Manometrik termometrlar.
Manometrik termometrlarning ishlash usuli geometrik yopiq hajm ichiga
joylashtirilgan termometrik moddalarning (gaz, suyuqlik va kondensatsion suyuqlik),
hajmi o'zgarmagan holda bosimining o'zgarishi, ular kiritilgan muhit temperaturasiga
bog'liqligiga asoslangan.
Geometrik hajmning qanday modda bilan to'ldirilganligiga qarab, manometrik
termometrlar gazli, suyuqlikli va kondensatsion (tez bug'lanuvchi suyuqlik) bo'lishi
mumkin. Har birining ishlash usuli gazli manometrik termometr bilan bir xil.
Manometrik termometr (27- rasm) sezgir element - termoballon 1, bosim
o'zgarishini uzatuvchi kapillyar (trubka nay) 2, manometrik prujina 3, tishli uzatma 4,
o'lchov o'zgarishining ko'rsatkichi 5 hamda ko'rsatish darajasi 6 dan iborat.
Sezgir element - termoballon temperaturasi o'lchanishi kerak bo'lgan muhitga
tushirilganda, muhit temperaturasining o'zgarishiga mos ravishda geometrik hajm
(termoballon, kapillyar nay, trubkali prujinalar) ichidagi termometrik moddalar (gaz,
suyuqlik yoki bug') ning bosimi o'zgaradi. Bu o'zgarish miqdori asbob ko'rsatkichining
harakati bilan aniqlanadi.
2.Тo’liq nurlanish (radiatsion) pirometrlari.
YUqorida ko‘rilgan, xaroratni o‘lchashga mo‘ljallangan barcha termometrlar termometrning sezgir elementi bilan o‘lchanayotgan jism yoki muhit orasida bevosita kontakt bo‘lishini taqozo etar edi. SHuning uchun xaroratni o‘lchashning bunday usullari ba’zan kontaktli usullar deb yuritiladi. Bu usulni qo‘llashning yuqori chegarasi 1800 — 2200°S. Ammo sanoatda va tadqiqotlarda bundan yuqori xaroratlarni ham o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ko‘pincha, o‘lchanayotgan jism va muhit bilan termometrning bevosita kontakt mumkin bo‘lmaydi. Bunday hollarda xaroratni o‘lchashniig kontaktsiz vosigalari qo‘llaniladi.
Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi qizdirilgan jismning issiqligi ta’sirida hosil bo‘lgan nurlanish energiyasini o‘lchashga asoslangan. Nurlanish pirometrlari 20 dan 6000°S gacha bo‘lgan xaroratlarni o‘lchashda ishlatiladi.
Issiqlik nurlanishi nurlanayotgan jism ichki energiyasining elektromagnit to‘lqinlari tarzida tarqalish jarayonidan iborat. Bu to‘lqinlar boshqa jismlar tomonidan yutilgandz ular qaytadan, yana kaytadan issiqlik energiyasiga aylanadi. Jismlar uzunligi λ ga teng bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlarni 0 dan ∞ gacha bo‘lgan oraliqda tarqatadi. Qattiq va suyuq jismlarning ko‘pi nurlanishning uzluksiz spektriga ega, ya’ni barcha uzunliklardagi to‘lqinlarni tarqatadi. Boshqa jismlar (sof metallar va gazlar) nurlanishining selektiv spektriga ega, ya’ni ular to‘lqinlarni spektrning ma’lum uchastkalaridagina tarqatadi. To‘lqin uzunligi λ =0,4 dan λ =0,76 mkm gacha bo‘lgan uchastka ko‘rinadigan spektrga mos keladi. Ko‘rinadigan spektrning har bir to‘lqin uzunligi ma’lum rangga mos keladi.
3.Haroratni nazorat qilish
Temperaturani nazorat qilish sxemasidan boshlab, haroratni nazorat qilish tizimining Feedforward nazorat qilish sxemasidan boshlab, to'rtta asosiy loyihani boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, issiqlik bilan bog'liq jarayon uskunalarini, jarayonni oqimini, nazorat qilish jarayonini va xavfsizlikni ishlab chiqarish bilimlarini joriy qiladi va o'lchashning asosiy bilimlariga e'tibor beradi. haroratni nazorat qilish tizimiga aloqador asboblar va boshqaruv qurilmalari. Issiqlik o'chog'ini nazorat qilish loyihasi boshlang'ich nuqtasi, dastur davomida asosiy ma'lumot, tashish ma'lumotlariga bog'liq bo'lgan haroratni nazorat qilish bilan qamrab olingan tarkibda namoyon bo'ladi.
Tuzuvchi: Axmedov Sh.S
Kafedra mudiri: Quchqarov A.A
“Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari” fanidan
oraliq nazorat savollari
3-savol
1.Lagometrlarning ishlash prinsiplari.
Do'stlaringiz bilan baham: |