning har qanday og`ir va chigal vaziyatdan ham tadbirkorlik bilan chiqib ketishiga butun vujudi bilan ishonar. Shuning uchun g`anim bilan faqat g`alabani ko`zlagan holda jon-jahdi bilan jang qilar edi.
Sohibqiron jang maydonini tanlashda bevosita ishtirok etgan. Janggohning tekis, keng va qo`shin qismlarini joylashtirishga qulay bo`lishi talab qilingan. Ayniqsa, ma`rakagohning ichimlik suv manba`iga yaqin bo`lishi hamda razm vaqtida quyosh nurining jangchilar ko`ziga tushmasligi maqsadga muvofiq hisoblangan.11
Yirik muhorabalar paytida dastasi uchiga mahcha-yarim oy shakli qadalgan jangovar bayroq va tug`lar bilan bezatilgan oliy bosh qo`mondonning borgohi balandlikka tikilgan. U erdan qism va bo`linmalarning maydondagi harakati, jangning borishi Temurbek tomonidan kuzatib turilgan. Odatga ko`ra borgoh oldida harbiy orkestr askarlarni mardlikka rag`batlantiruvchi, ularning jangovar ruhini ko`taruvchi kuylarni tinimsiz chalib turgan.
Temurbek qo`shini zabt etilgan qal`a, shahar va viloyatlarni o`zboshimchalik bilan g`orat qilish huquqidan butunlay mahrum edi.
Sohibqiron janglarda mardlik va qahramonlik namunalari ko`rsatgan har qanday raqibini xurmat qilar, jangchilarini undan o`rnak olishga undar edi. Bunga tarix shohid.
Temur jahon harb san`ati tarixida birinchi bo`lib qo`shinni jang maydonida yeti qo`lga bo`lib joylashtirish tartibini joriy etdi.
Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og`ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo`lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug`ullanganlar, o`ta zarur chog`dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo`lgan.
Dubulg`a, zirih (sovut), qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan ta`minlangan og`ir qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, g`animning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasini hal etishda katta rol o`ynagan.
Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod qilish, g’anim tomonning yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo’lgan shaharlariga qo’qqisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa, lashkarboshilarini hibsga olish, qal`a va qo’rg’onlarni uzoq muddat davomida muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning qishloq, shahar, tuman, viloyatlarini birin-ketin fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga qadar ta`qib qilish. Fath bo’lgan yurtlarni boshqarish uchun o’zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarini ko’zlab ish yuritish Temurbekka ko’plab zafarlar olib keldi.
Taktika jihatdan Temurbek armiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Qo’shinning yasoli qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, CHingiziylar qo’shini jangovar tartibdan farqli o’laroq, etti qism-qo’lga ajratilgan, razvedka a`lo darajada yo’lga qo’yilgan, qismlarning jang maydonida hamda yurish vaqtida talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida operativ boshqarishga alohida katta e`tibor qaratilgan. Temurbek o’nlik, yuzlik, minglik hamda tuman qo’mondonlarini tanlash masalasiga bevosita ega bo’lgan qo’mondonlarning to’g’ri tanlaganligi va o’z joyiga qo’yilganligi aksar hollarda jang natijasining muvaffaqiyatli yakunlanishiga sezilarli ta`sir ko’rsatgan.
Sohibqironning harb san`ati rivojiga qo’shgan ulkan xizmatlaridan yana biri-qo’shin qanotlarini jang chog’ida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha g’anim kuchlarini yon tomondan aylanib o’tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism-kunbulning joriy etilishidir. Bunday mutlaqo yangi harbiy qism, tarixning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudvig XIV, Buyuk Fridrix, CHingizxon kabi dongdor sarkardalar qo’shinida bo’lmagan. Faqat XIX asrning atoqli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida qo’shin qanotlarini himoyalovchi qism mavjudligini kuzatish mumkin. Harbiy mutaxassislarning, Napoleon Sharq mamlakatlariga harbiy safar qilishdan avval Temurbek armiyasi tuzilishini, uning jang olib borish yo’l-yo’riqlarini sinchiklab o’rgangan, zarur topgan taktik usullarni o’zlashtirgan degan mulohazasi, har qalay, haqiqatdan yiroq emas.
Xo’sh, turk-mo’g’ul xalqlari armiyasining besh qismdan iborat an`anaviy jangovar tartibiga o’zgartirish qachon kiritildi, ya`ni yasolni etti qismga bo’lishga sohibqironni qanday zaruriyat majbur etdi, degan savolning tug’ilishi tabiiy.
Ushbu savolga qoniqarli javob olish uchun Temurbekning Balx hokimi amir Xusayn (1370 yili o’ldirilgan) bilan ittfoqda 1365 yili Jata (Mo’g’uliston) xoni Ilyosxo’jaga qarshi qilgan, tarixga «loy jangi» nomi bilan kirgan muhorabada ittifoqdoshlar cherigi qanday yasolda joylashganligini kuzatish kerik bo’ladi.
Tarixiy manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va engil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan engil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilikchilik bilan shug’ullangan, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.
Yurishga jo’nashdan oldin Temurbek arkoni davlat vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog’da ulusning turli viloyat va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qo’shin to’plash uchun maxsus buyrak-tunqal e`lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qo’mondonning ad`yutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan etkazilgan. Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari qo’shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi o’rni, jangovar tartib-yasolni hamda bir joydan ikkinchi joyga ko’chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |