Sog’liqni saqlash vazirligi



Download 26,83 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi26,83 Kb.
#246584
Bog'liq
Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


Toshkent farmatsevtika instituti


Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi
Axborot texnologiyalari va jarayonlarini matematik modellashtirish fanidan
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Kompyuterlar. Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari. Kompyuterlarning programma ta’minoti. Operatsion tizim haqida tushuncha.

Bajardi:Jumaboyev Shohzod

Tekshirdi:

Toshkent - 2021

Reja

1.Kompyuterlar tarixi

2.Kompyuterlaning uskunaviy ta’minoti

3.Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti



Kompyuter (ing . computer — hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Birok, K. hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng . EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi. Shaxsiy K. (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981 yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh ("Makintosh") yoki oddiygina "maki" deb ataladigan K. ni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEHM) boʻlgan. K.lar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan K.dan, xujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da K.ning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, K. tarkibiga "sichqon" manipulyatori va printer kiritiladi. "Sichqon" ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida K. ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K.ning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish - ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

K. oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin (qarang Kompyuter oʻyinlari). K.ning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostansiyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang Intranet, Internet, Kompyuter tarmogʻi).

Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o‘yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi «Apple Computer» firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.

Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ular­ning tashqi ko‘rinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (ya’ni apparatli ta’minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Har qanday kompyu­terning apparatli ta’minoti asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qo‘shimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo’shimcha imkoniyatlar beradi.

Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo‘shimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol bo‘ladi.

Sistema bloki, asosan, g’ilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.

Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan elektron sxemalar bo’lib, unga ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining o‘ramlari) yordamida bog’lanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko‘rsatadi: berilganlar (berilgan ma’lumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.

Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo’linadi. Ketma-ket port protsesordan ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko’p asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo’lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.

Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat o’qish uchun xotira) mikrosxema ko’rinishida tashkil etilgan bo’lib, quvvat manbaiga bog’liq bo’lmagan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi.

Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog‘lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.

Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim o‘tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, ya‘ni o‘ta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida ko‘radigan bo‘lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o‘z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.

Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va raz­ryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo‘lsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu ko‘rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessor­ning razryadlari soni uning bir vaqtning o‘zida baravariga ishlashi mumkin bo‘lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo‘llanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Shu kunlarda protsessorlarning ko’p yadroli turlari ishlatilmoqda.

Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:

arifmetik-mantiqiy qurilma;

ma’lumotlar va adreslar shinasi;

registrlar;

buyruq jamlagichi;

kesh, ya’ni kichik hajmli o’ta tezkor xotira;

qo’zg’aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.

Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya’ni bir vaqtning o‘zida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.

Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o‘qish va bajarish, natijani yozib qo‘yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqa­rishni amalga oshirish, ma’lumotlarni zarur joydan o‘qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.

Demak, protsessor berilgan dastur va zarur ma’lumotlar asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta’minlovchi qurilma ekan.

Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda o‘chib ketadi.

Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr – ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda «1» ni, zaryadlanmagan holatda «0» ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (ya‘ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o‘z tartib raqamiga, ya‘ni adresiga ega bo‘ladi. Uyachaning sig‘imi mashina so‘zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so‘zining uzunligi baytlarda o‘lchanadi. Mashina so‘zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo‘lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to‘rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so‘zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o‘z adresiga ega, u esa shu uya­chadagi boshlang‘ich bayt adresi bilan ifo­dalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov bo‘yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati mavjud.

Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo’lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko’rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.

Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o’z mikroprotsessoriga ega bo’lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o’zgartirish va chiqarishida diskret-analogli o’zgartirishni ta’minlaydi.

Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta’minlab beruvchi plata. Bu plata o’z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo’ladi. Zamonaviy video-karta hajmli va uch o‘lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko’p dasturlar va o‘yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig’imli video-kartalar bilangina ishlaydi.

Dastur – bu kompyuter uchun tushunarli bo‘lgan buyruqlar ко rinishidagi ishchi konstruktsiyalarning takrorlanib turuvchi izchillik (ketma-ketlik) bo‘lib, bu buyruqlar ma’lumotlarga foydalanuvchi istagan shaklda ishlov berish uchun barcha apparat vositalarini faollashtirish, boshqarish va nazorat qilishga xizmat qilishdir.

Tizimli dastur shu bilan birga, kompyuter va unga tegishli periferiyalardan foydalanishga imkon beradi. Tizimli dasturlarga foydalanuvchining ma’lumotlarga ishlov berish tizimining ishlash tamoyillari bo‘yicha keyingi texnik belgilarga ega bo‘lishini talab qilmasdan, masalani kiritish va chiqarish boshqaruvini tayyorlaydigan operatsion tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Xizmat uchun belgilangan va yordamchi dasturlar ham tizimli dasturlarga oid bo‘lib, masalan formatlash va nusxalashda axborot tashuvchilar bilan muomala qilish singari operatsion tizimlar bilan munosabatni yengillashtiradi. Windows XP, Windows 2003 mijoz-server arxitekturali Novell, UNIX va LINUXning har xil variantlari mashhur operatsiya tizmilaridandir.

Professional va kundalik masalalar qo‘yilishini hal qilish uchun iqtisodiy, texnik va ilmiy sohadan amaliy dasturlar foydalaniladi yoki ishlab chiqiladi. Foydalanuvchilar va qo’llanish miqdorig ko‘ra soni va ushbu amaliy dasturlami yana bo‘laklarga bo‘lib chiqisl mumkin.

Standart dasturiy ta’minot quyidagicha ko‘rinishda deyarli ha qanday masala qo‘yilishi uchun amal qiladi, masalan:

Matnga ishlov berish (masalan, MS Word).

Elektron jadvallar bilan ishlash (masalan, MS Excel).

Ma’lumotlar bazalari (masalan, MS Access, Oracle).

Grafiklar (masalan, Visio, CorelDraw).

Nashriy tizimlar (Desktop Publishing) (masalan, Adobe Pagemaker, QuarkXPress).

Loyihalash (masalan, MS Project).

Standart dasturiy ta’minot foydalanuvchilarning keng doiras talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu bilan eng ko‘p umumiy vazifalarni namoyon qilgan bir paytda, soliq idorasi. arxitektorlar, mebel tayyorlovchilar kabi muayyan kasbiy guruhlai tegishli talablarga muvoflqlashtirilgan tayyor xizmatlar ko‘lamiga ega bo‘lgan amaliy dasturlarning tarmoq paketlari deb ataluvchi dasturlardan foydalanadilar, ya’ni bunday dasturlarga talabgoi bo‘ladilar.

Agar xizmatlarning bunday o‘ziga xos tarmoq ko‘lami alohida tashkilot muammolarini hal qilish uchun baribir haddan tashqari umumiy bo‘lib chiqsa, unda bir yoki bir nechta tashkilotlar talablariga moslashuvchi alohida dasturiy ta’minot ishlab chiqish imkoniyatigina qoladi, xolos. Bu yerda misol sifatida bir yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan mutlaqo o‘zgacha ishlab chiqarish mashinalarini boshqarish uchun qo‘llanuvchi ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimini tasavvur qilish mumkin.

Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalarga muvofiq texnik yoki iqtisodiy sohalardagi muammolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnikasi va texnalogiyalari yordamida yechish uchun turlicha alternativalar (yondoshuvlar) mavjud:

Mavjud dasturiy ta’minotdan foydalanish yoki uni qo‘lga kiritish.

Yangi standart, tarmoq yoki alohida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.

Bu orqali o‘z kuchlari bilan yoki ishlab chiqish haqidagi yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqish haqidagi masalaga bevosita bog‘liq bo‘lib, u har doim ham tashkilotning ichki «Nou-Xau»si tomonidan aniqlanavermaydi. AT tashkilotiga dasturiy mahsulot ishlab chiqishni topshirish foydalimi yoki bunday dasturiy loyihani o‘z tashkilotida amalga oshirish foydalimi degan savolga javob beradi va mohiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish iqlisodiy tabiatini namoyon qiladi (xarajatlar, foydalar, tahlil).

Ushbu savolning yechimi, xususan biznesga yo‘naltirilgan АКТ tizimlari bo‘yicha mutaxassislaming vazifalariga kiradi. Shu- ning uchun ham bu o‘rinda ushbu mavzuga bundan key in qaytil- maydi, faqat bir mulohazani qayd qilamiz, ya’ni dasturiy loyi- haning xarajat-foyda, ishlab-chiqarish iqtisodiy tahlili masalaning fanlararo tipikqo‘yilishi boiib, bunda 0‘zbekistonda o’qililadi- gan barcha yo‘nalishga АКТ mutaxassislarining hamkorligi talab qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xolmatov T., Taylaqov N., Informatika va hisoblash texnikasi T., 2001.[1]



2.Ziyonet.com

3.wikipedia.org
Download 26,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish