nazorat qilish; hamshiralik xizmati va bo‘limlarini iqtisodiy taminotini yoritish, rejalash,
tashkil etish va boshqarish sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri
yuritishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishi;
ayol organizmdagi funksional tizimlarning o‘zaro bog‘liqligi va regulyatsiyasini,
sog‘lom xayot kechirish tarzi va salomatlikning ijtimoiy ahamiyatining
gigienik asoslarini,
kontratsepsiyaning hamma usullarini maslahatlash bilimlarini va bachadon ichi spiralini
qo‘yish va olishni, oila qurishni rejalashtirish, etika, jinsiy munosabatlar gigienasi va
kontratseptiv vositalardan foydalanish masalalarini; akusherlikda shoshilinch xolatlar va
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni, onalar va bolalar salomatligini saqlash bo‘yicha chora
tadbirlarni;
akusherlikda
keng
tarqalgan
kasalliklarning
etiologiyasi,
patogenezi,
epidemiologiyasi, asosiy ko‘rinishlarini, kriteriyalarini, klinik va laborator - instrumental
diagnostikasini, kechishini, fiziologik xomiladorlik va fiziologik tug‘ruqni
olib borishni,
tug‘ruqdan keyingi davrda hamshiralik jarayonni, ko‘krak suti bilan ovqatlantirish tamoyillari
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishi;
oliy ma’lumotli hamshira faoliyatida ko‘p uchraydigan jarrohlik kasalliklari bilan
og‘rigan bemorlarni vrachgacha bo‘lgan yordam ko‘rsatish tamoyillarini bilishi, jarrohlik
amaliyotini talab qiluvchi surunkali jarrohlik kasalliklarining belgilarini erta va to‘g‘ri
aniqlashi, birlamchi jarrohlik yordamini ko‘rsatish, xirurgiyada hamshiralik jaraeni asosiy
bosqichlari, hamshiralik parvarishi asosiy toifalarining deontologik asoslari, operatsiyadan
oldin va keyin bemorni kuzatish asosiy qoidalari, xirurgik bemorni parvarish qilish bo‘yicha
ko‘nikmalarni bajara olishga sharoit yarata olishi;
O‘tkir nafas, o‘tkir yurak – tomirlar yetishmovchiligida, komatoz xolatlarda,
ekzogen
zaxarlanishlarda, gipetermik sindromlarda, talvasa sindromlarida, operatsiyalardan keyin
hamshiralik parvarishini ko‘rsatishning o‘ziga xos tomonlari, og‘riqsizlantirishning
zamonaviy nazariy va amaliy metodlari, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyin organ va
sistemalarning xayotiylik funksiyalarini nazoratlash usullari, reanimatsiya va intensiv
terapiyada zamonaviy texnologiyalar, xalokatlarda hamshiralik jarayoni bo‘yicha zarur chora-
tadbirlarni amalga oshirishni shakllantirishi;
ta’lim yo‘nalishi negizidagi muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida
ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: