Strategik va bizns rejalashtirish
Xozirgi davrda sog‘liqni saqlash tizimida
olib borilayotgan isloxotlarga muvofiq
davlat tibbiyot muassasalaridan tashqari
Respublikamizda xususiy tibbiyot
muassasalari tizimi shakillandi va
rivojlanib bormoqda.
• Xususiy tibbiyot muassasalarini yanada
taraqqiy ettirish va rifojlantirish uchun
rejalashtirish katta axamiyatga ega. Chunki har
qanday tashkilot o‘z faoliyatini amalga oshira
borib nimaga erishmoqchi ekanligini va unga
erishishining eng qulay muvoffaqiyatli yo‘lini
tanlay bilishi kerak. Shuning uchun ham
maqsad va reja bir-biriga to‘liq mos kelishi
kerak va ular bir-biriga uzviy bog‘liq.
• Tashkilotning maqsadi- uning nimaga
erishmoqchi ekanligini yoki oxirgi
natijani aks ettiradi va u tashkilot uchun
«mayak» xisoblanadi.
Reja- tashkilotning o‘z oldiga qo’yilgan
maqsadiga erishish yo‘li faoliyat, xarakat
«marshruti» bo‘lib, mavjud resurslarni
taqsimlash sxemasi, oraliq vazifalar yoki
kemaning «mayak» ga qarab xarakati
Xozirgi vaqitda qo’yidagi rejalashtirish
turlari farqlanadi:
• Strategik reja-uzoq muddatga mo‘ljallangan
(3-5 yil va undan ko‘p), global maqsadlarga
erishishni o‘zida mujassam etadi
• Biznes reja - o‘rta muddatga (1-2 yil)
mo‘ljallangan taktik maqsadlarga erishish
yo‘li.
Operativ reja – bir yilgacha (yarim yillik,
kvartal, oylik, xaftalik)davr oralig‘ida amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan joriy vazifalarni
bajarish orqali qèñqà muddatli maqsadlarga
erishishni nazarda tutadi.
• Biznes reja –bu ma'lum vaqt oralig‘ida
odamlardan moddiy va moliyaviy
imkoniyatlardan unumli foydalanishni
hisobga olgan holda. B.T.S.Yo
muassasalarning asosiy tibbiy-iqtisodiy
faoliyatini belgilab beruvchi va
tashkilotning mavjud barcha resurslarini
aks ettiruvchi dastur xujjatdir.
Biznes reja-tashkilot faoliyatining
yo‘nalishi hàqèäà ma'lumot beruvchi
muxim manbadir
U tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va uning
samaradorligini oshirish maqsadida
rejalashtirilgan tadbirlarni asoslash
borasidagi xisob-kitobni hàì o‘z ichga oladi.
• Biznes reja – ishni olib borish konsepsiyasi va
strategiyasini ishlab chiqishda hàì yaqin va
nisbatan uzoq kelajakka mo‘ljallangan rejani
aniqlashda «ichki» va «tashqi» tomondan
muassasaning ma'lum vaqt oralig‘ida erishgan
natijalarini baholash holda ishning samarasi va
unumdorligini oshirish muassasa faoliyatini
yanada yaxshilash uchun o‘z vaqtida chora-
tadbirlar qabul qilish, qo’shimcha mablag‘
manbalarini aniqlash va jalb etish uchun
foydalaniladi.
Sifatli tuzilgan biznes reja qo’yidagi vazifalarni
amalga oshirishda yordam beradi
.
•
1. Tashkilotning maqsadi va vazifalarini aniq ifodalashga va shuningdek unga
erishish usullarini egallashga
•
2. Kutilayotgan tibbiy xizmat tarkibi va ularning ko‘rsatkichlarini aniqlashga
•
3. Mavjud mutaxassislar, ularning mexnatini asoslovchi shart sharoitlar belgilangan
maqsad va vazifalarga muvofiqmi, yo‘qmi ekanligini aniqlashda
•
4. Belgilangan maqsadga mavjud moliyaviy va moddiy rezurslar yordamida erishish
imkonini baxolashga.
•
5. Samarali tibbiy yordam ko‘rsatish, aholi ishonchini oqlash sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib etishga qaratilgan choratadbirlarni belgilashga.
•
6. Belgilangan maqsadga erishish yo‘lidagi qeyinchiliklar xalaqit berishi mumkin
bo‘lgan g‘ovlarni oldindan ko‘ra bilishga
Tibbiy yordamning sifatini nazorat
qilish
• Sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan
ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning
mutaxassislarning davolash- profilaktika
ishlarining sifatiga ko‘plab shart-sharoitlar va
omillar birgalikda ta'sir ko‘rsatadi.
• Ularga: muassasaning material texnik
bazasining xolati, medikamentlar va tibbiyot
apparat uskunalari bilan ta'minlanganlik
darajasi, tibbiyot xodimlarining malakasi,
tibbiy yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi,
bemorlarning o‘z sog‘lig‘iga, vrach tavsiyasiga
bo‘lgan munosabati, vrach bilan bemor
o‘rtasidagi munosabat.
• Tibbiyot muassasalarining sifati litsenziya berish
orqali amalga oshiriladi. Letsenziya berishning
asosiy moxiyatini tibbiyot muassasasiga davlat
tomonidan beriladigan ruxsatnoma letsenziyalar
tashkil qilish.
Litsenziya muassasaning tibbiyot tizimida tibbiy
xizmatlar ijrochisi sifatida ishtirok etishi uchun
aniq va minimal zarur bo‘lgan sifat standartlarini
tasdiqlaydi.
Tibbiyot muassasalarining akkreditatsiyasi
litsenziyalashga nisbatan hàì puxta tayyorgarlikni
talab etadi.
• Akkreditatsiya qilish uchun sifat standartlari zarur
bo‘ladi.
Litsenziya berish –bu alohida faoliyat turlari va
xizmatlarini olib borish uchun tibbiyot
muassasalariga davlat tomonidan ruxsat berilishi
demakdir.
Litsenziya olgan shaxslar xususiy tibbiyot
amaliyoti, shu jumladan tabiblik (xalq tabobati)
bilan shug‘ullanish ho’quqiga ega bo‘ladi.
Tibbiyot muassasalarini akkreditatsiyalash –ularni o‘rnatilgan
professional standartlarga mos kelishini aniqlash.
Mulkchilikning shaklidan qàòúèé nazar barcha tibbiyot
muassasalari akkreditatsiyadan o‘tishlari shart.
Akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot muassasasiga maxalliy
xokimiyat tomonidan sertifikat beriladi.
Letsenziya berish akkreditatsiyadan o‘tkazish va sertifikat
berish yordamida davlat tomonidan professional uyushmalar
va manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirokida ma'lum bir
darajada sog‘liqni saqlashda sifatini boshqarishni tashkil etish
mumkin. Eng dolzarb va murakkab muammolardan biri-bu
tibbiy xizmatning sifatini nazorat qilishdir
Ma'ruzaning ta'minoti
• - jadvallar sog‘liqni saqlashni
rejalashtirishni vazifalari prinsiplari,
marketing turlari tizimining bosqichlari
Talabalarning mustaqil ishlari
• Sog‘liqni saqlashni rejalashtirishda bozor
munosabatlariga o‘tishda
rejalashtirishning asosiy tendensiyalari.
Nazorat savollari
• 1. Sog‘liqni saqlashni rejalashtirishning asosiy vazifalari va
prinsiplariga nimalar kiradi.
• 2. Rejalashtirishning qanday turlari va usullarini bilasiz
• 3. Sog‘liqni saqlash tizimining me'yorlariga nimalar kiradi
• 4. Marketing nima
• 5. Tibbiyot marketingi nimalardan tashkil topgan
• 6. Sog‘liqni saqlash tizimida qanday marketing prinsiplari
amal qiladi.
• 7. Strategik va biznes-reja nimani bildiradi
• 8. Letsenziya nimani anglatadi
Do'stlaringiz bilan baham: |