Aylanma mablag’lar nima?
Aylanma mablag’lar – ishlab chiqarish omillarining bir qismi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadi, o’z ko’rinishini o’zgartiradi, o’z qiymatini to’liqligicha tayyor mahsulot tannarxiga o’tkazadi.
Korxonaning aylanma mablag’lari qanday fondlarga bo’linadi?
Aylanma mablag’lar:
Aylanma ishlab chiqarish fondlari;
Muomala fondlari.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari necha guruhga bo’linadi?
Aylanma ishlab chiqarish fondlari:
Ishlab chiqarish zaxiralari;
Tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulot;
Kelgusi davr harajatlari.
Aylanma mablag’larning to’liq aylanishi necha bosqichdan iborat?
Aylanma mablag’larning to’liq aylanishi 3 bosqichdan iborat:
Pul – Tovar ;
Tovar ;
Tovar – Pul .
Do'stlaringiz bilan baham: |