Sohaviy, lingvistik va ensiklopedik lug’atlarning qiyosiy tahlili X. R. Ergasheva



Download 23,97 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2022
Hajmi23,97 Kb.
#349777
1   2   3
Bog'liq
Sohaviy, lingvistik va ensiklopedik lug’atlarning qiyosiy tahlil

Abstract. This article presents the role of specific dictionaries in the modern lexicography, their special peculiarities, their similarities and differences between linguistic and encyclopaedic dictionaries.

Kalit so’zlar:atama, lug’atshunoslik, ensiklopediya, lingvistik lug’at, leksema;

Ilm-fan rivoji va zamonaviy texnologiyalarning taraqqiy etishi natijasida turli sohalarda yangi atama va leksemalar ko’lami kengayib paydo bo’ldi. Buning natijasi o’laroq, zamonaviy lug’atshunoslikda sohaviy lug’atlar tuzish samaradorligiga ehti-yoj ortib, zamonaviy tilshunoslikda ushbu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarga bo’lgan talab sezilarli darajada ortdi.

Sohaviy lug’at tuzish bo’yicha mamlakatimizning ko’plab tilshunoslari tomonidan keng ko’lamli ishlar olib borilib, bir necha sohalarda qo’llab keli-nalayotgan lug’atlar tuzildi. Bularga misol tariqasida J.Hasanboyev, X.To’-raqulov, M.Haydarov va O.Hasanboyeva tomonidan tuzilgan ’’Pedagogika fanidan izohli lug’at’’ va E.Nazirov va D.Nazirov tomonidan tuzilgan ’’Yarim o’tkazgichlar fizikasi lug’ati’’ni keltirishimiz mumkin.

Shu o’rinda, sohaviy lug’atlar tushunchasiga to’xtalib, uning lingvistik va en-siklopedik lug’atlar bilan o’xshash va farqli jihatlarini tahlil qilamiz. Sohaviy lu-g’atlar ’’maxsus lug’atlar’’ va ’’atamalar lug’ati’’ kabi nomlar bilan ham ishla-tiladi. Xususan, M.Irisqulov o’zining ’’Tilshunoslikka kirish’’ kitobida ularni ’’maxsus lu-g’atlar’’ deb atab, ularga shunday ta’rif beradi:’’Bu lug’atlar fan va texnikaning ma’lum bir yo’nalishiga, tarmog’iga bag’ishlangan bo’lib, u ham izohli ham tarjima lug’ati bo’lishi mumkin.1’’ Ushbu izohdan ko’rinib turibdiki, sohaviy lug’atlar o’z o’rnida ikki xil turga bo’linadi. Biri bir til ichidagi ma’lum bir tarmoqqa doir so’z-larga berilgan ta’riflarni o’z ichiga olsa, ikkinchi turiga bir tildagi sohaviy ata-malarning boshqa bir yoki bir necha tillardagi tarjimasidan tashkil topgan lug’at-lar-dir. Yuqorida keltirilgan sohaviy lug’atlar birinchi turga misol bo’lsa, sohaviy tar-jima lug’atlariga B.Alixonov va S. Samolyovning ’’O’zbekcha-ruscha-inglizcha ekologik izohli lug’ati’’ misol bo’la oladi. N.Rasulova esa sohaviy lug’atlarni tar-moq lug’atlar deb atab, ularni shunday izohlaydi:’’Ma’lum bir tarmoqqa dori so’z-larnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug’atlar tarmoq lug’at hisoblanadi.2’’

Sohaviy lug’atlar ensiklopedik va lingvistik lug’atlarning kichik ko’rinishi bo’lsa-da, ulardan farqli jihatlari ham yetarlicha. Ensiklopedik lug’atlar biror bir millat orasidagi tushunchalar bo’yicha umumiy ma’lumotlarni, yoki biror bir soha-ning ichidagi barcha leksema va frazemalarning keng ko’lamli izohini keltirib o’tadi. Ensiklopedik lug’atlarda so’zlarning etimologik tahlili bilan birgalikda uning kelib chiqish tarixini, masalan, kimdir tomonidan yaratilgan bo’lsa, yaratuvchisi, yara-tilish vaqti va sharoiti haqida ham ma’lumot berib o’tadi. Sohaviy lug’atlar esa nis-batan torroq tushuncha bo’lib, odatda, katta sohalarni kichik tarmoqlarga ajratgan holda, o’sha tarmoqdagi so’zlarni ta’riflaydi. Bunda, ensiklopedik lug’atlar kabi so’z haqidagi barcha ma’lumotlarni jamlamasdan, tushunchaning o’zini izohlashga e’ti-bor qaratilgan bo’ladi.

Lingvistik izohli lug’atlar esa, o’zida leksemalarning atash ma’nosidan tash-qari, lingvistik tahlilini (qaysi so’z turkumiga tegishli ekanligi kabi), qaysi tildan ke-lib chiqqanligi, ushbu so’zdan tashkil topadigan iboralarning leksik ma’nosini, shu-ningdek, so’zlarning ko’pma’nolilik va shakldoshlik jihatlarini va so’z ishtirok etgan gaplardan namunalarni ham o’z ichiga oladi. Sohaviy lug’atlar esa soddaroq tuzil-gan bo’lib, asosiy maqsadi atamalar haqida soha vakillari va foydalanuvchilarga tu-shunarli ma’lumot yetkazishdan iborat. Quyida, ensiklopedik, lingvistik va sohaviy lug’atlarning o’xshashlik va farqli tomonlari yanada tushunarli bo’lishi uchun ’’annotatsiya’’ so’zining ushbu uch turdagi lug’atlardagi ta’riflarini keltirib o’tamiz.

’’Annotatsiya(lot.annotatio – mulohaza, qayd; eslatma) Kitob, maqola va sh.k.ning mazmuni, ahamiyati haqidagi qisqacha ma’lumot, qisqacha ta’rif. Kitob annotatsiyasi. Annotatsiya yozmoq.3’’

’’Annotatsiya(lot. annotation - qayd) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qo’l-yoz-ma mundarijasini, g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini va b. jihatlarini ochib beradi. A.ni, kitobning o’zida, bibliografik ko’rsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi o’quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo’lyozma to’g’-risida umumiy tasavvur tug’dirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam ko’r-satishdir.4’’

’’Annotatsiya – kitob, qo’llanma va shu kabilarning ahamiyati, mazmuni haqida qisqacha ma’lumot.5’’

Izlanishlar natijasi o’laroq, shuni aytishimiz mumkinki, sohaviy lug’atlar tuzish faqatgina leksikografiya sohasida foyda berib qolmay, foydalanuvchilarga turli soha va yo’nalishlarda uchraydigan atamalarni yaxshiroq tushunish uchun ham qo’l ke-ladi. Shuningdek, keltirilgan misollar orqali sohaviy lug’atlarlarning lingvistik va ensiklopedik lug’atlar bilan o’xshash va farqli jihatlari bo’yicha asosiy tushunchaga ega bo’lish mumkin.




Download 23,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish