Sohaviy atamalarning boyib borish manbalari


O`zbek tilining boyish manbai



Download 23,58 Kb.
bet2/2
Sana21.07.2022
Hajmi23,58 Kb.
#834097
1   2
Bog'liq
Sohaviy atamalarning boyib borish manbalari

O`zbek tilining boyish manbai
O`zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.

Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O`zbek tili lug`at tarkibining birinchi yo`l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo`llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so`zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo`shimcha yordamida yangi so`z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so`zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o`xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O`zbek tili lug`at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo`q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo`lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg`ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so`z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o`zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.


«O`zbek tilining eskirgan so`zlar o`quv izohli lug`ati»
«O`zbek tilining eskirgan so`zlar o`quv izohli lug`ati» – o`zbek adabiy tilining me’yoriy lug`atidan biri. Lug`at X.Norxo`jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan.

Lug`atda so`zlar quyidagicha tavsiflangan:


I. Har bir so`zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.


II. Lug`atda so`zlarning, asosan, hozirgi o`zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.


III. So`zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:


DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg`ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug`lash uchun ishlatiladigan so`z.


IV. Bosh so`zlarning mustaqil ko`chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko`chma belgisi bilan ta’minlangan.


V. Lug`atda ayrim so`zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.
Masalan:
MURABBA (a, murabba, III sh.brl. murabbai). Tomonlari teng to`g`ri to`rtburchak, kvadrat, chorsi.
VI. Ayrim so`zlarning boshqa so`zlarga birikib qoshma so`z yasash xususiyati ham alohida- alohida izohlab berilgan.

VII. Lug`atda atash vazifali so`zlarning, ayniqsa, ot, sifat va fe’llarning ma’nolarini ochishda tavsifiy izoh usullaridan keng foydalanilgan. Bu xildagi so`z ma’nosi uning asosiy belgilari (mas., tashqi ko`rinishi, tuzilishi, qollanishi, vazifasi, ta’siri, xarakteri yuzaga kelish yo`li, sababi va sh.k.) orqali ochib beriladi.


Adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari. “Xalq ta’limi”.

  2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23

Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996

  1. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963.

  2. Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2

  3. Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986

Download 23,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish