Issiqlik. Issiqlik toshishi chakaloklar terisini noto‘g‘ri parvarish qilish va terlash okibatida paydo bo‘ladi. Buni oldini olish uchun bolalar kiyimi doimo tashqi muxit temperatursiga mos bo‘lishi kerak. Xona xarorati esa 220C bo‘lishi kerak. Issiqlik paydo bo‘lsa terini 2% li bor kislotasi bilan artiladi, kaliy permaganatning 5% li eritmasida vanna kilinadi. Issiqlik ko‘payib ketsa chakaloklarda piodermiya rivojlanadi.
Yiringli toshmalar. Agar terida yiringli toshmalar paydo bo‘lsa xech kachon qo‘l bilan sikib, yiringini chikarish yoki biron narsa bilan teshish mumkin emas. Aks xolda bu toshmalar ko‘payib ketib kasalni axvolini og‘irlashtirishi mumkin. Yiringli toshmalarni maxalliy davolash kasallikni xususiyatiga, uning qay darajada tarkalganligiga karab belgilanadi. Terining shikastlangan yeri atofidagi sog‘ joylarni 2% li salitsilbor yoki kamfora spirti bilan xo‘llangan tamponlarni pinset yoki yog‘och palkaga o‘rab artiladi.
Yiringli soxani, eroziyalarni 1% li anilin bo‘yog‘i eritmasi bilan artiladi yoki dezinfeksiyalovchi mazlar (1-2% li simob, vinilin, oksikort) surtiladi. Yiringli yara tushganda esa 1% li eritromitsin yoki 5% li polimiksin mazlari ishlatiladi. Yallig‘langan infiltrat paydo bo‘lsa Vishnevskiy mazi bilan yog‘li malxam boylamlaridan foydalaniladi. Buning uchun tozalangan salfetkaga Vishnevskiy mazi surilib, uni shikastlangan joyiga ko‘yib ustidan paxta bilan yopiladi. Paxtali katlam doka katlamdan 2-3 sm keng va uzun bo‘lishi kerak.Ayrim xollarda paxta ustidan kompress kog‘ozi ko‘yib , so‘ngra bint bilan maxkamlanadi. Psevdofurunkulyoz, absessda (teri giperemiyasi, yiringli infiltrat) tuzlarning gipertonik eritmalari ishlatiladi. Buning uchun tozalangan dokali salfetka gipertonik eritmalar bilan xo‘llanadi. (5-10%li osh tuzi, 25%li magniy sulfat eritmalari). Salfetkalar terining jaroxatlangan joyiga ko‘yiladi, ustidan paxta bilan yopib bint bilan bog‘lanadi.
Yotoq yarani davolash va profilaktikasi.
Yotoq yara tananing maʼlum bir qismi doimiy bosim ostida bo‘lib, shu erda qon aylanishinng buzilishi natijasida rivojlanuvchi terining yarali nekrotik zararlanishi hisoblanadi.Og‘ir kasallangan bolalar bir joyda kimirlamasdan yotganliklari sababli Yotoq yara yuzaga keladi. Bu yaralar oldin terining yuza qismida, keyin esa ichkariga tarkaladi va yarali- nekrotik jarayon vujudga keladi. Paydo bo‘lish soxalari: bo‘yin- ensa soxasi, dumg‘aza, tovon, kaft.
Profilaktikasi:
-Kuniga bir necha marta bemorning xolatini o‘zgartish .
-Bemorning o‘rin, choyshabini tozaligiga eʼtibor berish va uni tuzatib turish.
-Bemor kiyimlarining tozaligiga eʼtibor berish va ularni to‘g‘rilab turish.
-Dumg‘aza ostiga shishirilgan rezinali chambarak ko‘yish.
-Bosilgan joylarni arok yoki kamfor spirtida , odekalon yoki uksus bilan (300ml
suvga 1osh koshik) artish.
-Terining giperemiyasida uni quruq sochik bilan artish.
Davolash:
1. Teri matseratsiyasida sovuq suv va sovun bilan yuviladi, spirt bilan artiladi va prisipka sepiladi.
2. Sharchalar xosil bo‘lsa unda brilliant yashilining spirtli eritmasi bilan artilib quruq boylam ko‘yiladi.
3. Nekroz bo‘lganda esa nekroz soxasini yuvib tashlab, unga tozalangan (1%li kaliy permanganat eritmasida) salfetka ko‘yiladi va salfetka kuniga 3-4 marta almashtiriladi. Yarani nobud bo‘lgan xujayralardan tozalash uchun u yerga Vishnevskiy yoki antibakterial mazlari bilan bog‘lam ko‘yiladi. Zarurat bo‘lganda xirurgak yo‘l bilan kesib olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |