Buyruq
tugmasi
Buyruqning vazifasi
markerlangan va royhatli matnlar tashkil etish;
royhat darajasini kamaytirish va oshirish;
matn bo’lagini hujjat varog’i boyicha chap chetga, o’rtaga,
o’ng chetga va eni boylab tekislash amalga oshiriladi;
matn bo’lagi qatorlari orasidagi interval belgilanadi;
kursor turgan so’z yoki ajratilgan matn bo’lagini fon rangini
o’zgartirish;
jadval kataklari chizig’ini belgilash;
ro’yxatli va jadvalli matnlarni tartiblashtirish;
xizmatchi belgilarni chiqarish;
Bundan tashqari “Абзац” – buyruqlar guruhi panelida joylashgan ushbu
ko’rinishdagi tugmachani bosish orqali “Абзац” muloqot oynasini ochish mumkin.
Quyidagi rasmga qarang.
2.15-rasm.
“Абзац” muloqat oynasi
“Стили”
- buyruqlar guruhiga kiruvchi buyruqlarning asosiy vazifasi hujjat
elementlarini: sarlavhalar, sitatalar, abzatslar, hujjatdagi obektlar nomlari kabilarni
tez va o’ziga mos qilib formatlashni amalga oshirishdan iborat. Bu yerda
hujjatlarning tashkil etuvchi elementlarini oldindan dastur tuzuvchilar tomonidan
yoki foydalanuvchi tomonidan tayyorlagan formatlash uslublarini tadbiq etish orqali
formatlash ishlari amalga oshiriladi. Hujjat elementlariga bu uslublarni tadbiq etish
uchun kursor hujjatning mazkur elementi (masalan, matn sarlavhasi) ustiga keltirilib,
so’ng sichqoncha ko’rsatkichi yordamida “Стили” panelidagi mavjud uslublardan
keraklisi tanlanadi.
Microsoft Word dasturida hujjatlardagi elementlarni formatlashga qaratilgan
100dan ortiq formatlash uslublari mavjud. Ularni ko’rish uchun “Стили” panelining
quyi o’ng qismida joylashgan
ko’rinishli tugmachani sichqoncha orqali
ochiladigan “Стили” muloqot oynasining quyi qismidagi ushbu
“Управление
стилями” tugmasini bosib ko’rish mumkin. Quyidagi rasmga qarang.
2.16-rasm.
“Управление стилями” muloqat oynasi
Yangi Word hujjati yaratilganda “Главная” buyruqlar lentasining “Стили”
panelida standart holda, ya’ni hech qanday o’zgarish qilinmagan holda formatlash
uslublarining 5 nafari ko’rinib turadi, ya’ni:
2.17-rasm.
“Стили” deb nomlanuvchi formatlash uslublari paneli
1.
“Обычный” – formatlash uslubi hujjatning asosiy matni abzatslarini
formatlash uchun qo’llaniladi;
2.
“Без интервалов” – formatlash uslubi ham hujjatning asosiy matni
abzatslari uchun qo’llaniladi, bu yerda abzats qatorlari orasidagi interval 1
kenglikka teng.
3.
“Заголовок 1”– formatlash uslubidan bosh sarlavhalarni yozish uchun
ishlatiladi;
4.
“Заголовок 2” – formatlash uslubidan esa sarlavha ostilarni, ya’ni
2darajali sarlavhalarni yozishda ishlatiladi;
5.
“Заголовок 3”– formatlash uslubi 3-darajali sarlavhalar uchun
qo’llaniladi.
Ma’lumki, MS Word dasturida matnli hujjat tayyorlashda har bir abzats
ma’lum bir formatlash uslubi bilan yoziladi. Matn terish paytida qaysi uslub aktiv
bo’lsa, matnlar shu uslubda keltirilgan formatlash parametrlari asosida yoziladi.
MS Word dasturida bazaviy formatlash uslubi “Обычный” deb nomlanuvchi
uslub bo’lganligi uchun yangi fayl yaratganda shu uslub aktiv holatda bo’ladi. Shuni
ta’kidlash lozimki, “Стили” panelida keltirilgan formatlash uslublarining juda ko’pi
bizning mamlakatimizdagi bosmaxona talablariga mos kelmaydi. Masalan, bizda
asosiy matn shrifti turi “Times New Roman” bo’lsa standart holatda asosiy matn turi
“Calibri” matn turi belgilangan. Shuning uchun foydalanuvchi hujjat yozishdan
avval, shu hujjatda keltirilgan talablardan kelib chiqqan holda “Обычный”
formatlash uslubini o’zgartirib olishi kerak. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichini
“Обычный” formatlash uslubi yoki o’zgartirilishi kerak bo’lgan formatlash uslubi
nomi ustiga keltirib, sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekstli
menyudan “Изменить” buyrug’i beriladi. Natijada quyidagi rasmdagi kabi muloqot
oyna ochiladi. Bu oynadagi parametrlarni o’zgartirish orqali formatlash uslubi
belgilanadi.
2.18-rasm.
“Изменение стилья” muloqot oynasi
Rasmdan ko’rinib turibdiki, har bir formatlash uslubi quyidagi elementlarni
o’z ichiga oladi:
uslub nomi (“Обычный”);
format turi (”Абзац”) ;
keyingi abzatsga qo’llaniladigan uslub nomi;
“Изменение стилья” muloqot oynasida joylashgan “Формат” tugmasi
(2.18rasmga qarang) bosish orqali ochiladigan menyu bandlari yordamida matn
shrift
(“Шрифт...”), abzatsi (“Абзац...”), tabulyatsiyasi (“Табуляция...”), chegaralari
(“Граница...”), tili (“Язык...”), ramkasi (“Рамка...”), royhat (“Нумерация...”),
tugmalar kombinatsiyasi (“Сочетание клавиш...”) va animatsiya (“Анимация...”)
kabi matn xossalari parametrlarini belgilash mumkin. Buning uchun har bir bandni
tanlash orqali ochiladigan muloqot oynalardan foydalaniladi.
MS Word 2010 dasturida foydalanuvchilar o’z formatlash uslublarini ish
faoliyatidan kelib chiqqan holda yaratish imkoniga ega. Buning uchun “Стили”
muloqot oynasining quyi qismidagi ushbu
“Создат стиль” tugmasini bosish
orqali ochilgan “Создание стиля” nomli muloqot oynadan formatlash uslubi
elementlarini o’zgartirish kerak.
Talabalar hujjatini rasmiylashtirish standartiga ko’ra quyidagi formatlash
uslublarini yaratish mumkin.
1.
Asosiy matn;
2.
1-darajali sarlavha;
3.
2-darajali sarlavha;
4.
3- darajali sarlavha;
5.
Rasm;
6.
Rasm nomi;
7.
Jadval;
8.
Jadval nomi.
Bu formatlash uslublari talabalar hujjatlarini tez va bir xil standart asosida
tayyorlanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |