Xitoyga yurishining boshlanishi. Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning O’trorda vafoti (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avval sir tutilsada, ammo ko’p vaqt o’tmay bu noxush xabar mamlakat bo’ylab tarqalib ketadi.Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelib dafn qilinadi.
Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu-jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning faoliayti qo’yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo’lida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo’lgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliayti O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo’lida shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichki kuchlarini va mo’g’ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo’hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi.
Amir Temur so’zlariga binoan siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bo’lgan yerda qurol bilan harakat qilish noto’g’ridir. Urush boshlashdan avval dushman qo’shinlarining qurol ishlatish usullarini o’rganish, hujum va chekinish uchun qulay yo’llarni bilib olish, dushman qo’shinining ruhiyatiga hamda ularning hokimlari valashkarboshilari fazilatlariga ta’sir etish vositalarini topish kerak. Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Biror davlatda zolimlik, zo’ravonlik, jabr-zulm kuchli bo’lsa, Amir Temur fikricha, har bir adolatli hukmdor bunday zo’ravon davlatga qarshi urush e’lon qilishi kerak va bunday sharoitda Tangrining o’zi unga madadkor bo’ladi.
Bosib olingan yerlarning kengayib borishi bilan Amir Temur qo’shinlari soni ham ortib boraverdi. Bosib olingan viloyatlardagi qurol ko’targan har bir kishi Amir Temur lashkariga qabul qilinar va amaliga qarab maosh olardi. Jasur jangchilarning farzandlariga ham nafaqa to’lanar, agarda ular jasorat ko’rsatsalar, yuqori mansablarga ko’tarilishlari ham mumkin edi. Dushman tomon qo’shinlari ham shu asosda xizmatga qabul qilinardilar.
I.A.Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarning markaziymaydonlarida Amir Temurga haykal o’rnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), “Amir Temur” ordeni ta’si etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg’armasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va she’riy hamda nasriy asarlar yaratildi.
XULOSA
Amir Temur to'g'risida yozilgan asarlar, ilmiy maqolalar juda ko'p. Lekin bizda hali ular to'g'risidagi jamiki adabiyotlarning, manbalarning puxta o'rganilgan tanqidiy chog'ishtirma tahlillari mavjud emasligi, Temurning vatani, u tuzgan davlat hududi bo'lmish O'rta Osiyoda hozirgacha chuqur ilmiy tahlil etilgan yoki keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan ilmiy asarlarning kamligi achinarli holatdir.
Temur tuzuklarida, davlat va huquq masalalari xususida, mukammal izlanishlar olib borilgan emas zdi. Amir Temur o`zbek davlatchiligi tarixida yorqin iz qoldirgan ulug' hukmdorlardan biri bo'lganligi, aynan ana shu shaxsning sa'y-harakatlari bilan XIV asrda siyosiy tarqoqlikni vujudga keltirgan chingiziylar istibdodiga barham berilgani, janubda Xitoy devori, Hindistongacha, g'arbda to O'rta Yer dengizigacha bo'lgan ulkan hududda markazlashgan davlat tuzgani, unda adolatli tartib va qonunchilik joriy etilgani ilk bor inson manfaatini himoya etishga qaratilgan konstitusiyaviy hujjat, «Tuzuklar» yaratilgani ilmiy-nazariy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Ammo yaqin yillargacha buni e`tirof etishning iloji bo'lmadi, sababi eski tuzum bunday katta ilmiy salohiyatga ega bo'lgan asarning yuzaga chiqishi o`zbek xalqining uyg'onishiga, o'zligini tanishiga turtki bo'lishidan juda cho'chir edi. G'arbda esa jahon tarixida o'z aksini topgan Temur shaxsining ulug'ligi va o'ziga xosligi haqida turli ma'lumot-nomalardan tortib monografik xarakterdagi umumlashgan asarlar paydo bo'ldi. Ammo ularda ham Amir Temur davlati va huquqi masalalari yetarli darajada yoritilmagan edi.
Amir Temur davri qonunchiligining mohiyati, uning markazida fuqaro va davlat turadi. Bu haqda taniqli olim Azamat Ziyo Amir Temur davrida «qonunchiliqda birinchi o'rinda fuqaro manfaati turgan» , deya yuksak baho beradi. Bu hamma zamonlar uchun ahamiyatli saboq. Zero, iqtisodiy jihatdan nochor davlat zaiflashib, yemirilib boradi. Iqtisodiy qudratni esa xalq yaratadi. Bunda adolatli qonunchilikning roli beqiyosdir. Amir Temur dahosining yorqin qirralaridan biri ham uning mazkur haqiqatni anglay bilganligi va amalda namoyon qila olganligi bilan o'lchanadi. Zero, kelajagi buyuk davlat qurayotgan ekanmiz, o'tmishning ma'naviy tamoyillari bizni adolatli yo'llardan yuksak taraqqiyotga olib borishi, shubhasiz.
Demak, Amir Temur tuzuklarining qadr-qimmati yuksak bo'lib, undagi siyosiy-huquqiy, qarashlar bugungi kunda mustaqil O'zbekiston davlatini boshqarishda dasturulamal bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Ushbu ishimiz doirasida tadqiq qilingan mavzu va reja asosida quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin:
1. Jahon va O`zbekiston davlati hamda huquqi tarixida XIV-XV asrlar Temur va Temuriylar davri alohida o'rin tutadi. Amir Temur ushbu davlatni tuzish va o'zining davlatchi-lik faoliyati bilan jahon xalqlari tarixi va sivilizasiyasiga ulkan hissa qo'shdiki, uni xalqaro ilmiy jamoatchilik ham tan olgan. Bularga qisqacha quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
a) U Markaziy Osiyoda Turk islom davlati va sivilizasiyasining yuksalishiga asos soldi (Hilьda Hukxyem). Markaziy Osiyo, Xuroson, Eron, Afg'oniston xalqlarini mo'g'ul bosqinchilaridan ozod qildi;
b) bu doiradagi siyosiy tarqoqlik va o'zaro nizolarga barham byerib, qudratli markazlashgan davlat tuzdi;
v) Rossiyaning mo'g'ullar istibdodidan qutulishiga yordam berdi;
g) G'arb va Sharqni bog'lab turuvchi xalqaro «Buyuk ipak yo'li»ni qayta tikladi va rivojlantirdi;
d) Movarounnnahrning shon-shuhratini dunyoga tanitdi, ilmu fan, hunarmandchilik, mye'morchilik, san'at va madaniyatni mislsiz darajada rivojlantirdi, ya'ni Temuriylar renessansi – Uyg'onishiga asos soldi;
ye) insoniyat taraqqiyotida davlatchilik tizimini yuqori pog'onaga ko'tardi, yangi qonunlar va tartib-qoidalarni joriy etdi.
yo) harbiy san'atni mukammallashtirdi.
2. Bugungi kunda O'zbekistonning dyemokratik huquqiy davlat qurish borasidagi konstituцiyaviy yo'li Temur va Temuriylar davlati timsolida ham o'zining tarixiy ildizlari-ga ega. «Davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to'ra-tuzukka bog'lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo'qoladi», deb mustahkamlab qo'yilishi bejiz emas.
3. Temur davlatining paydo bo'lishi, uning markazlashtiri-lishi, iqtisod, ilm-fanni rivojlantirish siyosati, Temuriylar Renyessansi tasodif emas, balki O`zbekiston xalqlarining o'sha davrdagi ichki rivojlanishi natijasidir. Bizning davlatchiligimiz asrlar mobaynida, xalqimizning yuksak ma'naviyat, adolatparvarlik, ma'rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta'limoti bilan uzviy ravishda rivojlanib kyeldi.
4. Amir Temur davlatiga huquqiy baho berib, uning boshqarish shakli, markazlashgan, yakka hokimlikning mutlaqlik darajasini aniqlashda musulmon davlati hamda uning boshlig'i haqidagi islom huquqiy qarashlaridan turib baholashimiz lozim. Bu qarashlarga ko'ra, so'z umuman «davlat» to'g'risida emas «imomat» va «xalifalik» to'g'risida borib, ularda: davlat boshlig'ining Qur'on oyatlari va Rasululloh (s.a.v.) hadislarini bajarish, ruhoniylar va yuqori tabaqalar bilan kyelishib qarorlar qabul qilish, maslahatlashish, raiyat ahvolidan xabar olib turish, qonunchilik hokimiyatida qatnashmasligidan kelib chiqib, hokimiyat mutlaq emas deb hisoblanadi. Amir Temurning musulmon davlati boshlig'i sifatidagi o'ziga xosligi shundan iborat bo'lganki, u qonun chiqarish hokimiyatida ham ishtirok etgan. «Tuzuklar»ni yaratib, shu bilan ham o'z davlatini yuqori pog'onaga ko'targan. Shularga asoslanib, uning davlatini o'ziga xos sharqona, mutlaq monarxiya davlati deb baholash mumkin.
5. Temur tuzuklarining «davlatni boshqarish uchun bir qo'llanma» tarzida yaratilishida uning pirlari Zaynuddin Toyobodiy, Shayx Shamsiddin Kulol, Mir Sayid Barakalarning pand-nasihatlari bitilgan xatlari ham, yo'l-yo'riqlari ham katta o'rin tutadi. Shu jihatdan olib qaraganda Temur tuzuklarining yaratilishi tabiiy bir hol edi.
6. Sobiq Sovyetlar davrida yuqorida nomlari keltirilgan tarixchilar, haqiqiy tarixiy jarayondan ko'z yumib, Temur tuzuklarini qalbaki, kompilyativ, Hindistonda yozilgan asar deb past nazar bilan qarab keldilar. Tarixiy manbalar qadimiy turkiy davlatlarda og'zaki va yozma qonunnomalar bo'lganligini, xususan, Xitoy manbalari Samarqandda (Kan ibodatxonasi) jinoyat va jazo to'g'risidagi Turk qonunnomasi saqlanganligini yozadi, ya'ni avvalgi davlatchilik ham shunga o'xshash huquqiy qo'llanmalarga ega bo'lgan.
«Temurning o'zi tiniq va ochiq turk shevasida yozar edi. Bu yerda zikr qilingan «Tuzukot» fikrimizni isbot etadir». Shuning uchun ham Temur tuzuklarining yaratilishi tarixiy tasodif emas. Temur tuzuklari Amir Temurning devonxonasida Amir Temur ishtirokida yaratilgan haqiqiy, tarixiy yuridik manbadir.
7. Amir Temur tuzuklarini tarixiy-huquqiy jihatdan tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, eng avvalo, unda «kengashdim», «amr qildim», «hukm qildim» iboralari ko'p uchrashi uning huquqiy xarakterini ochib beradi. Unda davlat, fuqarolik, moliya, jinoyat-prosessual va boshqa huquq tarmoqlari bo'yicha normalar mavjud, davlat va armiyaning tashkiliy tamoyillari o'z ifodasini topgan. Shuning uchun D.N.Logofyet tomonidan aytilgan, «Turkistonda huquqiy davlat va Konstitusion Kodyeks (qonunlar to'plami) Yevropadan 500-600 yillar oddin paydo bo'lgan» dyegan fikrni to'g'ri deb bilamiz. Temur tuzuklari markazlashgan davlatning o'ziga xos Konstitusiyasi-dan iborat Asosiy Qonuni – qo'llanmasi edi.
8. Temur tuzuklari tahlil etilganda, shu holat yaqqol ko'zga tashlanadiki, unda davlat va armiyaning tashkiliy tamoyillari, qonun-qoidalari, ko'pincha 12,4 qoida-tamoyillar orqali ifoda etiladi. Bunday raqamlar tasodif emas, o`zbek davlatchiligida ilgari ham bo'lgan, «Tuzuklar»da rivojlantirilgan har bir guruh raqamlarining ostida yoki odat (to'ra), yoki huquq (tuzuk), yoki ma'lum bir falsafiy qarashlar tizimi yotadi. Masalan: to'rt tamoyil asosida tabiat asosidagi to'rt unsur – «chorvaka», ya'ni yer, suv, o't, havo bular barcha taraqqiyot va o'zgarishning asosidir dyegan falsafiy qarashlar ifodalanadi. Bunday raqamlar bilan ifoda etishni Temur tuzuklaridan keyingi davrda ham, masalan, Mirzo Bodi Dyevonning «Majma al-arqam» kitobida davlat mansablarining to'rt qoida asosida to'rtga bo'linishida ko'rish mumkin.
9. «Tuzuklar»da davlat mansablari, davlat xizmati, ularni tashkil qilish ular o'rtasidagi huquqiy munosabatlar faqat yuridik jihatdangina emas, axloqiy jihatdan ham e'tiborga molikdir. Shuning uchun «Tuzuklar»ning axloqiy qadriyatlarga oid qoidalarini yuridik fakulьtyetlarida o'tiladigan maxsus kurs, yuristning kasbiy etikasi darslarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
10. Temur tuzuklari tarixiy manba sifatida bizga olti yuz yillik tarixiy dovon orqali turli tarjimalar va nusxalarda yetib kelgan. Shuning uchun ham uning ba'zi bir nusxalarida noaniqliklar bo'lishi tabiiy. Jumladan, undagi «o'zbeklar» atamasi ko'plab bahslarga sababchi. Olib borgan tadqiqotlari-miz shuni ko'rsatadiki, «Tuzuklar»da kyeltirilgan «o'zbeklar», «o`zbekiya» atamalari Tug'luq Temurxon davrida musulmonlikni qabul qilib, qisman o'troqlashgan va keyinchalik Jyeta qo'shinlari tarkibida Movarounnahrga kelgan turli turk-mo'g'ul urug' va qabilalardan iborat, «o'zbeklar» atamasi «Tuzuklar»da ana shularga nisbatan qo'llanilgan.
11. «Temur tuzuklari» nashrlarining ba'zilari hajm bo'yicha kichik, ba'zilari keng, ba'zilari to'liq tarjima etilmagan. Fikrimizcha, Temur tuzuklarini chuqur o'rganish uchun sharqshunos va tarixchi olimlarimiz «Tuzuklar»ning o'zbek tilidagi barcha tarjimalarini nashr ettirib, ularning bizgacha yetib kelgan dastlabki forsiy tildagi nusxasi bilan qiyoslab, uning yagona ilmiy, tanqidiy matnini yaratsalar, tarixiy-huquqiy tadqiqot esa ana shu matn asosida o'tkazilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lur edi. Shuning uchun ushbu mavzuni kelgusida yanada atroflicha tadqiq etish lozim deb hisoblaymiz.
Ijtimoiy adolat va haqiqat qadriyati Amir Temur ma'naviy salohiyatida o'ta muhim o'rin tutgan. «Kuch adolatdadir» shiori bu byenazir davlat arbobining ijtimoiy faoliyatida, siyosatida ma'naviy myezon bo'lib xizmat qilgan.
Amir Temur tomonidan yozib qoldirilgan «Tuzuklar» Boburiylar ulkan impyeriyasining huquqiy poydyevorini ham tashkil etib, davlat va huquqimiz rivojiga undan keyingi davrlarda ham katta ta'sir ko'rsatdi. Biz davlatchilik va huquqiy myerosimizni yanada chuqur o'rganish, uni qadrlash va undan foydalanishga yanada e'tiborni kuchaytirishimiz lozim.
12. Tuzuklarning nusxa va tarjimalarining ko'p bo'lishi jahon kutubxonalarida keng tarqalganligi, albatta, yaxshi, ammo shu bilan birga ularning qaysi biri asl nusxaga yaqinligi, qaysisiga qo'shimchalar kiritilganligini aniqlash muammosi ham bor. Biz ilgari ilmiy ishlarimizda aytilgan «Qissai Temur» («Malfuzoti Temuriy»)ning hajmiga ko'ra Tuzuklarning to'la nusxasi bo'lsa kerak, degan fikrni qo'llab- quvvatlagan edik. Hozirda Habibullo Karomatov, Ubaydulla Uvatovlarning maqola va tarjimalariga tayangan holda, ushbu tarixiy yuridik manbaning turli hajmidagi nusxalarini ikki guruhga bo'lib o'rganish mumkin, deb hisoblaymiz.
13. Birinchi guruh nusxalarining asosi Abu Tolib al Husayniy at Turbatiy asl turkiy nusxadan ilk bor fors tiliga o'girgan, Hindistonda yashagan ingliz ofiseri mayor M. Devi 1779 yili Angliyaga olib kyelgan, mayor Uayt uning forscha matnini nashrga tayyorlagan. M.Devi esa inglizchaga o'girib, 1783 yili Oksfordda nashr etilgan nusxasi aynan huquqshunoslar tasavvuridagi «Temur tuzuklari» nomi bilan keng tarqalgan nusxa bo'lsa kerak. Tuzuklarning huquqiy qoidalarni anglatuvchi nomiga, ya'ni Buyuk davlat arbobi Amir Temurning davlatni boshqarish faoliyatidagi tajribalari asosida chiqarilgan xulosalar, qoidalar to'plami va hukmlari degan mazmuniga Alixon To'ra Sog'uniy va H. Karomatovlar o`zbek tiliga qilgan tarjima mos kyeladi.
14. Ikkinchi guruh nusxalar Boburiy sultonlardan biri Shoh Jahonning topshirig'iga ko'ra, Muhammad Hifz (Afzal) Buxoriy tomonidan Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»-si asosida to'ldirilib, qayta ishlangan va uning asosida tarjima qilinib nashr etilgan, «Temur qissasi», «Qissai Temur», «Malfuzoti Temuriy», «Voqeoti Temuriy» nomlari bilan keng tarqalgan nusxalar bo'lsa kerak, deb hisoblaymiz. Bu boradagi keyingi tadqiqotlar ushbu masalalarga, albatta, oydinlik kiritadi
Do'stlaringiz bilan baham: |