Ma’lumotlarni taqdim qilish turlari va chiqib ketish ehtimolli kanallari
Mobil aloqa tizimida maxfiy ma’lumotlar muammosi yechimi murakkabligining asosiy sabablaridan biri ushbu tizimlarda uning jismoniy turlari ko‘pligidir, bu ehtimolli chiqib ketish kanallari mavjud bo‘lishini oldindan bashorat qiladi va shu bilan jismoniy hamda funksional jihatdan himoya tizimining keng qamrovli himoyasini tashkil qilishni taqozo etadi.
Shunday qilib, idoraviy tasarrufda bo‘lgan zamonaviy avtomatlashtirilgan mobil aloqa tizimlarida ma’lumot nutq ko‘rinishida, matn ko‘rinishida yoki qog‘ozdagi grafik tasvirlarda, foto va kinoplyonkada, proyeksion ekranlarda, shu jumladan, kompyuter monitorlarida va boshqa ko‘rinishlarda aylanishi mumkin.
Aloqa kanallari bo‘yicha mobil aloqa tizimlarining ob’yektlari orasida aylanayotgan ma’lumotlarni o‘g‘irlash holatlari ham radiokanallar liniyalari orqali, ham simli liniyalar orqali uzatilayotganda yuz berishi mumkin.
Mobil aloqa tizimlarining ob’yektlaridagi ma’lumotlar chiqib ketish kanallarining barchasi uchta asosiy toifaga ajratiladi:
- akustik kanallar;
- optik kanallar;
- texnik vositalarning chiqib ketish kanallari.
Mobil aloqa tizimining ob’yektlarida ma’lumotlar chiqib ketishining asosiy kanallari jismoniy maydonlar hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi:
akustik kanal bo‘yicha chiqib ketishi;
vibroakustik kanal bo‘yicha chiqib ketishi;
shifrlovchi va deshifrlovchi uskunalarga ega bo‘lmagan simli va radioaloqa kanallari bo‘yicha chiqib ketishi;
elektromagnit kanallari bo‘yicha chiqib ketishi;
elektr energiyaning iste’moli bir maromli bo‘lmaganligi hisobiga asosiy texnik vositalari elektr ta’minotining ikkilamchi manbalari orqali chiqib ketishi;
elektrik, magnitli va akustik maydonlar xavfli signalining yordamchi texnik vositalarga ta’sir ko‘rsatishi natijasida chiqib ketishi;
yerga ulangan sim zanjirlaridagi xavfli signalning elektr energiyasi hisobiga chiqib ketishi;
maxfiy ma’lumotlar uzatiladigan zanjirlar orasidagi o‘zaro ta’sir va ob’yekt xavfsizligi hududidan tashqariga chiqishga ega bo‘lgan yordamchi texnik vositalarning zanjirlari orasidagi o‘zaro ta’sir hisobiga chiqib ketishi;
asosiy texnik vositalar bilan shakllantirilgan qurilmalarning elektromagnit nurlanishlari hisobiga ma’lumotlarning chiqib ketishi.
Xulosa
Mobil aloqa tizimlaridagi axborot xavfsizligining muammolari ko‘rib chiqilgandan va tahlil qilingandan so‘ng quyidagi xulosalar chiqarildi:
Har qanday axborot tizimi, mobil aloqa tarmoqlari axborot xavfsizligini buzuvchilarining hujumlari ostida qolishi mumkin, ushbu hujumlar tarmoq axborot sohasiga xos bo‘lgan xavf va zaifliklarni amalga oshiradi.
Axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy bazaning tahlili bugungi kunda aloqa opreatorlarini ham o‘zlarining, ham ularga ishonch bildirgan foydalanuvchilar axborot resurslarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyat yuklaydigan hujjat bilan rasmiylashtirilgan talablar mavjudligini ko‘rsatdi. Biroq mobil aloqa tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilishni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar ham yetarli darajada me’yorlanmagan.
Yuqorida keltirilgan talablarni bajarish uchun mobil aloqa tizimlarini loyihalashtirish va qurish bosqichidan boshlab, ma’lumotlarni himoya qilish tizimini yaratishga kirishish zarur, uning qo‘llanishi, mobil aloqalar tarmoqlari, operatorlar va davlatning xizmatlaridan foydalanuvchilarning turli guruhlari axborot xavfsizligini ta’minlashda manfaatlarni hisobga olish imkonini beradi.
Belgilangan maqsadga erishishning asosiy tamoyillaridan biri — axborot xavfsizligi bazaviy bosqichi mexanizmining amalga oshirilishi va qo‘llanilishi hamda axborot xavfsizligi darajasini oshirishga imkon beruvchi xususiyatga ega ma’lumotlarni himoya qilish tizimini tashkil qilish zarur va majburiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |