Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/108
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407371
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108
Bog'liq
l

 

62 

Sevgi – bu sevilish emas 

Sevmoq – bu osmonga uchmoq demakdir 

Har gal qayta yerga qulamoq uchun 

Sevgi – bu urishdan tongan yurakdir 

Sevish – bu afyundir, sevilish – afsun 

Sevgi – juda oddiy tushuncha. 

Ammo,  odamlar,  nimagadir,  uni  doim  murakkablashtirib  ko’rsatishga,  undan 

muammo yasashga harakat qiladilar. 

Bilasizmi,  nimaga  sevgi  atrofida  buncha  ko’p  tashvish  mujassam?  Chunki 

muhabbat  –  eng  shartsiz  bo’lishi  kerak  bo’lgan  tuyg’u,  lekin  biz  unga  doim  shart 

yuklaymiz. Aslida sevgi shoirlar uni ta’riflagandek azobli, zolim, hijronli, olovli, otashin 

va yana qandaydir og’riqli emas. Odamlar bu tuyg’u bilan taqdirlanishganda uni tobelik 

munosabatiga aylantirishga urinib, undan o’zlari anduh yasab oladilar. 

Sevgi  –  ikki  qalb  muomalaga  kirishgan  holat.  Qalbingiz  uncha-munchaga  o’z 

sarhadlarini boshqa qalbga ochib bermaydi. Ammo u o’z hamrohini topib, unga ochilsa 

–  unda  tamoman  hech  bir  cheklanish  va  himoyasiz  ochiladi.  Chindan  sevgan  odam 

mutlaqo ojiz bo’lib qolishi ana shundan – o’zini qo’rqmasdan boshqa qalb egasiga ishonib 

topshiradi. 

Sevgi – aqlning hukmidan tashqari tuyg’u. Aql  qiziqish, ishtiyoq, masrurlik kabi 

hissiyotlarni uyg’otishi mumkin – biroq uning ishq ustidan hokimiyati yo’q. Sevgi aqlni 

yengib, odamni uning izmidan olib chiqib ketishga qodir bo’lgan kuch. Shuning uchun 

ham aql unga qarshi astoydil kurashadi. 

Biz ana shu talvasaga tushib qolgan aqlning gapiga kirib, o’z sevgimizni azobga 

to’ldirib  tashlaymiz.  U  bizni  rashk  qilishga,  javob  sevgi  talab  qilishga,  arazlashga  va 

boshqa achinarli xatti-harakatlarga undaydi. 

Sevgining ko’zi ham ko’r emas. Sevgi boshqa odamning xato va kamchiliklarini 

hammadan ham yaqqol ko’rib, anglab turadi. Ammo u boshqa odamning qalbini sevadi 

–  uning  aqliga  tegishli  bo’lgan  nuqsonlarga  esa  e’tibor  bermaydi.  Chunki  sevgi  inson 

qadri uning xatolardan holi qalbida mujassam ekanini biladi. 

Agar siz sevgan odamingiz kamchiliklarini ko’ra bilmayotgan bo’lsangiz – demak, 

siz  sevmaysiz.  Siz  boshqa  odamni 

ilohiylashtirasiz

,  xolos.  Bu  esa  sof  holdagi  tobelik 

munosabati. Agar sevgilingizni iloh darajasiga ko’tarib qo’ysangiz – siz endi unga tobesiz 

degani emasmi? 

Har kim umrida bir bora bo’lsa ham kimnidir sevadi. Buni u tan oladimi, anglab 

yetadimi yo’qmi – har holda sevgi har kimga beriladi. Ishqimiz tushgan odam bilan birga 

bo’lishga  intilish  –  tabiiy  holat.  U  bilan  yonma-yon  ko’ngil  xotirjamligiga  erishamiz. 

Ammo  har  doim  ham  bu  maqsadga  to’g’ri  yo’ldan  bormaymiz.  Sevgini  tobelik 

munosabatiga  aylantirishga  intilishimiz  biz  va  sevgan  odamimizga  jabr  yetkazishi 

mumkin. 


Boshqa odamni sizni sevishga majburlay olmaysiz. Majburlash yo’li bilan nafratga 

erishishingiz mumkin, xolos. Buni, anglashimcha, hamma biladi. Siz sevgan odamingizga 

unga 

erkinlik

  beribgina  erishishingiz  mumkin.  Sevgan  odamingizga  erishishning  eng 

asosiy siri 


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish