64
Yakuni tayin bo’lgan munosabatlarni to’xtatish – juda nozik masala. Bunda boshqa
odamning ko’ngliga zarar yetkazib qo’ymaslik juda muhim. Sizga o’z qalbini to’liq
ishongan odamga kamida yaxshi do’st bo’lsangiz arziydi. Chunki sizga ko’nglini bergan
odam sizdan yomonlik kutmaydi va sizga ham faqat yaxshilikni ravo ko’radi. Bunday
do’stlar juda kam bo’ladi. Agar u odam siz bilan faqat aqliga ergashib munosabatda
bo’layotgan bo’lsa – u bilan xayrlashib, siz uning qalbiga sira ozor yetkazmayiz.
Umuman olganda, ishqiy munosabatlar – qoidalarga solinadigan, maslahat
beriladigan, ibrat aytiladigan sohamas. Bundagi har bir qaror odamning o’z qalbidan
chiqishi va boshqa hech narsaga asoslanmasligi lozim.
Siz – o’ziga xos shaxssiz, sevgingiz ham shunga yarasha o’ziga xos. Shunday ekan,
ko’nglingiz aytgan yo’lda seving va seviling – bunda sizga hech bir kitob ham,
maslahatgo’y ham kerak emas.
Do’stlik – hamko’stlik
“Do’sting do’st bo’lmasa agar
Undan ne foyda bo’lar...”
(To’ti Kesha haqidagi multfilmdan)
Do’stlik – bizning munosabatlarimiz markazida turuvchi yana bir tuyg’u. Uning
juda ko’p turlari mavjud – shundan unga mukammal ta’rif berib bo’lmaydi.
Do’stlikda ham bir odam boshqa odamga to’liq qalbini ishonib topshiradi. Ammo
uning sevgidan farqi shundaki, unda boshqa odamga jismonan bog’liqlik bo’lmaydi.
Shunga monand do’stlikda tobelik munosabatiga intilish kam bo’ladi. Axir, kamdan-kam
odam o’z do’stini boshqalardan rashk qiladi.
Tobelik munosabatiga moyilligi kam bo’lgani uchun ham do’stlik sevgidan
qadrliroq ko’pincha. Do’stlik munosabatlari ishqiy aloqalardan uzoqroq yashaydi.
Buning eng asosiy sababi do’stlikda egalik da’vosi bo’lmasligidir. Biz do’stlarimiz
boshqa odamlar bilan ham do’stlashganini oddiy qabul qilamiz va aynan shu odamning
do’stligiga yolg’iz egalik qilishga intilmaymiz. Agar do’stlardan biri bu holatni buzsa va
do’stini qizg’ona boshlasa – bu do’stlikning barham topishiga olib kelishi mumkin.
Do’stlar odatda sizning kamchiliklaringizni kechira oladilar – chin do’st sizni
qanday bo’lsangiz, shundayligingizcha qabul qiladi va hurmat ko’rsatadi. To’g’ri – do’st
achitib gapiradi deydilar. Ammo biror odam sizning kamchiliklaringiz uchun tanqid
qilayotgan bo’lsa, u sizga do’stlik qilmayapti demak. U sizda nuqsonlilik kompleksini
shakllantiryapti, xolos.
Unutmang, siz do’stingizning kamchiligu fazilatlariga emas – uning shaxsiyati,
qalbiga do’stsiz. Zinhor do’stingizni nuqsonlari uchun aybdor qilmang.
Bir sir esingizda bo’lsin:
Do'stlaringiz bilan baham: |