Sog‘lom avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirish g‘oyatda



Download 285 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi285 Kb.
#603087
Bog'liq
Rivojlanish kurs ishi 1







Sog‘lom avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirish g‘oyatda


mas’uliyatli vazifa, shuning bilan birga, insonparvar siyosat natija￾sidir.Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotga oid chuqur o‘zga￾rishlar kundalik turmushimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu bilan birga, jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy o‘z￾garish jismoniy va ruhiy nuqsonga ega bo‘lgan bolalarning ko‘pa￾yishiga ham sabab bo‘ladi. Bu sayyoramiz aholisining birdan o‘n qismini tashkil etadi. Umumjahon sog‘liqni ekologik saqlash tash￾kiloti ma’lumotlari dunyoda bunday kishilarsoni 13%ga yaqinligidan dalolat beradi. Shundan 3% intellektida kamchiligi bo‘lgan bolalar, 10% turli ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bolalardir. Mustaqil O‘zbekistonimizda nogironlar bolalikdan ijtimoiy himoya qilib kelin￾moqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», unga muvofiq ravishda qurilayotgan yuzlab bolalar bog‘chalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, yoshlar muas￾sasalari aynan sog‘lom avlod va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgandir.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-mod￾dasining qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Binobarin huquq va majburiyatlar birligi subekt￾ning o‘z manfaatlari bilan jamiyatning ijtimoiy manfaatlar o‘rtasida muvozanat yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov 2007 yilni «Ijtimoiy himoya-yili» deb e’lon qildi. Bu yilning maxsus ta’limga tegishli jihatlari ko‘p. «Ijtimoiy himoya» davlat dasturida aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, jamiyatimizda ahil￾lik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga, xususan kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, boquvchisidan ayrilgan bolalar, alohida yordamga muhtoj bolalarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor berilgan. Ushbu ishlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda.
Maxsus pedagogika - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kam￾chiliklari bor bolalarning rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadi￾gan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korrek￾siya so‘zi lotincha-tuzatish, bartaraf etish degan so‘zlardan olingan.Har qanday fanning o‘z predmeti, maqsadi, vazifalari bo‘lgani kabi, maxsus pedagogika fanining ham o‘z predmeti, maqsadi, vazi￾falari mavjud. maxsus pedagogika fanining mavzu bahsi, predmeti jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalardir. Max￾sus pedagogika fanining vazifasi-nuqsonlarning kelib chiqish sabab￾lari, turlarini, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofizio￾logik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganish, shular asosida ular uchun differensial yoki integratsiyalashgan, inkluziv sharoitda ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi) reabilitatsiyasi, ijtimoiylashuvi bilan shug‘ullanishdir.
Maxsus pedagogika fanining maqsadi – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ijtimoiylashuvi, ijtimoiy adaptatsiyasi va reabilitatsi￾yasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganish, ular￾dagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha ertaroq tashxis qo‘yib, bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlar har xil bo‘ladi, ularning ba’zi￾lari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksi￾yalanadi, bilinmaydigan holga keltiriladi, boshqalari esa kompensat￾siyalanadi. Masalan, bola nutqida og‘ir nuqson bo‘lsa, ilk yoshda to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik chora-tadbirlar ta’sirida uni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson markaziy nerv sistemasidagi organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, aqli zaiflik shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘l￾masa ham, biroq kamaytirish, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan darajagacha tuzatish mumkin. Maxsus pedagogika amaliyotida yana shunday toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar kuzatiladiki, ulardagi nuqsonni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlikning ayrim turlari shular jumla￾sidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyatida muammosi bo‘lgan bolalar esa imo￾ishora, daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi:– surdopedagogika (lotincha surdus – kar, gung so‘zidan olingan) eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shu￾g‘ullanadigan fan; − tiflopedagogika (yunoncha tiflos – ko‘r, so‘qir so‘zidan olin￾gan) – ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shuqullanadigan fan; − oligofrenopedagogika (yunoncha oligos – kam, fren – aql), so‘zlaridan olingan, – aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiya￾si bilan shug‘ullanadigan fan; − logopediya (yunoncha logos – so‘z, padeo – tarbiya so‘zlari￾dan olingan) – og‘ir nuq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.
Respublikamizning barcha viloyatlarida zamon talablariga mu￾vofiq alohida yordamga muhtoj bolalarning differensial va integrat￾siyalashgan, inklyuziv ta’limi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jadal sura’tlar bilan rivojlanmoqda. Butunjahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi
Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonu￾ni, “O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va bosh￾qa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumla￾dan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor aloxida yor￾damga muxtoj bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. Bola huquqlarining kafolatlari to‘qrisida”gi Qonunga rioya etilishini ta’minlash uchun uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuri￾tuvchi barcha mutaxassislar alohida yordamga muhtoj kishilar haqida tushunchaga ega bo‘lib, ularga ta’lim-tarbiya jarayonida qulay shart￾sharoitlar yaratib, kerak bo‘lsa, individuallashgan dasturlar asosida integratsiyalashgan inklyuziv sharoitda me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori ta’lim olish imkoniyatlarini yoki maxsus muassasalarda ta’lim olishiga yordam berishi zarur. Buning uchun har bir pedagog korreksion pedagogika fanining asoslarini egallagan bo‘lishi kerak.
2. Inklyuziv ta’lim tushunchasi
Inklyuziv ta’lim bu – davlat siyosati bo‘lib, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj
bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan
qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umum￾ta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
“Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emotsional, tilidagi yoki boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi ke￾rak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bola￾lar, ko‘chmanchi xalqlarga tegishli bo‘lgan bolalar, etnik yoki mada￾niy kamchilikni tashkil etgan oilalarning bolalari kiradi” (Harakat Rejasiga kirish 3 chi band).

Inklyuziv ta’lim vazifalari:


- Ta’lim muassasasida ta’limda alohida ehtiyoji bo‘lgan imko￾niyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun
zarur psixolog– pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishini, ijtimoiy moslash￾tirishni amalga oshirish;
- Maxsus ta’lim muassasasi o‘quvchilarini umumta’lim mak￾tablari bilan uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib borish yo‘li bilan o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
- Jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini
qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajral￾magan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;
- Jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga mu￾qobil munosabatni shakllantirishdir.
Inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari:
1). Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi.
2). Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili.
3). Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili.
4). Markazlashtirilmagan bo‘lish tamoyili.
5). Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili.
6). Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
7). Malakaviylik tamoyili.
3. Alohida yordamga muhtoj bolalar integratsyasi
“Integratsiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, integ￾rative – qo‘shiluvchi, birlashuvchi, integration – qo‘shilish, birlashish degan manoni bildiradi. Volferen Bergerning yozishicha: “Integ￾ratsion ta’lim bu – segregason ta’limning aksi bo‘lib, bunda maxsus ehtiyojga ega bolalar umumta’lim muassasalari tizimiga kiritiladi”. Integratsiya keng, ma’noda ijtimoiy integratsiya yoki jamiyatga integratsiya va pedagogik integratsiya yoki ta’limga integratsiyani o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy integratsiya – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani ijti￾moiy munosabatlar va xatti-harakatlarning umumiy tizimiga ijtimoiy adaptatsiyasidir. Nogiron bolani jamiyatga integratsiyasi muammosi bir tomondan, psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini mavjud￾ligi bilan, ikkinchi tomondan ijtimoiy munosabatlar tizimini mukam￾mal emasligi, ya’ni ba’zi talablarini ma’lum darajada keskinligi hayot faoliyati cheklangan bola uchun o‘ta olmaydigan to‘siqqa aylanishi bilan ifodalanadi. Nogironlarni jamiyatga integratsiyasining ikki yondashuvi mavjud. Birinchi yondashuv nogironni jamiyatga integratsiyasini mavjud atrof-muhit shart-sharoitlarga moslashishini nazarda tutadi. Albatta, mazkur yondashuv bir tomonlama va juda tordir. Ikkinchi yondashuv nogironni jamiyatga kirishga tayyorlash va jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlashni nazarda tutadi. Nogironni jamiyatga kirishga tayyorlash bo‘yicha ko‘pginaishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha ishlar endi muhokama qilinmoqda. T.V.Furyayeva bolalar integratsiyasining to‘rt turini (jismoniy, funksional, ijtimoiy va ijtimoiy-etal) ajratib ko‘rsatgan. Jismoniy integratsiya – bolalarni bir binoda faoliyat ko‘rsatishi. Muallifning ta’kidlashicha, integratsiyaning bu turi bolalar dunyolari orasidagi masofani qisqartirishning boshlang‘ich davridir. Funksional va ijtimoiy integratsiya uchun predmet-fazoviy birlashuv xosdir. U predmetli munosabatlar, shaxslararo aloqalar, muloqotni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-etal integratsiya ijtimoiy masofalarni to‘liq qisqarib ketishi, faoliyatdagi tengxuquqli hamkorlik, subyekt-subyekt muno￾sabatlarini nazarda tutadi.
Ijtimoiy adaptatsiya – o‘zgaruvchan hayot sharoitlariga insonni moslashish qobiliyati bo‘lib, u ijtimoiylashuv va integratsiyaning

muhim mexanizmidir. Ijtimoiy adaptatsiya turli faoliyatlar (o‘yin,


muloqot, o‘qish, mehnat) va insonni o‘zini anglash jarayonida amalga oshadi. Mazkur faoliyat turlari bir vaqtning o‘zida hayotning turli bosqichlarida adaptatsiya vositalari, maqsadlari va natijalari sifatida xizmat qiladi. 4.Horijda integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya.Horijdagi rivojlangan davlatlarda nogiron bolalar bilan ishlash bo‘yicha ma’lum me’yorlari, shakllari va metodlari shakllanib bo‘l￾gan. Tabiiy-ki, har bir mamlakatda aholining mazkur kategoriyasiga yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular milliy xususiyatlar, ijtimoiy-iqtosodiy shart-sharoitlar, psixologik￾pedagogik an’analar, ma’lum ilmiy yondashuvlarga mo‘ljallanganli￾gi kabilar asosida shakllanadi. Shu bilan birga mazkur bolalarga yordam ko‘rsatishda inobatga olish shart bo‘lgan bir necha umumiy tendensiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, imkoniyatlari cheklangan bolani ijtimoiy hayotga (shu bilan birga ta’lim-tarbiyaga) imkon qadar maksimal darajada integratsiyalash. Ikkinchidan, mazkur bolalarni oilada tarbiyalashning ustuvov￾ligi. Uchinchidan, kamchiliklarni erta tashxis etish va davolashga yo‘nalganlik.
To‘rtinchidan, har bir konkret holatda bolani reabilitatsiyasi va abilitatsiyasiga individual yondashish. Hozirda mazkur tendensiyalarni inobatga oluvchi bir qator dasturlar yaratilmoqda, ishlab chiqilmoqda. Mazkur dasturlardan biri BMT tomonidan taklif etilgan – bevosita atrofdagilarga tayangan holdagi Reabilitatsiya (Реабилитация, базирующаяся на непос- редственном окружении) (BATR) dasturi bo‘lib, u “barcha nogironlarni reabilitatsiyasi, imkoniyatlarini tenglashtirish va ijti￾moiy integratsiyasi maqsadida amalga oshiriluvchi jamiyat rivoj￾lanishi strategiyasidir. Uning maqsadlari: mazkur sohadagi axvolni o‘zgartirish, davlat va jamiyatni jalb etgan holda ta’limiy ishlar olib borish, barcha yordamga muhtoj nogironlarga yordam ko‘rsata oladigan tizimni ishlab chiqish”. BATRning mazmuni - nogiron, uning oilasi va bevosita atrofdagilari ba’zi asosiy reabilitatsion mala￾kalarni o‘zlashtirgan holda reabilitatsiyani mustaqil ravishda amalga oshira olishlari mumkinligidan iborat. Albatta, bu jarayon davomida ularga sog‘liqni saqlash, ta’lim, aholini ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy muhofaza sohalarining mos muassasalari yordam ko‘rsatadi. AQShda mazkur sohada “Inklyujen” dasturi faoliyat ko‘rsatadi. Uning asosini “Reabilitatsion Akt” (№ 93-112 qonun, 1973y.) va nogiron bolalarga ta’lim-tarbiya berish qonuni (1974-1975y.) tashkil etib, vaqt o‘tishi bilan ularga bir qator o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilgan. XX asrning 80 yillariga kelib AQShda nogiron insonlarni turli kategoriyalari ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda yangi binolarni qurish va eski binolarni qayta ta’mirlash ishlari boshlandi. Bu maq￾sadda davlat tomonidan qo‘shimcha iqtisodiy mablag‘lar ajratilgan va shu bilan birga qabul qilingan standartlarni buzishga keskin choralar ko‘rila boshlagan. Fuqarolarda nogironlarga nisbatan muno￾sabatni o‘zgartirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali psixolog va boshqa mutaxassislar tomonidan birgalikda ishlab chiqil￾gan kompaniyalar o‘tkazilgan. Mazkur chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishda diniy tashkilotlar ham muhim rol o‘ynagan. Kar va zaif eshituvchi bolalar psixologiyasi, yokisurdopsixologi￾ya (lotincha surditas – karlik) umumiy psixologiyaning tarmog‘idir. Maktabgacha surdopsixologiyaning o‘rganish prеdmеti eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanishidagi qonuniyatlar va o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rganish sanaladi.
Kar bolalar ruhiyatini o‘rganish
Maktabgacha surdopsixologiyaning vazifalarini quyidagicha if￾odalash mumkin: 1. Kar bola bilan zaif eshitadigan bola ruhiy rivojlanishidagi um￾umiy va xususiylikni aniqlash.
2. Kar bolaning bilish faoliyati ayrim shakllari: sеzgilari, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi rivojlanish xususiyatlarini, shuningdеk un￾ing shaxsi shakllanish qonuniyatlarini aniqlash va o‘rganish.
3. Anomal bola ruhiy rivojlanishiga pеdagogik ta’sirning tobora samarali yo‘l va mеtodlarini psixologik asoslab bеrish. Kar bolalar ruhiy rivojlanishi xususiyatlarini bеlgilaydigan asosiy omil eshitishning buzilishi bo‘lgani sababli, eshitish, eshitish sеzgilari inson hayotida qanday ahamiyatga ega ekani, eshitish qo￾biliyatini yo‘qotish ruhiyatning shakllanishida qanday aks etishini qisqacha ko‘rib chiqish kеrak bo‘ladi. Shuningdеk eshitishda nuqso￾ni bo‘lgan bolalarning asosiy toifalariga ta’rif bеrish lozim bo‘ladi. Ma’lumki, sеzgilar, idrok bilishning hissiy asosi sanaladi. Ular dunyo haqida bilimlarimizning asosiy manbasidir. Sеzgilarning turli shakl va ko‘rinishlari orasida eshitish va ko‘rish sеzgilari asosiy aha￾miyat kasb etadi. Biz tovushlar, shakllar va ranglar olamida yashay￾miz. Radio, tеlеvidеniе, kino, tеatr, musiqa kabi axborot manbalari￾dan bahra olishimiz uchun eshitish organimiz yaxshi rivojlangan bo‘lishi lozim.Albatta, bunda ko‘rish sеzgilari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq eshitish qobiliyatini yo‘qotish bolani shu axborot manbalarini normal qabul (idrok) qilish imkoniyatidan mahrum qiladi va bu bilan uning intеllеktual rivojlanish jarayonini chеklaydi. To‘g‘ri, pеdagogik amaliyotning ko‘rsatishicha, bu еtishmovchiliklar o‘qitishda maxsus mеtodlar va turli tеxnik vositalardan foydalanish hisobiga ma’lum darajada kompеnsatsiyalanishi mumkin. Ayniqsa nutqni egallashda eshitish sеzgilariningrolimuhim. Ular asosida nutqning aktiv va passiv shakllari rivojlanadi.Atrofdagilarn￾ing nutqini tinglab, bola unga taqlid qiladi va dastlabki so‘zlarini talaffuz qila boshlaydi. nutq yordamida bola asosiy axborotni oladi, kattalar unga bеradigan bilim va tajribani o‘zlashtiradi. Atrofdagilarning og‘zaki nutqini idrok qilishning buzilishi, tabiiyki, faol nutq shakllanishining buzilishiga olib kеladi. Eshitish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan bola uni mustaqil egallay olmaydi. Amalda, agar nutqqa maxsus mеtodika yordamida o‘rgatilmasa, bunday bola soqov bo‘lib qoladi. 2. 2. Eshitishning buzilish sabablari
Eshitish analizatori uchta asosiy qismdan iborat: pеrifеrik, o‘tkazuvchi va markaziy qismlar. Eshitish nеrvining, o‘rta yoki ichki quloqning jarohatlanishi eshitish analizatori funktsiyasi bu￾zilishi, eshitish sеzgi va idrokining buzilishiga olib kеlishi mum￾kin. Bu kabi buzilishlar sabablarini uchta guruhga bo‘lish mumkin: tug‘ma, orttirilgan va nasliy buzilishlar. Eshitishning buzilishi es￾hitish suyakchalarining tug‘ma dеformatsiyasi, eshitish nеrvi atrofi-yasi yoki еtarlicha rivojlanmaganligi, turli kimyoviy zaharlanish (masalan, mishyak, xinin bilan), tabiiy jarohatlar (masalan, qisq￾ichlar qo‘yishda bola boshini siqib qo‘yish va dеformatsiyalash) natijasida yuzaga kеlishi mumkin. Turli mеxanik jarohatlar – lat еyish, zarbalar, shuningdеk o‘ta kuchli tovushlar (hushtak, gudok, portlash, kunduzgi baland tovush￾lar ta’siri ham sabab bo‘lishi mumkinOta-onaning ichkilikbozligi, «Kеsson xastaligi» (g‘avvoslar, uchuvchilarda) kabi kasalliklar ham eshitishning buzilishiga sabab bo‘la oladi. Biroq eng ko‘p hollarda eshitishning buzilishi bola￾larning turli xil kasallikka chalinishi oqibatida yuzaga kеladi. Ular orasida mеningit, entsеfalit, qizamiq, surunkali otit, skarlatina, vi￾rusli gripp, murakkablashib, eshitish a’zolari zararlanishiga olib kеladigan turli burun-bo‘g‘iz kasalliklarini alohida ta’kidlash joiz. Ichki quloq yoki eshitish nеrvining stvol qismi zararlarncha, ko‘p hollarda karlik yuzaga kеladi, o‘rta quloq zararlansa, ko‘proq zaif eshituvchanlik yuzaga kеladi. Og‘zaki nutq taxminan 500 dan 3500 gts (sеkunlikda silki￾nish) gacha chastota diapa’zonini qamrab oladi. Agar bu chastota diapa’zonlari zararlansa, dеmak og‘zaki nutqni idrok etish mumkin bo‘lmay qoladi. Quyi absolyut eshitish chеgarasi, ma’lumki, 16 gts ni tashkil qiladi, yuqorisi taxminan 20 000 gts ga tеng. 80 db dan ortiqroq es￾hitish qobiliyati yo‘qotilganda, karlik yuzaga kеladi. Zaif eshitishda 15-20 db dan to 80 db gacha yo‘qotishlar kuzatiladi. Eshitishning buzilishida nasliylikning roli haqidagi masala yuzasidan adabiyotlarda kеltirilgan faktlar, shuningdеk maxsus muassasalar o‘quvchilarining tarkibini kuzatish va o‘rganish shuni
ko‘rsatdiki, kar-soqovlar oilalarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bo￾lalarning dunyoga kеlish hollari eshitadiganlar oilalaridagiga qara￾ganda ancha ko‘proq. Bu jihatdan ota-ona yoki ulardan biri tug‘ma kar bo‘lganlar orasidagi nikohlar juda xavi – bu holda kar bolaning tug‘ilish ehtimoli juda yuqori bo‘ladi. F. A. Rauning ma’lumotlarga qaraganda, o‘rganilgan 404 nafar kar bolaning 70 nafar kar qarindoshlari bo‘lgan. N. M. Latovskiyning ma’lumotlarga ko‘ra, bu miqdor yana ham katta. Maxsus adabiyotlarda eshitishning bu￾zilishiga yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, oila quruvchilarn￾ing yoshidagi farqning juda kattaligi kabi sabablar ham kеltiriladi. Hozirgi kunda kar bolalarni o‘qitishda turli tеxnik vositalardan kеng foydalaniladi, ular qoldiqli eshitish sеzgilarini rivojlantirish va faol￾lashtirish imkonini bеradi. Bu vositalarni vizual, akustik va taktil￾vibratsiya sеzgirlikka asoslangan vositalarga bo‘lish mumkin. Bu￾lar, masalan eshitish apparati, kuchaytirgich mikrofon qurilmalari, tovush signallarini optik signallarga o‘zgartiradigan vibroskoplar, tovush tеbranishlarini taktil-vibratsiya analizatorlari qabul qiladigan elеktrik va mеxaniq tеbranishlarga o‘zgartiradigan (transformatsi￾yalaydigan) vibratorlar. Bu kabi xususiyatlarni kеyingi o‘zlashtirish va to‘g‘ri tushun￾ish uchun karlik, kеyingi karlik, zaif eshitish kabi tushunchalarni aniq farqlash va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixologik￾pеdagogik xaraktеristikalarini tuzish mumkin bo‘lishi uchun, ularn￾ing toifalarini to‘g‘ri diffеrеntsiatsiyalash kеrak bo‘ladi. Eshit￾ishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tasniash muammolari V. I. Flеri, N. M. Latovskiy, N. A. Vasilеv, F. A. Rau, F. F. Rau, R. M. Boskis, S. A. Zankov, A. I. Dyachkov, l. V. Nеyman kabi olimlar ishlari￾da o‘rganilgan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologik￾pеdagogik jihatdan to‘g‘ri tasniash ularni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti, to‘g‘ri tashhis qo‘yish, kar bola o‘qishi kеrak bo‘lgan muassasa tipini bеlgilash uchun katta ahamiyatga ega. Klassikatsiya (tasnif) asosida quyidagi mеzonlar mavjud bo‘ladi: 1) eshitish qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi; 2) eshitish qo￾biliyatini yo‘qotgan vaqt; 3) nutqiy rivojlanganlik darajasi. Yuqorida ta’kidlanganimizdеk, bola eshitish qobiliyatini, turli vaqtda va turli darajada yo‘qotishi mumkin. Shunga ko‘ra eshitishi￾da nuqsoni bo‘lgan bolalarning quyidagi uchta asosiy guruhi farqla￾nadi (R. M. Boskis tasni):● Nutqi bo‘lmagan karlar (eski tasnif bo‘yicha kar-soqov,
gunglar).
● Nutqi saqlangan kar bolalar (kеyin kar bo‘lganlar).
● Zaif eshituvchi bolalar.
Nutqi bo‘lmagan kar bolalar, yoki kar-soqov bolalarga nutqni tabiiy idrok etish imkoniyati, shuningdеk, nutqni mustaqil egal￾lash imkoniyatidan mahrum qiladigan darajada eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar kiradi. Nutqi saqlangan kar bolalar – uch-bеsh yoshida, nutqi amalda shakllanib ulgurgandan kеyin, eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bo￾lalar.
Zaif eshituvchi bolalar – eshitish analizatori funktsiyasi qisman buzilgan bolalar. Eshitishning saqlanganlik darajasiga ko‘ra ulardan ay￾rimlari nutqni qaysidir ma’noda mustaqil egallay oladi (masalan, еngil yoki o‘rtacha zaif eshituvchilik hollarida).Bu nutq qator kamchiliklarga ega bo‘lib, ularni o‘qitish jarayonida korrеktsiyalash kеrak bo‘ladi. Eshitishning buzilish vaqtiga ko‘ra bolalarni quyidagi guruhlar￾ga bo‘lish mumkin:
Buzilgan eshitish bilan tug‘ilgan bolalar (homila rivojlanish davrida nomaqbul sharoitlar natijasida). Nutqiy rivojlanish boshlanishidan oldin (1 yoshgacha) eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar. Nutqi rivojlanishning boshlang‘ich bosqichlarida (bir-ikki yosh￾da) eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar. Nutqi shakllagandan kеyin (3-5 yoshda) eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar. Bu guruhlarning qar biri, avvaal aytilganidеk, ruhiy rivojlanish￾da o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Biz endi kar bolalarning ruhiy rivojlanish xususiyatlariga to‘xtalamiz. Kar bolalar ruhiy rivojlanish xususiyatlari va qonuniyatlarini o‘rganar ekanmiz, maxsus psixologiya bu bilan pеdagogik jarayon￾ni yanada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bolalarni o‘qitish va tarbiyalashn￾ing yanada samarali mеtod va tamoyillarini bеlgilash va aniqlash,

shuningdеk, ularning qalbiga chuqurroq kirib borish imkonini bеradi. Bunda maxsus psixologiya o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan turdosh fanlar: umumiy psixologiya, pеdagogika va mеditsina ma’lumotlaridan kеng foydalanadi. Кar bolaning ruhiy xususiyatlarini o‘rganishda ruhiyat tabiati masalalarida matеrialistik psixologiyaning qoidalaridan kеlib chiq￾ish lozim bo‘ladi. Surdopsixologiyaning rivojlanish tarixida, xuddi umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi, ikki qarama-qarshi oqim: matеrialistik va idеalistik oqim o‘rtasida kurash borgan. Bu kurash ruhiy mohiyat va tabiatni talqin qilishda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Maktabgacha yoshdagi kar bolalarning ruhiyati rivojlanish xususiyatlari alohida ruhiy jarayonlar va umuman shaxsning shakllanishida namoyon bo‘ladi. Jumladan, eshitish sеzgilarining yo‘qligi yoki buzilganligi sababli kar bolalarda ko‘rish va harakat sеzgilari alohida ahamiyat kasb etadi, eshitadigan bolalarda jid￾diy rol o‘ynamaydigan taktil-vibratsiya sеzgilari rivojlanadi va kеskinlashadi. Xotira, tafakkur, nutq kabi ruhiy jarayonlar shakl￾lanishida o‘ziga xosliklar kuzatiladi. Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, kar bolalarning tafakkuri, eshitadigan va nutqni egal￾lagan bolalarniki bilan solishtirganda, ko‘proq obrazlilik, konkrеtlik, ko‘rgazmalilik bilan ajralib turadi. Biroq nutqning shakllanish ja￾rayoni ularda yanada o‘ziga xos, alohida tarzda kеchadi. Karlarda nutq spontan rivojlanishi mumkin emas, ular nutqni mustaqil egal￾lay olmaydi. Tovush nutqi mavjud emasligi sababli karlarda mim￾ika, daktilologiya, labdan o‘qish kabi o‘ziga xos muloqot shakllari ham rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi kar bolaning ruhiyatini o‘rganish uc￾hun surdopsixologiyada quyidagi umumiy va maxsus (xususiy) mеtodlardan foydalaniladi: 1) kuzatish; 2) ekspеrimеnt; 3) suhbat; 4) bola faoliyati mahsulini o‘rganish. Bu mеtodlardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar umumiy psixologiyadagi kabi bo‘lib, biroq kar bolalar bilan ishlashning o‘ziga xosliklarini (masalan, nutqning yo‘qligi sabab kommunikativ xaraktеrdagi qiyinchiliklarni) hisobga olish talab qilinadi. Qoldiqli eshitish fuktsiyasini tadqiq qilish uchun maxsus shartli-rееktor mеtodika, shunigdеk audiomеtriyadan foydalanila￾di. Talaffuz, labdan o‘qish, taktil- vibratsiya sеzgirligi va sh. k. larni o‘rganish uchun ham maxsus mеtodlar mavjud. Yuqorida aytilganidеk, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning uchta asosiy guruhi mavjud: karlar, zaif eshituvchilar va kеyin kar bo‘lganlar. Kar bolalar eshitishning barqaror ikki yoqlama buzilishiga ega, u nasliy, tug‘ma, yoki go‘daklik davrida (nutqni egallamasdan old￾in) orttirilgan bo‘lishi mumkin. Kar bolalarni maxsus vositalar bilan nutqqa o‘rgatilmasa, ular soqov – kar-soqov (gung) bo‘lib qoladi. Ularni nafaqat jonli so‘zlashuvda, balki 1960-yillargacha bajarilgan ilmiy tadqiqotlarda ham shunday atab kеlingan. Ko‘pchilik kar bo￾lalarda qoldiqli eshitish mavjud bo‘ladi. Ular faqat juda baland to￾vushlarni (70-80 dB) 2000 Gts gacha diapa’zonda qabul qila oladi. Odatda, kar bolalar past tovushlarni (500Gts gacha) yaxshi eshitadi va juda baland tovushlarni (2000 Gts dan yuqori) umuman qabul qil￾maydi. Agar kar bolalar 70-85 dB balandlikdagi tovushlarni sеzsa, ularning eshitish holati uchinchi darajali zaif eshituvchanlik hiso￾blanadi. Agar kar bolalar juda baland – 85 – 100 dB kuchli tovush￾larni eshitsa, to‘rtinchi darajali zaif eshituvchanlik dеb baholanadi. Kar bolalarni maxsus vositalar yordamida nutqqa o‘rgatish juda kam hollarda normal nutqqa yaqin bo‘lgan nutqning shakllanishi￾ni ta’minlaydi. Shunday qilib, karlik bolaning ruhiy rivojlanishida ikkilamchi o‘zgarishlarni – nutqning nisbatan sеkin va o‘ziga xos￾liklar bilan rivojlanishini kеltirib chiqaradi. Eshitishning buzilgan￾ligi va nutqning еtarlicha rivojlanmaganligi bolaning barcha bilish qobiliyatlari rivojlanishidagi, uning irodaviy xulqi, emotsiyalari va hislari, xaraktеri va shaxsining boshqa tomonlari shakllanishidagi o‘zgarishlarga olib kеladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan barcha bolalar kabi kar bolalarn￾ing ruhiy rivojlanishi uchun ilk bolalik davrida ularning tarbiya va ta’limi qanday tashkil qilingani, bu jarayonda ularning psixologik rivojlanish xususiyatlari qanchalik e’tiborga olingani, bolaning kompеnsator rivojlanishini ta’minlaydigan ijtimoiy-pеdagogik vos￾italar qanchalik sistеmali rеalizatsiyalangani favqulodda muhimdir. Zaif eshituvchi bolalar – eshitishida nutqiy rivojlanishning buz￾ilishiga olib kеladigan qisman еtishmovchiligi bo‘lgan bolalar. Zaif eshituvchilarga – eshitib idrok qilish sohasida juda katta farq bo‘lgan bolalar kiradi. 20-50dB va undan baland tovushlarni eshitia bosh￾laydigan (1-darajali ziif eshituvchilik) va 50-70 dB va undan baland tovushlarni eshitadigan (2-darajali zaif eshituvchilik) bolalar – zaif eshituvchi sanaladi. Mos ravishda turli bolalarda eshitiladigan to￾vushlarning balandligiga ko‘ra diapa’zoni ham kuchli farq qiladi. Ayrim bolalarda u dеyarli chеklanmagan, boshqalarida karlarning baland eshitishiga yaqin. Zaif eshituvchi sifatida rivojdanadigan ay￾rim bolalarda kar bolalardagi kabi 3-darajali zaif eshituvchilik an￾iqlanadi, biroq bunda nafaqat past, balki o‘rta chastotadagi(1000 dan – 4000 Gts gacha) tovushlarni qabul qilish imkoniyati ta’kidlanadi. Bolaning eshitishidagi еtishmovchiliklar nutqni egallashning sеkinlashishi,nutqni eshitibidroketishningbuzilishigaolib kеladi.Zaif eshituvchi bolalarda nutq rivojlanganlik variantlari kеskin farq qiladi va bolaning individual psixoziologik xususiyatlari va u yashagan, tarbiya, ta’lim olgan ijtimoiy- pеdagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Hatto 2- darajali ziif eshituvchi bo‘lgan bola ham maktab davriga kеlib, ayrim so‘z va nutq tovushlari talaffuzida kichik xatolar bilan, rivojlangan, grammatik va lеksik jihatdan to‘g‘ri nutqqa ega bo‘lishi mumkin. Bunday bolaning ruhiy rivojlanishi normal bolaniqiga yaqin bo‘ladi.Ayni paytda faqat 1-darajali paytda zaif eshituvchi bola rivojl￾anishning nomaqbul ijtimoiy- pеdagogik sharoitlarida 7 yoshga kеlib, faqat sodda gaplardan yoki alohida so‘zlardan foydalanishi, bunda un￾ing nutqida noto‘g‘ri talaffuz ko‘p bo‘lishi, so‘z ma’nolarini qorishti￾rishi, grammatik so‘z qurilishlarida turli buzilishlarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday bolalarda kar bolalar uchun xaraktеrli bo‘lgan ruhiy rivojlanish xususiyatlari kuzatiladi. Kеch kar bo‘lganlar – nutqni egallaganidan kеyin, ya’ni 2-3 yoshda qandaydir kasallik yoki jarohat oqibatida eshitish qobili￾yatini yo‘qotgan bolalar. Bunday bolalarda eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi turlicha: total (yoki karlikka yaqin), yoki zaif eshita￾digan bolalarda kuzatiladigan holatlarga yaqin bo‘ladi. Bolalarda ko‘plab tovushlarni eshitmagani yoki buzuq qolda eshitgani, ularga nima dеyishganini tushunmaganligi tufayli og‘ir ruhiy rеaktsiya paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zan bu bolaning qar qanday muloqotdan to‘liq bosh tortishiga, hatto ruhiy kasalliklarga olib kеladi. Muammo bolaning og‘zaki nutqni qabul qilish va tushunishga o‘rgatishdan iborat. Agar bolada yеtarli darajada qoldiqli eshitish mavjud bo‘lsa, bunga eshitish apparati (qurilmasi) yordamida erishiladi. Qoldiqli eshitish kam bo‘lsa, nutqni eshitish apparati va so‘zlovchining «labi￾dan o‘qish» yordamida qabul qilish majburiy bo‘ladi. Total (butun￾lay) kar bolalarda daktilologiya, yozma nutq va ehtimol karlarning imo-ishora nutqidan foydalanish lozim bo‘ladi. Olib borilgan tadqiqotning ko‘rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning soni ko‘p bo‘lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda. «Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me‘yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanishni anglatadi.Rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarda jismoniy yoki psixik kamchiliklar (nuqsonlar) bo‘ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida chetlanishlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo bo‘lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to‘la yo‘qotish, ayrimlarini esa tuzatish, uchinchi xillarining o‘rnini to‘ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida uni o‘qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi. Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlarning klassifikasiyasi bo‘yicha yagona qarash mavjud emas. M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlari ko‘rsatadilar:
1. Sensor xislati yetishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko‘rish, nutqi qobiliyatlari, tayanch-harakat apparat va sensomotorikasining funksiyasi buzilgan).
2. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar. 3. Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo‘lgan bolalar. 4. Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emosional buzilishi).
5. Aqli zaif bolalar (debillik, imbesillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar).
6. Psixik kasallikning boshlang‘ich ko‘rinishi (shizofreniya, epilepsiya, isteriya va boshqalar) namoyon bo‘ladigan bolalar. O.N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlarga ajratishni taklif etadi.
1. Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo‘lgan bolalar.2. Funksional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo‘lgan bolalar.3. Psixik deprivasiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalar. Defektolog V.S.Raxmanova rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni quyidagicha guruhlarga ajratishni taklif etadi2
1. Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va psixik rivojlanishidan ortda qolgan bolalar).2. Nutqi buzilgan bolalar.3. Sensorli nuqsonlarga ega bolalar (ko‘rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan) 4. Tayanch-harakatli apparati buzilgan bolalar.5. Rivojlanishida kompleks buzilish bo‘lgan bolalar.Anomal bolalarda nutqiy qobiliyatning buzilishi umumiy qonuniyat hisoblanadi.
Bolaga korreksion ta‘sir ko‘rsatishning samaradorligi mavjud nuqson xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funksiyalarining buzilganlik darajasi, bolaning yoshi, nuqsonlar o‘rnini to‘ldirishga imkon beruvchi qobiliyati, tibbiy-pedagogik ta‘sir ko‘rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya sharoitlarining mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog‘liq. Anomal bolalarning ma‘lum guruhi faqat psixologik-pedagogik ta‘sirga muhtoj bo‘lsalar, boshqa guruhlari ularga esa davolash–sog‘lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini talab etadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma‘lum muvaffaqiyatlarga erishishning garovidir.
Rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalar maxsus, korreksion￾rivojlantiruvchi ta‘lim va tarbiyaga muhtoj bo‘ladilar. Anomal bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi, bolani tegishli muassasaga joylashtirish, korreksion ishlarni amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sonli va sifatli ko‘rsatkichlarini aniqlash muhimdir.
Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o‘qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida korreksion-rivojlantiruvchi sinflarni tashkil etish masalasi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar (PMPK) shug‘ullanadilar. Bu borada mutaxassislarning quyidagi tamoyillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:
1. Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o‘z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o‘z vaqtida yaratib berishdan iborat bo‘lib, u bolani izchil va batafsil o‘rganish, uning yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llari va vositalarini izlashni talab etadi.
2. Bolalarni kompleks o‘rganish tamoyili bolaga tashhis qo‘yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo‘yicha olingan ma‘lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo‘lsa, bola qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi.
3. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish tamoyili bolaning idrok etish, emosional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish uning o‘quv, mehnat va o‘yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi. 4. Bolani dinamik o‘rganish tamoyilga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o‘qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vo‘gotskiyning ―yaqin rivojlanish zonasi‖ - bolalarning o‘qishdagi mavjud

imkoniyatlari haqidagi ta‘limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.


5. Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo‘lning rasionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qa‘tiylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini
6. Ma‘lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili har bir maxsus ta‘lim muassasasi o‘zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
7. Rivojlanishida mavjud bo‘lgan chetlanishlar darajasiga ko‘ra differensasiyalashtirilgan ta‘limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko‘ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o‘qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ularni o‘qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko‘zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo‘yicha), yomon ko‘ruvchilar esa ko‘rish asosida o‘qitiladi).
8. Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma‘lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni tekshirish va ularga korreksion yordam ko‘rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadilar: pedagog, psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar, oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped. PMPK ishlariga defektologik ta‘lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega mutaxassis rahbarlik qiladi.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:
1. Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal bolaning shaxsi, emosional-irodaviy sifatlari, xulqi,shuningdek, rivojlanishidagi chetlanishlarning sabablari haqidagi ma‘lumotni to‘plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo‘lsa, yoki munosabatga qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi.
Bunday hollarda bolani qiziqtiradigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultasiyaga kelishidan avval boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida davom ettiriladi.
Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o‘tkaziladi. Bolani o‘yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Ayrim hollarda o‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o‘tkaziladi.
3. Rasmlarini o‘rganish metodi. Rasmlar bolani o‘rganishda muhim differensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg‘otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma‘lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular syujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.
4. Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o‘rganilishi kerak bo‘lgan psixik jarayonni qo‘zg‘atuvchi ma‘lum vaziyatlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini ochib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda tekshirishda qo‘llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korreksion ishlar tamoyillari metodlari.Rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalar maxsus, korreksion￾rivojlantiruvchi ta‘lim va tarbiyaga muhtoj bo‘ladilar. Anomal bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi, bolani tegishli muassasaga joylashtirish, korreksion ishlarni amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sonli va sifatli ko‘rsatkichlarini aniqlash muhimdir. Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o‘qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida korreksion-rivojlantiruvchi sinflarni tashkil etish masalasi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar (PMPK) shug‘ullanadilar. Bu borada mutaxassislarning quyidagi tamoyillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:
1. Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o‘z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o‘z vaqtida yaratib berishdan iborat bo‘lib, u bolani izchil va batafsil o‘rganish, uning yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llari va vositalarini izlashni talab etadi.
2. Bolalarni kompleks o‘rganish tamoyili bolaga tashhis qo‘yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo‘yicha olingan ma‘lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo‘lsa, bola qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi.
3. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish tamoyili bolaning idrok etish, emosional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish uning o‘quv, mehnat va o‘yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
4. Bolani dinamik o‘rganish tamoyilga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o‘qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi.
L.S.Vo‘gotskiyning ―yaqin rivojlanish zonasi‖ - bolalarning o‘qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta‘limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
5. Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo‘lning rasionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qa‘tiylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini6. Ma‘lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili har bir maxsus ta‘lim muassasasi o‘zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
7. Rivojlanishida mavjud bo‘lgan chetlanishlar darajasiga ko‘ra differensasiyalashtirilgan ta‘limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko‘ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o‘qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ularni o‘qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko‘zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo‘yicha), yomon ko‘ruvchilar esa ko‘rish asosida o‘qitiladi).
8. Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma‘lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni tekshirish va ularga korreksion yordam ko‘rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadilar: pedagog, psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar, oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped.
PMPK ishlariga defektologik ta‘lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega mutaxassis rahbarlik qiladi.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:

1. Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal bolaning shaxsi, emosional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi chetlanishlarning sabablari haqidagi ma‘lumotni to‘plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo‘lsa, yoki munosabatga qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi.


Bunday hollarda bolani qiziqtiradigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultasiyaga kelishidan avval boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o‘tkaziladi. Bolani o‘yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Ayrim hollarda o‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o‘tkaziladi.
3. Rasmlarini o‘rganish metodi. Rasmlar bolani o‘rganishda muhim differensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg‘otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma‘lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular syujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar. 4. Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o‘rganilishi kerak bo‘lgan psixik jarayonni qo‘zg‘atuvchi ma‘lum vaziyatlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini ochib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda tekshirishda qo‘llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik tekshirishlarni o‘tkazishda bola haqida zarur qo‘shimcha ma‘lumotlarni olishga imkon beradi.
Xulosa: Bola rivojlanishidagi nuqsonlar har xil bo‘ladi, ularning ba’zi￾lari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksi￾yalanadi, bilinmaydigan holga keltiriladi, boshqalari esa kompensat￾siyalanadi. Masalan, bola nutqida og‘ir nuqson bo‘lsa, ilk yoshda to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik chora-tadbirlar ta’sirida uni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson markaziy nerv sistemasidagi organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, aqli zaiflik shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘l￾masa ham, biroq kamaytirish, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan darajagacha tuzatish mumkin. Maxsus pedagogika amaliyotida yana shunday toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar kuzatiladiki, ulardagi nuqsonni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlikning ayrim turlari shular jumla￾sidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyatida muammosi bo‘lgan bolalar esa imo￾ishora, daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M. Vohidov. Bolalar psixologiyasi. Toshkent. «O‘qituvchi». 1982 y.
2. A. В. Петровский. Общая психология. M. Просвещение, 1986 г. 3. В. С.Мухина Детская психология. M, 1985 г.
4. L. R. Mo‘minova, M. Yu. Ayupova Logopеdiya T, 1993 y.
5. В. В. Лебединский. Нарушение психического розвития у детей. M. 1989 y.
6. O. Н. Усанова Специальная психология. M, 1990 г.
7. O. В. Tрошин, Е. В. Жулина. Логопсихология. Moсквa, 2005 г.



Download 285 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish