Topshiriqlar
1
-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni faol va passiv so‘zlarga ajrating.
Yer, quyosh, odam, bashar, chaqmoq, uy, yo‘l, dinozavr, uzoq, imlo, g‘azal,
koinot, ayol, odob, daryo, rejalashtirish, tabib, jadallashtirish, ekmoq, olim,
magistratura, bakalavr, zilzila, toshqin, kuldi, sun’iy, agrotexnika, iste’mol,
yig‘lamoq, yilnoma, yoqilg‘i, hafta, sut, qatiq, tovar.
2
- topshiriq. Arxaik so‘zlarga ma’no jihatidan muqobil zamonaviy so‘zlar
toping.
Yog‘iy, dubulg‘a, bitik, cherik, firqa, yovuq, pud, qadoq, etmak, handasa.
3
- topshiriq. So‘zlarning tarixiylik jihatidan qaysi qatlamga xosligini
aniqlang.
Qarol, feodal, rejissor, yulduz, tashabbus, Turkiston, rasadxona, ochilg‘on,
teleskop, kuyov, teatr, malay, san’at, dizayn, arbob, epizod, rutba, musofirxona,
mirshabxona, devon, milliy xavfsizlik, diplomatiya, aviasozlik, jumhuriyat, dukchi,
charx, mug‘anniy, ashula, fermer, kompyuter, cho‘pchak, musallas, nota, professor,
studiya, sanatsiya, asov, taqa, tarbiya, erk, ma’rifat, aravakash, mahliqo, qalandarlar,
rafiq, mushk-u anbar, faytun, mehmon, g‘oyibona, g‘anim.
4
- topshiriq. Quyidagi arxaik so‘zlarga ma’no jihatdan muqobil zamonaviy
so‘zlar toping.
Bitik, cherik, etmak, yog‘iy, dubulg‘a, firqa, yovuq, handasa, fasohat,
fiqh.
5
- topshiriq. A.Qahhorning «Jonfig‘on» hikoyasidan
olingan parchani o‘qib, eskirgan va zamonaviy so‘zlarni toping
va izohlang.
Malohatxon Jonfig‘on izvoshchilikdan haydalgan yili,
mahalladagi aktiv ayollarning himoyasi ostida, erining qarshiligiga
qaramay, rayon Sovetiga farrosh bo‘lib ishga kirgan ekan, o‘qibdi,
hademay savodi chiqibdi, bir yilbir yarim yildan keyin hatto
majlislarda dokladchiga: «O‘rtoq, Sizga savolim bor», deydigan
bo‘libdi. Rayon Sovetining shofyori Timchenko degan ayol uning
sog‘lomligiga, kuchiga, abjirligiga, ayniqsa, zehniga qoyil bo‘lib
yurar ekan, bir kuni uyga chaqirib, «sen shofyor bo‘lgin, nima
yordam kerak bo‘lsa beraman», debdi. Malohat ham shunday bir
narsani orzu qilib yurar ekan, darrov ko‘nibdi. Shundan keyin
Timchenko uni birmuncha vaqt shofyorlar kursiga tayyorlabdi,
oqibatda kirgizib ham qo‘yibdi. Jonfig‘on avvallari uning niyatiga,
o‘qishga «notovon ko‘ngil..., orzuga ayb yo‘q» degan nazar bilan
qarab yurar ekan, bir vaqt qarasaki, Malohat kursni bitirib, gruzovoy
minib yuribdi! Jonfig‘on bunga ham ko‘nikibdi — «ha, endi, minsa
minibdi-da,
shu ham martabami, mashinani o‘zi o‘ylab
chiqaribdimi» deb, o‘ziga tasalli beribdi, biroq Malohat ikki yilda
uch marta mukofotlanibdi. Jonfig‘on mukofotni o‘z gazi bilan
o‘lchagani uchun bunga ham uncha parvo qilmabdi.
Tayanch tushunchalar eski qatlam, yangi qatlam, arxaizmlar,
istorizmlar (eskirgan so‘zlar), neologizmlar (yangi paydo bo‘lgan
so‘zlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |