73
Agar orzuning omadi chopib, qonun deb qabul qilinsa va ahdga aylansa, ijro etuvchi
hokimiyat bo’lgan aql uni darhol tadbiq qila boshlaydi. Lekin shunda ham u ba’zida
chalg’ib qoladi. Chunki ish jarayonida unda yangi gumonlar paydo bo’ladi, u ahdga (ya’ni
qonunga) o’zgartirishlar kiritishga harakat qiladi. Bu ahd kuchini kesadi va odam
niyatidan chalg’ib ketadi.
Buning oldini olish uchun, qonun chiqarish hokimiyatini qalbga berib – ijro etishni
aqlga tashlash kerak. Ijroning aytilgan ahd bo’yicha borishini nazorat qilish ham lozim.
Agar ahdingizga shubhalarni yaqin keltirmasangiz – u siz ilojsiz deb o’ylagan narsalarni
ham ro’yobga chiqarishga qodir. Chunki ahdning bir siri bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |