Sohasida foydalanish


 MS Word dasturida jadvallar yaratish



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana09.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#763011
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot

 2.3.4. MS Word dasturida jadvallar yaratish
Juda ko’plab Word hujjatlari tarkibida bir yoki bir necha jadvallar mavjud 
bo’ladi. Chunki jadval bu ma’lumotlarni ko’rsatmali bayon qilishning bir usuli 
hisoblanadi. MS Word dasturida jadval ko’rinishdagi ma’lumotlarni kiritish va ular 
ustida amallar bajarish, yaratish uchun bir qancha jadval bilan ishlovchi buyruqlar 
mavjudki, ular yordamida ixtiyoriy strukturaga ega bo’lgan jadvalni tez va chiroyli 
tayyorlash mumkin.
Jadvallar tashkil etishda «
Вставка»
menyusining “Таблицы” buyruqlar 
guruhidagi buyruqlardan foydalaniladi. “Таблицы” buyruqlar guruhi yordamida 3 
xil usulda jadvallar tashkil etish mumkin:
1.
 
Jadval kataklarini belgilash orqali
. Bu usulda jadval yaratish uchun avval 
kursor hujjat betining jadval qoyiladigan joyiga qoyiladi, so’ng «
Вставка»
buyruqlar lentasining “Таблицы” buyruqlar guruhi panelida joylashgan 
ushbu 
ko’rinishdagi tugmacha bosiladi va unda ochilgan “Вставка 
таблицы” muloqot oynasidagi jadval kataklari sichqoncha chap tugmasini 
bosib turgan holda belgilab olinadi. Quyidagi 2.19-rasmga qarang.


2.
 
19-rasm.
Jadval kataklarini belgilash orqali jadval yaratish 
2.
 
Jadval ustunlari va satrlarini ko’rsatish orqali.
Bu usulda jadval tashkil etish 
uchun “Вставка таблицы” muloqot oynasidan 
buyrug’i 
beriladi. Bunda “Вставка таблицы” nomli muloqot oyna ochiladi. U yerdan 
jadval ustuni va satri qiymatlari kiritiladi va jadval kengligini aniqlovchi 
parametrlar belgilanadi va “Ok” tugmasi bosiladi. Quyidagi rasmga qarang.
2.20-rasm. “Вставка таблицы” muloqot oynasi 
Chizish orqali jadval yaratish. Bunda “Вставка→Таблица→Нарисоват 
таблицу” buyruqlar ketma-ketligi orqali qalam instrumentini aktivlashtirib olinadi. 
Avval jadval chegara chiziqlari chizib olinadi. Jadval chegara chiziqlari chizilgan 
zahoti lentalar satrida “Конструктор” va “Макет” nomli buyruqlar lentasi paydo 
bo’ladi va “Конструктор” buyruqlar lentasi aktiv holatga o’tadi. So’ng ustun va satr 
chiziqlari chiziladi. Chizish rejimidan chiqish uchun sichqoncha chap tugmasi ikki 
marta ketma-ket bosiladi. Jadval chizish davrida noto’g’ri chizib qoyilgan ustun va 
satr chiziqlarini o’chirish uchun “Конструктор” buyruqlar lentasi “Ластик” 
(o’chirg’ich) intrumentidan foydalaniladi, ya’ni “Ластик” instrumenti 
aktivlashtiriladi. Bunda sichqoncha ko’rsatkichi o’chirg’ich ko’rinishiga o’tib 


qoladi. Bu instrument ko’rsatkichi deyiladi. “Ластик” instrumenti ko’rsatkichi 
kerakmas chiziq ustiga keltirilib, sichqoncha chap tugmasi bir marta bosiladi.
“Ластик” (o’chirg’ich) instrumentidan chiqish uchun sichqoncha chap tugmasi ikki 
marta ketma-ket bosiladi.
Jadvallarni tahrirlash deganda, jadvalga satr yoki ustun, yoki yacheyka 
qo’shish yoki olib tashlash, ustun va satr chiziqlari kengligini kichiklashtirish yoki 
kattalashtirish, jadval chiziqlari rangini o’rnatish, jadval kataklaridagi ma’lumotlarni 
format qilish, jadvalni hujjat beti boyicha joylashuvini belgilash ishlarini amalga 
oshirish tushuniladi.
Jadvalga ustun yoki satr qo’shish, ustun yoki satrni o’chirish, jadvalga bir 
yoki bir necha katak qo’shish yoki o’chirish kabi amallar “Макет” lentasining
“Строки и столбцы” buyruqlar guruhi panelidagi buyruqli tugmachalar yordamida 
amalga oshiriladi. Quyidagi rasmga qarang.
2.21-rasm.
“Строки и столбцы” buyruqlar guruhi paneli 
Jadval yacheykalarni birlashtirish uchun avval bu yacheykalar belgilanib 
olinadi va “Макет” buyruqlar lentasidan “объединит ячейки” buyruqli tugmacha 
bosiladi.
Jadvallar bilan ishlaganda ba’zan shunday holatlar roy beradiki, jadval 
hujjatning bir varog’iga sig’may qoladi va buning oqibatida jadval katagiga yozilgan 
ma’lumotning yarmi keyingi betga o’tib qoladi. Bu hol hujjatni rasmiylashtirishda 
noqulaylikga olib keladi. Bunday holatlarda jadvalni ikki va undan ortiq bo’laklarga 
ajratib olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Jadvalni ikki va undan ortiq alohida 
jadvallarga ajratib olish uchun “Макет” buyruqlar lentasining “Разделит таблицу” 
buyrug’i tugmasini sichqoncha ko’rsatkichi orqali bosish kerak.
Jadvalga yangi qator qo’shishning bir necha usullari mavjud:
“Макет” buyruqlar lentasining “Вставит снизу” va “Вставит сверху” 
buyruqlari yordamida. Bunda kursor jadvalning qator qo’shish kerak bo’lgan 


satridagi ixtiyoriy katakga keltiriladi va “Макет” buyruqlar lentasi ochiladi. 
So’ng kursor turgan qatorning quyisiga qator qo’shish uchun “Вставит 
снизу” tugmasini, yuqorisiga qoyish uchun “Вставит сверху” tugmasi 
bosiladi.
“Enter” tugmasini bosish orqali; Bunda kursor jadvalning qator qo’shish kerak 
bo’lgan satrining tashqarisiga qoyilib “Enter” tugmasi bosiladi;
TAB tugmasini bosish orqali; Bunda kursor jadvalning oxirgi qatordagi oxirgi 
katakda turgan holda TAB tugmasini bosiladi. Bu usulda qator jadval oxiriga 
qoyiladi.
Jadvaldagi matnli ma’lumotlarni jadval kataklari boyicha yozish yo’nalishini 
belgilash uchun “Макет” buyruqlar lentasining “Направление текста” buyrug’dan 
foydalaniladi.
Bundan tashqari jadvalda hisob ishlarini amalga oshirish uchun “Макет” 
buyruqlar lentasidan “

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish