Leksikologiya
tilshunoslikning leksikani o'rganuvchi sohasidir. Tildagi
so'zlarning jami leksikani tashkil etadi. Bu so'zlar bii qator umumiy xususiyatlari bilan
xarakterlanadi. Leksikologiyada so'zlar quyidagi xususiyatlari bo’yicha o'rganiladi.
1.
So'zning semantik strukturasi.
2.
So’laring shakl va ma'no munosavati.
3.
Leksikologiyadagi so'zlarning o'z yoki o'zlashgan so'z ekani.
4.
Qo'llanilishiga ko'ra sozlaming umumiy yoki chegaralanganligi.
5.
Tarixiy jihatdan o'zbek tili leksikasi.
6.
So'zlarning emotsional - ekspressiv bo'yoq va stilga munosavati.
So'zlarning semantik strukturasi shu so'zga xos ma'nodan iborat bo'ladi. So'zning
semanlik strukturasi va u bilan bog'liq xodisalarni o'zgaiiuvchi soxa semasiologiya
deyiladi. Har qanday so'z paydo bo'lishidayoq o’z shakli va ma'nosiga ega bo'ladi.
Boshqacha aytganda, har qanday so’z shakl va ma'no butunligiga egadir;
uy, daraxt,
qovun, achchiq, xursand, yaxshi, alvatta
va hokazo.
Tildagi varcha so'zlar ma'noli bo'lsada, lekin ular ma'noning eng umumiy
xususiyatlariga ko'ra ham o'zaro farqlanadi. Tildagi so'zlarning asosiy qismi obektiv
borliqdagi narsa, belgi, harakat haqidagi tushunchani bildiradi:
paxta, suv, oq, tekis
kabi.
Shuningdek, undov va taqlid so'zlar ham tushuncha ifodalaydi.
So’zning obyektiv borliqdagi narsa, belgi harakat kabilar haqidagi ma'lumoti
leksik ma'no
deyiladi. Masalan:
tosh, tuz, kartoshka, chopmoq, kulmoq
fe’llari ma'lum
harakat va holat haqidagi ma'lumot beradi.
Leksik ma'noli so'zlar narsa, belgi yoki harakatning o'zini emas, balki ularning
tushunchasini ifodalaydi.
Tushuncha esa narsa, belgi, harakat kabilarning kishi ongidagi umumiy
in‘ikosidir. Masalan: Borliqda daraxtnitig turi juda ko'p, uning miqdori behisob.
Daraxt
so'zi shulardan ko‘proq bittasini atamaydi, balki shu predmet haqidagi umumiy
tushunchani ifodalaydi. Bir ma'nolik va ko'p ma'nolik.
So'zlar bir yoki birdan ortiq ma'noga ega bo'lishi mumkin. Bir manolik
monosemiya, kop ma'nolilik polisemiya deb ataladi. Har ikkala hodisa ham so‘zning
semantik strukturasiga xos hodisalardir umumistemoldagi so'zlarning asosiy qismi ko'p
ma'nolidir.
Til jiddiy so’zlarning quyidagi misollaridagi ma'nolarga e'tibor bering:
Olga
Po’rovna kasalning tilini chiqartirib ko'rdi. Bu yerda tikuv sexi bo'zchilar tili bilan
aytganda, do'konxona.
Birinchi xil muhabvat tilda, ikkinchi xil muhabvat dilda bo'ladi. Rustam
dehqonchilikning tilini yaxshi o'rgangan.
Bu o'rinda tildagi so'zlarning ikki - uchta ma'nosigagina misol keltiriladi. Ko'p
ma’nolilik ikki asosiy yo'1 bilan paydo bo'ladi:
1.
So'zning yangi ma'no kasb etishi natijasida.
2.
Ko'p ma’noli so'zdan yoki ko'p ma'noli affiks vositasida so'z yasashi natijasida.
Birinchisi asosiy yo’l hisoblanadi. Misol tariqasida yer so'zining quyidagi
misollardagi ma’nolarini ko'rsatish mumkin:
Bir vaqt yer osti dukillagandek bo'ldi.
Ko'rdingiz - ku qancha yerga ekin ekkanman. Hokim cho'zilib yotgan yeridan turib,
tashqariga chiqdi.
Yer
so'zi dastlab, xuddi boshqa so'zlar singari bir ma'noli bo'lgan. Uning hozirgi
tildagi manolariga esa shu so’z semantik stilistikasining taraqqiyoti natijasidir.
Misollarga e'tibor berilsa, ularda o'zaro bog'lanish borligi ko’riladi.
Yasovchi so’zning ko'p manoli bolishida yasovchi affiksning yoki so'z yasalishiga
asos bo'lgan so'zning ko'p ma'noligi ham rol o’ynaydi.
Hamma vaqt shohsupada taltayib
o'tiradigan yo'g'on gavdasi mana endi kichrayib, nortuyadek novcha bo'yi pasaydi.
Ziyofatga borib ko'p yedik, ko'p ichdik. Qornimiz to'yib, ovozimiz pasaydi. Choyning
suyuq, oshing tuzsiz deb xotinning ko'zini ochirmay qo‘ydim.
Polisemantik so’z qancha ma'noga ega bo'lmasin, bu ma'nolar o'zaro bog'langan
bo'ladi. Xuddi shu xususiyat ko'p ma'noli so'zni omonimlardan farqlanadi, ko'p ma'noli
so'zlar orasidagi aloqa uzilsa, omonim vujudga keladi. Masalan:
Bugun juma bo'lgani
uchun Hakim boyvachcha va Mirzakarimboy o'z ulfatlarinikiga gapga kelishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |