3.2 Satx o'zgarishi bo'yicha sarfni o'lchash
Bu sarf o'lchagichlarning ishlashi idish o'rtasidagi tirqishdan suyuqlikning erkin oqib o'tishida suyuqlik satxini sarf o'zgarishi bilan o'zgarishiga asoslangan. O'ta aktiv (agressiv) moddalar, pulsasiyalanuvchi oqimlar va gazlar bilan aralash suyuqliklarning atmosfera bosimida sarfini o'lchashda ishlatiladi. Ushbu sarf o'lchagich (rasm 22) to'g'ri to'rtburchak ko'rinishidagi, o'lchanayotgan suyuqlikning kirish va chiqish shtuserlari bor idish 2 ko'rinishida bo'ladi. Bu idish o'rtasidan tirqishi bor to'siq bilan bo'lingan. Tirqishdan toshib o'tayotgan suyuqlik satxi odatda, p'ezometrik satx o'lchagich yordamida o'lchanadi. P'ezometrik trubka 1 ximoya chexolida tirqishdan oldin o'rnatilib, undan muntazam ravishda xavo o'tkazilib turiladi.
3.2.1 - rasm
Pe'zometrik trubkaga berilayotgan havo miqdori nazorat stakani 4 yordamida nazorat qilinadi, bosimi esa, reduktor 6 yordamida ushlab turiladi va filtr 7 yordamida tozalanadi.
Toshib o'tayotgan suyuqlik satxi suyuqlik sarfi o'zgarishi bilan o'zgaradi (Q=kh, bu erda, k – proportsionallik koeffisienti; H – toshib o'tayotgan suyuqlik satxi). Pezometrik trubkadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik satxi va zichligiga bog'liq ravishda o'zgaradi va shuning uchun u massaviy sarfga ham bog'liqdir. Shunday qilib, suyuqlikning gidrostatik bosimi p'ezometrik trubka va difmanometr 3 yordamida o'lchanadi.
3.3 Bosimlar farqi o'zgarmas sarf o'lchagichlar
Bu o'lchov asboblarining ishlashi sarf o'zgarishi bilan qalqovuchni vertikal siljishiga va bunda xalqasimon o'tish kesim yuzasini o'zgarishi natijasida qalqovuchdagi bosimlar farqi o'zgarmas bo'lib qolishiga asoslangan. Rotametrlarning shkalasi bir tekis desa bo'ladi va ular yordamida kichik sarflar o'lchanadi. Ulardagi bosimning yo'qolishi kichik va u sarfga bog'liq emas.
Rotametrdan o'tayotgan suyuqlik yoki gaz sarfi o'zgarishi (rasm 21), qalqovuchni xalqasimon tirqish yuzasini (qalqovuch va konus trubka devorlari orasidagi tirqish yuzasi) o'zgarishi hisobiga ta'sir etayotgan kuchlar muvozanatlanguncha siljitadi va qalqovuch sarfga mos xolatda muallaq turadi. Qalqovuch xolatiga qarab sarf aniqlanadi.
3.3.1 - rasm
Rotametr qalqovuchiga qarama-qarshi yo'nalgan kuchlar ta'sir etadi. Tepadan pastga:
1. Og'irlik kuchi VP RP g,
Bu erda, VP – qalqovuch xajmi;
RP – qalqovuch materiali zichligi;
g – erkin tushish tezlanishi.
2. Qalqovuch tepa yuzasiga oqim bosimi hosil qilayotgan kuch R12 S.
Bu erda, R12 – qalqovuch tepa yuzasi birligiga oqimning o'rtacha bosimi;
S – qalqovuch yuzasi.
Pastdan tepaga ham qalqovuchga ikki kuch ta'sir etadi:
1) qalqovuchning pastki yuzasiga oqim bosimi hosil qilayotgan kuch R11 S;
2) oqimning qalqovuchga ishqalanish kuchi k Vkn Ѕb ;
Bu erda, k-Reynolds soniga Re va yuzaning g'adir-budirlik darajasiga bog'liq qarshilik koeffisienti;
Vk - halqasimon kanalda, qalqovuch yon sirti yuzasini egallagan, oqimning o'rtacha tezligi;
Ѕb - qalqovuchning yon sirti yuzasi;
n – oqim tezligi qiymatiga bog'liq daraja ko'rsatkichi.
Agar quyidagi shart bajarilsa, qalqovuch muvozanatda bo'ladi:
Vп ρп g + Р12 S = k Vкn Sб + Р11 S
Р11 - Р12 =
Agar sarfning hamma qiymatlarida Vk o'zgarmasa (sarf o'zgarishi bilan xalqasimon kanal yuzasi o'zgarsa), unda, oxirgi tenglamaning o'ng tomon qismi o'zgarmaydi, ya'ni, R11-R12=const
Do'stlaringiz bilan baham: |