Sohadagi yangiliklar haqida matn reja: I. Kirish. It



Download 438,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana13.01.2023
Hajmi438,94 Kb.
#899336
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sohadagi yangiliklar haqida matn reja I Kirish It sohasida ka

 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
MUTAXASISLIK BOYICHA REFERAT 
Teleradioeshittirish
, teleradioeshittiruv — ommaviy axborot 
vositalarining oʻziga xos elektron texnikaga asoslangan turi. Ovozni maxsus 
apparatlar yordamida koʻpaytiradi va keng hududlarga, uzoq masofalarga 
yetkazib beradi. R. matbuotning oʻziga xos, ogʻzaki, eshituvchiga yoʻnaltirilgan 
bir koʻrinishi sifatida matbuot qonuniyatlari asosida faoliyat kursatadi, uning 
funksiyalarini uziga xos ravishda ado etadi. R.ning informatsion (xabar, suhbat, 
reportaj), tahliliy (radio chiqish, sharh, kuzatuv), badiiypublitsistik (lavha, 
ocherk, felyeton, esse) singari asosiy janrlari mavjud. Shuningdek, unda adabiy 
ijodga (radiohikoya, radiopyesa, radiospektakl), musiqa sanʼatiga (radiokonsert, 
radiokompozitsiya) oid eshittirishlar ham beriladi. R. ommaviy axborot vositasi 
sifatida ommaga informatsiya, turli maʼlumotlar yetkazib berish bilan birgalikda 
musiqa sanʼatini ommalashtirishda ham muhim rol oʻynaydi. 
Radio dastlab aloqa vositasi sifatida ishlatilgan boʻlsa, keyinchalik undan 
ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanilgan. Birinchi R.lar 1919-yilda 
Nijniy Novgorod radiolaboratoriyasidan, 1920-yil Moskva, Qozon va boshqa 
shaharlardagi tajriba R. stansiyalaridan olib borilgan. 1924-yil 23 noyabrdan esa 
muntazam berila boshlagan. 
Oʻzbekistonda dastlabki tajribaviy R.lar 1926-yil Toshkentda oʻtkazilgan. 1927-
yil 11 fevralda quvvati 2 kVt boʻlgan ommaviy radiostansiya ishga tushirilib
muntazam R.lar boshlangan. 1934-yilda Oʻzbekiston radiolashtirish va 
radioeshittirish davlat qoʻmitasi tashkil etildi, 1996-yil 7 maydan esa bu qoʻmita 
Oʻzbekiston televideniye va radioeshittirish davlat kompaniyasiga aylantirildi. 
Hozirgi paytga kelib radio misli koʻrilmagan darajada taraqqiy etdi va 
insoniyatning maʼnaviy hayotidan mustahkam oʻrin oldi. Dunyodagi barcha 
rivojlangan mamlakatlar oʻz R.lariga ega. Jahonda AQShga qarashli "Amerika 
ovozi", "Ozodlik", Angliyaning "BiBiSi", Germaniyaning "Nemis toʻlqinlari" va 
boshqa oʻnlab radiostansiyalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda 5 ta radiostudiya 
faoliyat koʻrsatmoqda. Ular orasida Oʻzbekiston televideniye va 
radiokompaniyasiga qarashli Toshkent radiosi yetakchi oʻrinni egallaydi. 
Respublika radiosining eshittirishlari 4 dastur boʻyicha olib boriladi. 1-dasturda 
asosan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-maʼnaviy mavzulardagi 
eshittirishlar ("Oʻzbekiston"), 2-dasturda yoshlar uchun eshittirishlar 
("Yoshlar"), 3-dasturda axborot va musiqiy eshittirishlar ("Mashʼal"), 4-dasturda 
esa rus, qozoq, uygʻur, tatar va qrim-tatar tillarida eshittirishlar olib boriladi 
("Doʻstlik"). Yuqoridagilar bilan bir qatorda respublikamizda bir qancha 
xususiy, nodavlat radiostansiyalar ham faoliyat koʻrsatmoqda ("Vodiy sadosi", 
"OriyatDono", "O'zbegim taronasi" va boshqalar). 
Oʻzbekiston radiosi chet ellar uchun ham muntazam eshittirishlar (ingliz, arab, 
fors, uygʻur, hindi va oʻrdu tillarida hamda chet ellardagi vatandoshlar uchun 
oʻzbek tilida) berib boradi. Toshkent R.ning "Axborot", "Ijtimoiy-siyosiy", 
"Iktisodiy eshittirishlar", "Adabiybadiiy eshittirishlar", "Musiqa eshittirishlari", 


"Mahalliy eshittirishlar", "Bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar" kabi bosh 
muharririyatlari mavjud. Unda "Yaxshi kayfiyat", "Vatan", "Hamroh", 
"Dugonalar", "Gulshan", "Tabassum", "Bugun radioteatrda", "Mutolaa" va 
boshqa doimiy mavzu eshittirishlari, radiojurnallar berib boriladi. Televideniye 
va radioeshittirish davlat kompaniyasi huzurida oʻzbek xalq cholgʻu asboblari 
orkestri, makrmchilar ansambli, dutorchi qizlar ansambli, estradasimfonik 
orkestri, xor jamoasi kabi badiiy jamoalar ishlab turibdi. 
 

Download 438,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish